10-mavzu: qurilishda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi reja
Download 31.27 Kb.
|
10.1-Mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Eu = N (1 - T2/T1)
Bunda: N — qurilishni davomiylik muddatining variantlari bo‘yicha shartli-doimiy xarajatlar; T1 va T2 - taqqoslanayotgan variantlar bo‘yicha qurilishning davomiylik muddati. Shartli-doimiy xarajatlar miqdori o‘rtacha «materiallarga xarajatlar» moddasi bo‘yicha bir foiz etib qabul qilinishi mumkin yoki «mashina va mexanizmlarni ekpluatatsiya qilish xarajatlari» moddasi bo‘yicha 15 %, «davr (ustama) xarajatlari» moddasi bo‘yicha 50% etib belgilanishi mumkin. 4. Hajmiy-rejaviy va konstruktorlik yechimlarini takomillashtirish. U quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin: E = (S1-S2) = Ens (K1-K2) + En (F1-F2) bunda: S1 va S2 - yillik ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlab chiqarish ob’yektlari) tannarxi yoki ekpluatatsion xarajatlar (noishlab chiqarish ob’yektlari); Ens va En — qurilish ob’yektining qurilish samaradorligining normativ koeffitsientlari; K1 va K2 — taqqoslanadigan ob’yektlar uchun kapital qo‘yilmalar; F1, F2 — taqqoslanadigan ob’yektlarni jihozlashda qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish fondlari. Ilmiy-texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini baholash har qanday darajada ham yagona asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy texnik-taraqqiyot, fan, ishlab chiqarish iqtisodiy o‘sish omili sifatida jamoaning mehnat unumdorligini oshirgan holda uning iqtisodiy omili sifatida ham rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham fan va texnikaning iqtisodiy samaradorligi bir vaqtda ma’lum muddat davomida ilmiy texnik yutuqlarni amaliyotga tadbiq etish natijasida jamiyat tomonidan erishiladigan mehnatning umumiy xarajatlarini kamaytirishga erishishni aks ettiradi. Eng asosiysi ilmiy texnik-taraqqiyot ishlab chiqarish intensivligini va yaratilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini yaratib beradi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Fan-texnika taraqqiyoti deganda nimani tushunasiz? 2. Qurilishda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va mazmuni nimalardan iborat? 3. Jamiyat fan-texnika taraqqiyotida qurilishning o‘rni nimalardan iborat? 4. Qurilishda yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi, uning ko‘rsatkichlari va aniqlash uslublari nimalardan iborat? 1Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.”Халқ сўзи” газетаси, 2018 йил 29 декабрь. Download 31.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling