10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil qilinadigan seminarlarni


Download 408.71 Kb.
bet27/36
Sana26.06.2023
Hajmi408.71 Kb.
#1655609
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
10-mavzu PB

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil qilinadigan seminarlarni besh ish kunidan ortmagan davrga mo‘ljallash maqsadga muvofiq. Bunday seminarlar odatda zaruratga qarab bitta yoki bir necha korxona, tashkilot (ular bo‘linmalari) xodimlari uchun tashkil etiladi. Masalan, kompaniya yoki birlashmaning biror mintaqa, viloyatdagi bo‘linmalari xodimlari uchun mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazish uslubi masalalariga bag‘ishlab seminar o‘tkazilishi mumkin. Unga ana shu uslubni ishlab chiqqan mutaxassislar. tegishli rahbarlar, personal bilan ishlash bo‘yicha xodimlarni taklif etish maqsadga muvofiqsir. Ana shunday seminarlar xodimlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, kam sarf-xarajatlar bilan qayta tayyorlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi seminarlarni tashkil etishda guruh tinglovchilarining soni 25 tadan ortmasligi va qayta tayyorlash muddati 10 kun bilan chegaralanishi tavsiya etiladi. Bu seminarlar odatda xodimlar tomonidan tayyorlangan referatni himoya qilish yoki test sinovlari o‘tkazish bilan yakunlanadi.
CHet el firmalari bilan hamkorlikda ish olib boradigan xodimlar uchun yilda 1—2 marta, ishlab chiqarishdan qisman ajralgan holdagi kichik guruhlarda esa 1—2 hafta chet tili bo‘yicha bilimlarini puxtalashtirib turish ular faoliyati uchun juda muhimdir.
Ko‘pgina kompaniya va firmalar yilda kamida bir marta boshqaruv personali xodimlari uchun jahonda qabul qilingan tartibda xizmat yozishmalari olib borish qoidalari hamda hujjatlarni yuritish va hujjatlar ayirboshlashdagi turli yangiliklarga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etadilar.Boshqaruv xodimlarining yillik o‘quv dasturlariga insonlar o‘rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy-psixologik muammolari masalalari kiritilishi ham tavsiya etiladi.
Davriy ta’lim odatda kamida besh yilda bir marta va ko‘pi bilan yilda bir marta tashkil qilinadi. Uni malaka oshirish tizimi ta’lim muassasalarida tashkil etish, o‘quv dasturlariga fan, texnika, texnologiyaning eng so‘nggi yutuqlarini, ishlab chiqarishni boshqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy uslublarini chuqur o‘rganish, amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilish masalalari kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Bunday ta’lim o‘quv rejalari va dasturlari asosida olib boriladi. Personalning malaka oshirish muddati 2 oy (ishlab chiqarishdan ajralgan holda) yoki 6 oy (ishlab chiqarishdan ajralmagan holda)dan oshmaydi. Qayta tayyorlashning asosiy shakllari malaka oshirish institutlari yoki tegishli kurslari, aspiranturada o‘qish, yangi texnologiyalar joriy etilgan va tarmoqda eng yuqori samaraga erishayotgan korxonalarda, shu jumladan chet el firmalarida muayyan xizmat vazifasida stajirovka qilish kabilardan iboratdir.

Download 408.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling