Demokratik jamiyatda oilaviy
Download 95.5 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYATDA OILAVIY huquqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Fuqarolarning huquqiy madaniyatlilik darajasi va mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar.
- 23-moddasiga
- 99-moddasiga
- 46-moddasida
DEMOKRATIK JAMIYATDA OILAVIY MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI 1. Huquqiy madaniyatni shakllantirishda ota-onaning roli. Huquqiy demokratik jamiyatning asosiy mezonlaridan bin hisoblangan inson huquqlari shu jumladan, oila, onalik va bolalikning huquqiy manfaatlarini muhofaza qilish bo'yicha maxsus tizim yaratildi. Huquqiy madaniyat, siyosiy savodxonlikning tamal toshlari oilada qo'yiladi. Oilada olib boriladigan huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan ishlarga ota-ona va katta yoshdagilar mas'ul hisoblanadi. Darhaqiqat, huquqiy madaniyat shakllanishida ota-onaning farzand, farzandning ota-ona, millat, xalqi, Vatani oldidagi burch va huquqlarini bilish, unga amal qilishidan boshlanadi. Lekin fuqarolarning huquqiy madaniyati talab darajasida emas. 2. Fuqarolarning huquqiy madaniyatlilik darajasi va mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar. Ba'zi yoshlarimizning nikohdan o'tmasdan oila qurishlari, meros taqsimotida aka-uka, opa-singillar o'rtasida paydo bo'ladigan noxushliklar, ег-xotin o'rtasidagi nikohni bekor qilishdagi noroziliklar, ovsinlar, qaynona-kelin o'rtasidagi, uy-joy taqsimotidagi janjallar, huquqiy.savodsizlik dalolatidir. Oilada bo'ladigan bunday noxush holatlarning oldini olishning asosiy yo'llari, avvalo ota-onalarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, buning uchun korxona va tashkilotlarda, mahalla va turar joylarda muntazam faoliyat ko'rsatadigan "huquqiy bilimlar" o'quv kurslari, jamoatchi hu-quqshunos maslahatxonalari tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki, huquqiy madaniyati yuksak ota-onagina huquqiy savodxon farzand tarbiyalashi mumkin. O'zbekistonda oilani mustahkamlashga, yosh avlodni jismoniy va ruhiy sog'lom qilib tarbiyalashga g'oyat katta ahamiyat berilmoqda. So'nggi yillarda qonun, farmon va qarorlar qabul qilish yo'li bilan amalga oshirilgan tadbirlar oilalarga, ko'p bolali va yolg'iz onalarga, maktab bolalari va talabalarga davlat tomonidan berilgan moddiy va ma'naviy yordamlar shular jumlasidandir. 1978 yil 19 aprelda qabul qilingan Konstitutsiyada oila masalasiga faqat bitta 51- modda ajratilgan edi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida esa 4 ta modda bor. Shu o'rinda O'zbekistbn Respublikasi Oliy Majlisining 1998 yil 30 aprelda birinchi chaqinq Xl-sessiyasida qabul qilingan amaldagi Oila Kodeksida ег-xotinning mulki, huquq va majburiyatlari, bolalarga aliment to'lash, vasiylik, homiylik masalalari qanday hal qilinadi degan savol tug'iladi. Oila kodeksining 23-moddasiga binoan er-xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklarga, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar bo'lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko'rsatilmagan bo'lsa, ularning birgalikdagi mulki hisoblanadi. Ег-xotindan biri uy-ro'zg'or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo'lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko'ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo'lmagan taqdirda ham, er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo'ladi. Oila kodeksining 99-moddasiga binoan "Agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan, ota-onaning har oydagi ish haqidan, bir bola uchun to'rtdan bir qismi, ikki bola uchun uchdan bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun — yarmisi miqdorida undiriladi". Oila Kodeksidagi muhim yangiliklardan biri ota-ona favqulodda holatlar (bolaning shikastlanishi, kasal bo'lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta'minoti uchun zarar bo'lgan qo'shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart. Uch oydan ortiq muddat mobaynida aliment to'lamaslik eng kam oylik ish haqining 50 haravarigacha miqdorida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida ro'yxatdan o'tkazilgan vaqtidan boshlab nikoh tuzuvchilar er-xotin hisoblanadilar va shu paytdan boshlab ular o'rtasida er-xotinlik huquqiy va majburiyatlari kelib chiqadi. Endi ular o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalari bilangina emas, balki qonunlar, huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy malakalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo'lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar hamda babharavar majburiyatlarga egadirlar. Bu qoida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo'yilgan. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling