10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Personalni masofadan turib o‘qitish va ularning turlari


Download 408.71 Kb.
bet23/36
Sana26.06.2023
Hajmi408.71 Kb.
#1655609
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
10-mavzu PB

4.Personalni masofadan turib o‘qitish va ularning turlari.

Zamonaviy axborot texnologiyalari personalni o‘qitish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi.U ta’limning yangi — masofadan turib o‘qitish turini dunyoga keltirdi.


Masofadan turib o‘qitish — zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng qo‘llanilgan holda tashkil etiladigan sirqi ta’lim berishning sifat jihatdan yangi bosqich.
Masofadan turib o‘qitishda tinglovchi ma’ruza va seminar shaklidagi muntazam mashg‘ulotlarga jalb etilmaydi, balki u o‘zi uchun qulay vaqt, qulay joyda, qulay sur’atda o‘qiydi. Bu ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish imkoniyatni bo‘lmaganlar uchun ayniqsa qulaydir. Masofadan turib o‘qitishda har kim belgilangan o‘quv dasturini to‘la egallash uchun o‘ziga zarur vaqt davomida o‘qish imkoniyatiga ega.
Masofadan turib o‘qitish dasturlari modul tamoyili asosiga qurilgan. Ta’lim moduli har bir alohida kurs bo‘yicha muayyan sohaga oid bilimlar to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Bu mustaqil kurslar — modullardan shaxsiy va guruhiy ehtiyojlarga javob beradigan o‘quv dasturini shakllantirishda qo‘l keladi.

Masofadan turib o‘qitish ta’limning an’anaviy usullariga nisbatan 50 foizga arzon tushishi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan. Bunga butun bir o‘quv kursi yagona majmua sifatida mujassamlashtirilganligi, masofadan turib o‘qitish texnologiyalarining katta miqdordagi tinglovchilarga mo‘ljallanganligi, shuningdek, xodimlarning malaka oshirishlari uchun safar xarajatlari va ish vaqtlari tejalishi hisobiga erishiladi.


Masofadan turib o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv loyihalariga rahbarlik qilish, shaxsiy o‘quv rejalarini tuzishda maslahat berish kabi vazifalarni bajaradi. O‘qitish jarayonida o‘qituvchi va ting-lovchi o‘zaro aloqalari elektron pochta, faksimilь va telefon aloqasi, Internet tizimi orqali amalga oshiriladi.
Masofadan turib o‘qitishda nazorat shakllari sifatida masofadan turib tashkillashtiriladigan imtihonlar, kompьyuter test tizimlari, eksternat usullari qo‘llaniladi.

Download 408.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling