10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Klassifikatorda ta’lim bosqichlari


Download 408.71 Kb.
bet20/36
Sana26.06.2023
Hajmi408.71 Kb.
#1655609
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
10-mavzu PB

Klassifikatorda ta’lim bosqichlari. Bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ettita raqamli kod bilan belgilanadi:



Ta’limning xalkaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim bosqichlari bakalavriat yo‘nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida — 5A (raqam va harf) bilan belgilangan. Masalan: bakalavrlar kodi 5140100, 5211300, 5520400 va hokazo; magistrlar kodi — 5A140101, 5A2P301, 5A520403 va hokazo.


YUqoridagi ta’riflarda yo‘nalish deb 5 bosqichning ta’lim dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan „bakalavr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni ta’minlovchi bazaviy va fundamental bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar majmuasi tushuniladi.
Mutaxassislik deb esa, 5A-bosqichning ta’lim dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan „magistr” akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini ta’minlovchi muayyan mutaxassislik bo‘yicha bilimlar va ko‘nikmalar majmuasi anglanadi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’limining davlat ta’lim standarti — ta’limning bakalavriat muayyan yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo‘yiladigan malaka talablari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyorgarligining zaruriy va etarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasi hisoblanadi.

Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:



  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari;

  • Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;

  • Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori.

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari:

  • bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta’lim standartlari;

  • magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlari. Muayyan bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi

Davlat ta’lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:

  • zarvaraq (titul);

  • mundarija;

  • bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining umumiy tasnifi;

  • bakalavr yoki magistr tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar;

  • ta’lim dasturi mazmuni va komponentlari;

  • kadrlar tayyorlash sifatini baholash.

Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim davlat ta’lim grantlari bo‘yicha hamda to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. SHu maqsadda:

  • ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalar uchun respublika byudjetidan davlat ta’lim grantlari;

  • korxona va tashkilotlar tomonidan ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarga hamda fuqarolarga to‘lov-kontrakt asosida grantlar ajratish tartibi belgilandi. Davlatga qarashli va nodavlat ta’lim muassasalari davlat ta’lim grantlarini tanlov asosida oladigan bo‘ladilar.

Respublika ta’lim tizimiga chet el investitsiyalarini jalb etish chora-tadbirlari ko‘rildi. Xususan, xalqaro banklar kreditlari hisobiga ta’lim muassasalarida, ayniqsa, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi litseyi va kollejlari uchun zamonaviy kompьyuterlar, laboratoriya asbob-uskunalari, boshqa jihozlar xarid qilindi. Birinchi bosqichda, bolalarning jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanganligini e’tiborga olgan holda olti-etti yoshdan maktabga qabul qilishni amalga oshirishga kirishildi. Ushbu bosqich bajarilishining doimiy monitoringi asosida Milliy dasturni amalga oshirysh yo‘nalishlariga tegishli aniqliklar kiritildi.

Download 408.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling