10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati
Download 408.71 Kb.
|
10-mavzu PB
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2004—2009 yillarda maktablarni rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi
- „2006—2010 yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini sifatli tayyorlash va ularning mehnatidan samarali foydalanishni ta’minlash dasturi"ni
Ikkinchi bosqich (2001—2005 yillar). Bu bosqichda kadrlar tayyorlash Milliy dasturini to‘liq ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlari ko‘riladi, mehnat bozorining rivojlanishi va real — ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari hisobga olinadi hamda unga aniqliklar kiritiladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan o‘tgan davr mobaynida 478 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan 68 ta akademik litsey va 481,8 ming o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 657 ta kasb-hunar kolleji qurilib va rekonstruksiya yo‘li bilan foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga respublika byudjetidan jami 887,3 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Xuddi shu yillar mobaynida akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika negizini mustaxkamlash uchun davlat byudjetidan 53,5 milliard so‘m, chet el investitsiyalari hisobidan 113,6 million AQSH dollari mikdorida mebellar, o‘quv-laboratoriya va texnik jihozlar bilan ta’minlandi. Ikkinchi bosqichda majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek, o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga o‘tish to‘liq amalga oshirildi. Xususan, 2004—2005 o‘quv yilida respublikadagi mavjud 898 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida 786 ming 295 nafar o‘quvchi, shu jumladan, 831 ta kasb-hunar kollejida 757 ming 341 o‘quvchi, 67 ta akademik litseyda 28954 o‘quvchi ta’lim oldi. Boshqacha qilib aytganda, mamlakat umumta’lim maktablari 9- sinflarini tugallagan barcha o‘quvchilar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan kamrab olindi. Ana shu o‘quv yili davomida akademik litseylarni 28954 nafar va kasb-hunar kollejlarini 171857 nafar o‘quvchi bitirdi. Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatorlari, sohalar bo‘yicha amaldagi 297 ta ta’lim yo‘nalishi uzluksiz ta’limning mazkur o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlayotgan mutaxassislar talabgor bo‘lgan yirik korxona va tashkilotlar („O‘zbekiston havo yo‘llari”, „O‘zbekiston temir yo‘llari”, „O‘zkimyosanoat”, „O‘zbekturizm” kompaniyalari, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi hamda boshqa korxonalar) bilan birga qayta ko‘rib chiqildi. Natijada o‘quvchilar toifasiga muvofiq tabaqalashtirilgan, mazkur buyurtmachi korxonalarning ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv rejalari 2005—2006 o‘quv yilidan ta’lim jarayoniga kiritildi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi birinchi bosqichi monitoringi natijalari bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining barcha tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilgan o‘quv adabiyotlari inventarizatsiya qilindi. SHu davr mobaynida 277 tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha 744 nomda, shu jumladan, 257 ta lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvidagi yangi avlod darsliklari va ularning 131 nomdagi elektron versiyalari yaratildi. Ikkinchi bosqichda ta’lim muassasalarini tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish amalda ta’minlandi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirilmoqsa. Oliy ta’lim muassasalarida kafedra mudiri, professor, dotsent, katta O‘Qituvchi, o‘qituvchi va assistent lavozimlari tanlov asosida 5 yil muddatga egallanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu muddat tugagach, mazqur lavozimlarni egallash uchun yangi konkurs o‘tkaziladi. Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining har 3 yilda bir marta, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagog-o‘qituvchilarini esa har 5 yilda bir marta malakasini oshirish shart ekanligi, bu talabni bajarmaganlar attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanib, tegishli tanlovlarda ishtirok eta olmasliklari belgilab qo‘yildi. 1997—2005 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagoglaridan 112,8 ming nafari O‘zbekistonda, 3230 nafari chet ellarda malaka oshirdilar. Litsey va kollej direktorlari attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning40 foizi almashtirildi. YAngi qurilish va rekonstruksiya hisobidan tashkil etilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar 23 ming dona shaxsiy kompьyuter va 1283 ta kompьyuter sinflari bilan ta’minlandi. Hozirgi vaktda yangi tipdagi bu ta’lim muassasalarining 92 foizi kompьyuterlashtirilgan. Akademik litseylardan 44 tasi, kasb-hunar kollejlaridan 151 tasi Internet tarmog‘iga ulangan. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha 45 ta me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da ushbu sohada to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizi-mini takomillashtirish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan. Respublikada uzluksiz ta’limni joriy etishning avvalgi ikki bosqichi davomida ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu, eng avvalo, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganligi samarasidir. Mamlakatda savodxonlik darajasi jahonda eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri HIsoblanib, 99,34 foizni tashkil etadi. O‘zbekistondata’limgadavlat xarajatlari har yili yalpi ichki mahsulotning 10—12 foizini, byudjet bo‘yicha davlat xarajatlarining esa 38—40 foizini tashkil etmoqda. 1 „Xalq so‘zi" gazetasi. Ta’lim rivoji — millat rivoji. 2005 yil, 25 noyabrь SHu bilan bir qatorda, Milliy dastur birinchi va ikkinchi bosqichlarining tahlili uzluksiz ta’lim tizimida eng zaif bo‘g‘in maktab ta’limi bo‘lib qolganligini qo‘rsatdi. Holbuki, respublikada har yili umumta’lim maktablari soni ortib boryapti. Maktab o‘quvchilarining umumiy soni esa 11 foizga ortdi. Ammo umumta’lim maktablarining moddiy-texnik negizi bugungi kun talablariga to‘liq javob bermay qoldi. Maktab ta’limi sohasidagi, eng avvalo, uning moddiy-texnikaviy negizi bilan bog‘liq mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturini izchil amalga oshsrish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida 2004—2009 yillarda maktablarni rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi va amalga oshirila boshladi. Ushbu umummilliy dasturni ishlab chiqish jarayonida umumta’lim maktablarni pasportlashtirish va inventarizatsiya qilish amalga oshirildi hamda bu turdagi ta’lim muassasalari moddiy-texnik negizini mustahkamlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. SHu bilan birga, davlat umummilliy dasturida quyidagilar ham ko‘zda tutilgan: maktab ta’limi butun tizimini tubdan yaxshilash; eng yuksak zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quv-moddiy negizi va ta’lim standartlarini shakllantirish; kishloq va shahar maktablari moddiy negizi va jihozlanishi o‘rtasidagi tafovutlarni bosqichma-bosqich yo‘qotish asosida bolalarning yashash joylaridan qat’i nazar, ularni o‘qitish uchun bir xil sharoitlar yaratish; o‘qituvchilar mehnatitsi butun choralar bilan rag‘batlantirish. Ushbu keng o‘lamli, o‘z mohiyati bo‘yicha olamshumul vazifalar izchillik bilan amalga oshirila boshlandi. Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish dasturiga 1 trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflash ko‘zda tutilgan. Dasturni amalga oshirish boshlangan dastlabki 2004—-2005 o‘quv yili uchun davlat byudjetidan 104,4 milliard so‘m mablag‘ ojratildi. Davlat umummilliy dasturi asosida foydalanishga topshirilgan umumta’lim maktablarida 1—4 sinflar uchun 1530 ta, 5—9 sinflar uchun 2394ta o‘quv kabinetlari, 988 kompьyuter, 697 lingafon, 313 ta kasbga yo‘naltirish kabinetlari, 640 ta fizika, 390 ta kimyo va biologiya laboratoriyalari, 615 ta sport zali eng zamonaviy jihozlar, o‘quv qurollari bilan ta’minlandi. Umumta’lim maktablari uchun ushbu o‘quv yilida faqat darsliklar nashr etishga 16,7 milliard so‘m byudjet mablag‘i ajratildi. Xalqta’limi tizimi xodimlarining ish haqi o‘rtacha 35 foizga oshirildi. Umumta’lim tizimini rivojlantirish uchun xalqaro banklar va chet el davlatlari kredit va grantlari ham jalb etilmoqda. Osiyo taraqqiyoti banki masofadan turib o‘qitish uchun 85 ta resurs markazlari tashkil etishni moliyalashtirmoqda. Ushbu markazlar orqali 2007 yilgacha umumta’lim maktablarining 200 ming nafar o‘qituvchisi malakasini oshirish ko‘zdatutilgan. Umumta’lim maktablarini rivojlantirishga YAponiya hukumati 6 milliard 347 million iena, Koreya Respublikasi 35 million, Xitoy Xalq Respublikasi esa 20 million AQSH dollari ajratganlar. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining uchinchi bosqichida ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash mo‘ljallangan. Birgina akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun yana 1160 nomdagi maxsus fanlar bo‘yicha darsliklarni yaratish va chop etishni 2009 yilgacha nihoyasiga etkazish rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasida jadal rivojlanib borayotgan agrosanoat va engil sanoat tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlay-digan 108 ta kasb-hunar kollejlarida yangi axborot texnologiyalari jalb etishga 7,69 million evro va Polьsha Respublikasining 15 million AQSH dollari miqsoridagi kreditlari jalb etilgan. Ayni paytda, xizmat ko‘rsatish sohasi ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassis-lar tayyorlaydigan 100 ta kasb-hunar kolleji Koreya Respublikasi hukumatining 27 million AQSH dollari miqdoridagi krediti hisobiga eng zamonaviy o‘quv jihozlari bilan ta’minlanadi. Uzluksiz ta’lim tizimi orqali tayyorlanayotgan mutaxassislarni ish bilan ta’minlash masalasiga ham katta e’tibor berilmoqsa. Jumladan, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tegishli mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda „2006—2010 yillarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini sifatli tayyorlash va ularning mehnatidan samarali foydalanishni ta’minlash dasturi"ni ishlab chiqsilar. Mazkur dasturda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro samarali integratsiyasini ta’minlash, tayyorlanayotgan mutaxassislarning miqdori, sifatiga nisbatan davlat talablari, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxona va tashkilotlarning kadrlarga buyurtmalarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilangan. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan asosli ravishda uzluksiz ta’limning „O‘zbek modeli", deb e’tirof etilmoqsa. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyati, iqtisodiyoti, fan, texnika va texnologiyalarining yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini yaratishga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limning mazkur modeli O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlashning muhim omili vazifasini muvaffaqiyatli o‘tamoqda. Download 408.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling