10-mavzu: qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik
Qurilishda foyda va uni hisoblash usullari
Download 33.82 Kb.
|
10.4-Mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Smeta foydasi
- Rejadagi foyda
10.3 Qurilishda foyda va uni hisoblash usullari
Foyda – bu qurilish korxonasi ishchilarining qo‘shimcha mehnati bilan topilgan sof daromad yoki daromad va mahsulot (ish,xizmat)ning to‘la tannarxi o‘rtasidagi farqdir. U korxona moliyaviy va ishlab chiqarish birqarorligini muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Foyda hisobiga korxonalar rivojlanadi, ishchilarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi, umuman xo‘jalik sub’yektlari va davlat ehtiyojlari qondiriladi. Undan tashqari foyda olish korxona raqobatbardoshligini muhim sharti ham hisoblanadi. Investitsion jarayonning turli bosqichlarida foydaning quyidagi turlari aniqlanadi: Smeta foydasi – bino, inshoot va boshqa ob’yektlar loyihasida belgilangan foyda; Rejadagi foyda – muayyan shartlar uchun qurilish tashkilotlari hisobiga olingan foyda; Haqiqiy foyda – ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan foyda. Smeta foydasini boshqacha qilib, qurilish tashkilotining rejadagi jamg‘armalari, ya’ni qurilish loyihasida biriktirilgan, uni davlat tomonidan kafolatlangan daromad deb nomlanadi. U qurilish mashinalari va mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi quruvchi va ishchilar ish haqi qiymatining 50%i yoki loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan qurilish-montaj ishlari tannarxining 12%i hisobida belgilangan. Narx-navoni erkinlashtirish sharoitida rejadagi jamg‘armalar (smetaga oid foyda) darajasi buyurtmachi roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Smeta foydasi kafolatli daromad sifatida qurilish tashkilotiga soliqni, bank kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga, uy-joy-kommunal xo‘jalik ob’yektlarini saqlashga, ishlovchilarni rag‘batlantirishni amalga oshiriga yordam beradi. Rejadagi foyda ostida qurilish tashkiloti biznes rejasini (ishlab chiqarish-iqtisodiy rejasini) ishlab chiqish jarayonida belgilangan foyda tushuniladi. Qurilish tashkiloti imzolagan pudrat shartnomalari asosida o‘z foydasini mustaqil rejalashtiradi. A’lohida ob’yektlar bo‘yicha rejadagi foyda (Ra) quyidagi formula bo‘yicha: smeta foydasi yoki rejali jamg‘armalar (Rj), ish tannarxini kamaytirish orqali erishilgan rejali samara (Er) va buyurtmachidan olingan kompensatsiya (Kb) yig‘indisi sifatida hisoblanadi. Download 33.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling