Demokratik jamiyatda oilaviy
Nikoh tuzish ixtiyoriydir
Download 95.5 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYATDA OILAVIY huquqlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Nikoh yoshining belgilanishi.
- 4. Nikoh yoshi boyicha mulohazalar
- 5. Nikohdan ajratish.
1. Nikoh tuzish ixtiyoriydir.
Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Nikohga kiruvchilarning ko'p hollarida qizlarning roziligini olmay, oldindan fotiha qilish, qalin olish hollari, yoshlarni sevmagan kishilariga turmushga chiqishga majbur qilib, ularning baxtiga zomin bo'lish kabilar; 2. Nikoh yoshining belgilanishi. Erkaklar uchun o'n sakkiz yosh, ayollar uchun o'n etti yosh belgilangan. Qonunda nikoh yoshining belgilanishi bu hali faqat nikoh tuzish uchun huquq necha yoshdan nikohga o'tishni ularning o'zi hal qiladi. 3. Nikob tuzishga monelik qiladigan holatlar: a) loaqal bittasi ro'yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o'rtasida nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydi. b) nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar o'rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o'rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar o'rtasida nikoh tuzishga yo'l qo'yilmaydi. 4. Nikoh yoshi bo'yicha mulohazalar: • birinchidan, 17-18 yoshdagi yigit-qizlarning ko'pchiligi jismoniy va fiziologik jihatdan to'liq rivojlanib yetishmagan bo'ladilar; • ikkinchidan, respublikamizning "Ta'lim to'g'risida-gi Qonun"ida ko'rsatilganidek, bu yoshlar umumiy ta'limdan so'ng 3 yillik akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida o'qiyotgan vaqtiga to'g'ri keladi. Qiziq, 17-18 yoshda turmushga chiqqan qizlar homilador holda akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji partalarida o'tirib, bilim oladilarmi? Yoki farzand ko'rish bilan shug'ullanadilarmi? Yana bir asos, 18 yoshga kirgan yigitlarning oilani boqish uchun qo'lida bir hunari bo'lmasa, u qanday qilib oilasini boqadi? Birinchi bola ona 19-20 yoshga to'lganda tug'ilsa, maqsadga muvofiqdir. 5. Nikohdan ajratish. Oila kodeksining nikohdan ajrashish uchun aniq asoslar ko'rsatilmagan va buni ko'rsatish mumkin ham emas. Chunki, er yoki xotin keltirgan bir asos yetarli bo'lishi, boshqa holatlarda esa ajratish uchun asos bo'lmasligi ham mumkin. Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishiga imkoniyat yo'q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi. (Oila kodeksining 41-moddasi) Sud amaliyotida nikohdan ajratish uchun er-xotinlar quyidagi asoslarni keltirganliklari aniqlandi: • er-xotindan bittasining doimiy ravishda spirtli ichimliklarni ichib, oilada janjal chiqarishi; • er-xotinlik munosabatiga xiyonat qilish; • oilada bola tug'ilmasligi; • oilaviy ishlarga qarindoshlarning aralashib, janjal chiqarishi (ayniqsa qaynona-kelin mojarolari) Oila kodeksi nikohdan ajrashishning asosiga qarab undan ajrashish tartibini belgiladi. Nikohdan sud orqali yoki (FHDYO) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ajratiladi. Agar er yoki xotin tomonidan keltirilgan asoslar yetarli bo'lmasa, u holda sudlar nikohdan ajralish da'vosini rad etish to'g'risida hal qiluv qarorini chiqaradi. Amaliyotda qonuniy rasmiylashtirilgan nikohning oltitadan bittasi ajralish bilan tugallanmoqda. Respublika bo'yicha o'rta hisobda har yili sudlar tomonidan 25 mingdan ortiq nikohdan ajratish ishlari ko'rilmoqda. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling