10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Download 408.71 Kb.
bet11/36
Sana26.06.2023
Hajmi408.71 Kb.
#1655609
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
10-mavzu PB

Universitet. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • bilim sohalari va bilim berish yo‘nalishlarining keng qamrovi bo‘yicha oliy va undan keyingi ta’lim turlarini amalga oshiradi;

  • oliy ta’lim muassasalari turli iqtisodiy sohalar mutaxassislari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish amaliyotini amalga oshiradi;

  • fanlar keng qamrovi bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi;

  • bilimlarning tegishli sohalari bo‘yicha ilmiy va uslubiy markazbo‘ladi.

Akademiya. Oliy o‘quv yurtining bu turi:

  • muayyan bilim sohalari va kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha oliy va undan keyingi ta’limlarning kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshiradi;

  • ma’lum sohalar uchun oliy malakali kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi;

  • fan, madaniyat, iqtisodiyot sohalari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar bajaradi;

— o‘z faoliyati sohasida etakchi ilmiy va uslubiy markaz bo‘ladi.
Institut. Oliy o‘quv yurti mazkur turining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • odatda, bilimlarning bir sohasi darajasida oliy va undan keyingi ta’limlarning kasbiy ta’lim dasturlarini bajaradi;

  • milliy iqtisodiyotning ma’lum sohalari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi;

  • amaliy va shuningdek, fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichiga ega.
Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat — mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavriat oliy ta’limning birinchi bosqichida ta’lim dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluk-sizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o‘zlashtirishini nazarda tutadi:

  • gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy;

  • matematik va tabiiy-ilmiy;

  • umumkasbiy;

  • ixtisosligi;

  • qushimcha.

Bakalavriatda kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari joriy etiladi.
Ta’lim dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda, talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga oladi.
Bakalavriat ta’lim dasturini o‘zlashtirishda talabalarning o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilgan.
Ta’lim dasturlari bakalavriat yo‘nalishlari davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi.

Download 408.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling