10-mavzu. Raqamli biznesda fikrlash dizayni reja
Download 126.5 Kb.
|
10-MAVZU
bosqich - g‘oyalar ishlab chiqish. Yaxshi g‘oya emas, keng imkoniyatlar muhim.
G‘oyalar ishlab chiqish bu – g‘oyalar va echimlar ishda asosiy e’tibor qaratish lozim rejim. Fikrlash jarayoni borasida bu bosqich turli xildagi konsepsiyalar va muammoning echimi sifatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan natijalarga tarmoqlashish sifatida ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tasavvur etish – prototiplar va innovatsion echimlar yaratish uchun yoqilg‘i va xomashyodir. G‘oyalar ishlab chiqish nima uchun kerak?G‘oyalar yaratish bu – muammoni aniqlashdan foydalanuvchi uchun uning echimini yaratishga o‘tishdir. G‘oyalar ishlab chiqishning turli usullari quyidagilarga imkon beradi: yaqqol ko‘rinib turgan echimlardan uzoqlashish (innovatsion salohiyatni oshirish); jamoaviy qarashlar va jamoaning kuchli tomonlaridan foydalanish; ilgari e’tibor berilmagan butun boshli sohalarni ochish; innovatsion echimlar hajmi va turli-tumanligini ta’minlash; yaqqol ko‘rinib turgan echimlarni olib tashlash va uzoqni ko‘ra bilish. Imkon qadar ko‘proq g‘oyalar berish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: tanqidni istisno qilish. Kishi tanqid eshitganda unda himoya reaksiyasi ishga tushadi va qo‘rquv ijodiylik oqimining yo‘lini to‘sib qo‘yadi. ijobiy muhit yaratish. Do‘stlashing, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang. Ayniqsa, guruhda boshliq va qo‘l ostidagi xodimlar bo‘lsa. turli yo‘nalishdagi ishtirokchilarni to‘plash. Muhokamada turli darajada tajribaga ega bo‘lganlar ishtirok etgani yaxshi. “ha va …” tamoyilidan foydalanish. Bu hamkasblar g‘oyasini shubhasiz qabul qiladigan va uni rivojlantiradigan paytda qo‘llanadigan usul. Hamma o‘zining g‘oyasini yaxshi ko‘radi va boshqalarnikini rad qiladi, o‘zgalarning fikrini eshitish, chin dildan rozi bo‘lish va rivojlantirish variantini taklif qilish uchun ichki tuyg‘uni mashq qildirish lozim. Yetarli miqdorda g‘oyalar yaratilgach, qidiruv maydonini toraytirish, oqilona g‘oyalar izlash va eng yaxshi g‘oyalar tanlashga o‘tish mumkin. bosqich – g‘oyani tanlash.To real voqelikka duch kelmaguncha barcha g‘oyalar ajoyib bo‘lib ko‘rinaveradi. Rivoj topadigan g‘oyalarni aniqlash uchun ularni “elak”dan o‘tkazish zarur. Download 126.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling