10-mavzu. Raqamli biznesda fikrlash dizayni reja
Download 126.5 Kb.
|
10-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- , servis va xizmatlar ishlab chiqishdir
- Tayanch
10-MAVZU. RAQAMLI BIZNESDA FIKRLASH DIZAYNI Reja: 10.1. Raqamli biznes jarayonlarini tashkil etishda fikrlash dizaynining xususiyatlari 10.2. Fikrlash dizayni foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdir 10.3. Fikrlash dizayni bosqichlari O‘quv maqsadi: raqamli biznes jarayonlarini boshqarishda fikrlash dizaynidan samarali foydalanish masalalarini o‘rganishdan iborat Tayanch iboralar: fikrlash dizayni, empatiya, biznesda fokuslashtirish, prototiplash. 10.1. Raqamli biznes jarayonlarini tashkil etishda fikrlash dizaynining xususiyatlari Fikrlash dizayni g‘oyasi birinchi marta 1969 yilda “The Sciences of the Artificial” (“Sun’iylik xaqida fan”) kitobi muallifi Gerbert Simon tomonidan tomonidan shakllantirilgan. Keyinchalik bu g‘oya Stenford universiteti olimlari tomonidan rivojlantirilib, fikrlash dizayni g‘oyasini ilgari suruvchi Stenford dizayn institutiga asos solindi. “Fikrlash dizayn” atamasi turli talqinlarga ega. Interaction Design Foundation (O‘zaro hamkorlik dizayni fondi) tomonidan eng yaxshi ta’rif berilgan:fikrlash dizayni deganda, foydalanuv- chining motivatsiyasi va ehtiyojlarini o‘rganish, noto‘g‘ri taxminlarni rad etish va muammoni yangicha echim topish uchun mo‘ljallangan ko‘p bosqichli jarayon tushuniladi. Fikrlash dizayni (inglizchadan. “design thinking”) - bu foydalanuvchilar manfaatlariga mos keladigan murakkab muammolar echimlarini topishga yordam beradigan uslub. Ushbu uslub antropotsentrizm tamoyiliga asoslanadi, unga ko‘ra har qanday tadqiqot va ishning maqsadi korxona, rahbar, loyiha menejerlari va byurokratik tuzilmalar emas, balki shaxsning manfaatlaridir. Dizayn fikrlashning vazifasi mavjud stereotiplar va muammolarni hal qilishning standart usullaridan (“thinking outside the box” – “qutidan tashqarida o‘ylash”) o‘tib ketishdir. Bunday fikrlash uslubi deyarli hamma joyda qo‘llaniladi: sayohatni rejalashtirishda, kvartirani ta’mirlashda, yangi ommaviy axborot vositalarini ochishda, biznesni ochishda, korporativ identifikatori va logotipini ishlab chiqishda. Fikrlash-dizayn — bu dunyo qarash, muammolarni hal qilish metodi. Qandaydir bir g‘oyaga uni butun amalga oshirish yo‘lida hamrohlik qiladigan uzluksiz jarayon: miyaga kelgan fikr, uni test va aprobatsiyadan o‘tkazishdan tortib, to prototiplashda mujassam etish va hayotga tatbiq qilish. Ijodiy yondashuv, bir jamoa bo‘lib ishlash, odamlarga yo‘naltirish, qiziqish va nekbinlik – dizayn-fikrlashning asosiy tarkibiy qismlaridir. Dizayn-fikrlashning asosiy xususiyati shundaki, u tahliliy fikrlashdan farqli o‘laroq tanqidiy bo‘lmagan tahlil, ijodiy jarayon bo‘lib, bunda umuman kutlmagan g‘oyalar muammoning eng yaxshi echimiga olib keladi. An’anaviy maktab ta’limi modeli axborotni o‘qituvchidan o‘quvchiga berishni ko‘zda tutadi. Bunda o‘quvchi kelajakda juda ko‘p qimmatli bilimlarga ega bo‘ladi, biroq ular haqiqatan ham muhim ijtimoiy muammoni hal etishga yordam bermaydi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar hal qilish va yaratishni talab qiluvchi amaliy ahamiyatga ega masala ko‘rinishida dars olmaydilar, ularning vazifasi – faqat o‘qituvchidan olingan axborotni qayta takrorlashdan iborat. O‘quvchilarga real hayotiy muammo haqida gapirib bering va ularga, dizayn- fikrlash vositalaridan foydalangan holda, uning echimini topishni taklif qiling. Bu ta’lim darajasini sifat jihatdan yuqoriga ko‘taradi. O‘quvchilar, ular eslab qolishi uchun o‘qituvchi zarur ma’lumotlarni berganida, foydali bilimlarga ega bo‘lmaydi. Ular oxir-oqibatda bu olamni ozgina bo‘lsa ham yaxshiroq qila oladigan oldilarida hal etilishi kerak bo‘lgan muammo paydo bo‘lganidagina o‘rganadilar. Fikrlash-dizayn asoslariga qurilgan fikrlash jarayoni o‘quvchilarni jamiyatdagi odamlarning mahalliy va global muammolarini hal etish maqsadida kreativ va shu bilan birga yashay oladigan g‘oyalarni yaratishga va ularni amalda qo‘llashga tayyor bo‘lgan ijtimoiy faol fuqarolarga aylantiradi. Fikrlash-dizayn bizning ta’lim muassasalarimizda etishmayotgan novator-talabalarni shakllantiradi. Fikrlash-dizayn metodikasi innovatsiyalarni ijtimoiy muammolarni hal etishga joriy qilishni, g‘oyalarning yashash qobiliyatini testdan o‘tkazishni, ularning potensial maqsadli auditoriyada dolzarbligi va talabga egaligini tekshirishni o‘rgatadi. Dizayn-fikrlashning beshta asosiy tamoyili: empatiya, radikal sheriklik, ideatsiya, prototiplash va iteratsiya. Fikrlash-dizayn ham jamiyatingizdagi odamlar olamini yaxshiroq va qulayroq qilishga yoki sizning potensial foydalanuvchilaringizning muammosini hal etishga yordam beradi. Ularning “ko‘nglini topish uchun” siz o‘zingizni foydalanuvchining o‘rniga qo‘yishingiz, uning pozitsiyasidan turib o‘ylashingiz, olingan natijalarni hisobga olgan holda o‘zingizning texnologik imkoniyatlaringizni joriy etishingiz hamda bunda o‘zingizning biznes- manfaatlaringizni aniq esda tutishingiz zarur. CHunki talabga ega mahsulotni yaratish – bu qo‘lbola vositalardan foydalangan holda uning asosli ekanini bir necha marta tekshirib ko‘rish demakdir. Download 126.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling