10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Download 408.71 Kb.
bet10/36
Sana26.06.2023
Hajmi408.71 Kb.
#1655609
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
10-mavzu PB

Akademik litsey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beradi. O‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojla-nishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishini ta’minlaydi.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini o‘zlarida shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ko‘nikmalarni o‘qishni muayyan oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro‘yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi; o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlan tirish, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi turdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun:

  • akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatishining normativ bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • soha uchun oliy ta’lim muassasalarining, ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutaxassislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari uchun ta’lim va kasb-hunar dasturlari, o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqish;

  • akademik litseylarning o‘quvchilari mehnat faoliyati ko‘nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;

  • kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadigan mutaxassislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro‘yxatini ishlab chiqish;

  • hududlarning geografik va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarni hisobga olgan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi ta’lim muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashti-rilishini ta’minlash, ularga o‘quvchilarni imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

  • akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika va axborot bazalarini mustahkamlash chora-tadbirlari belgilandi.

4. Oliy ta’lim. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi turlari joriy etilgan:

Download 408.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling