10-mavzu. Raqamli biznesda fikrlash dizayni reja
Fikrlash dizaynning beshta asosiy tamoyili mavjud
Download 126.5 Kb.
|
10-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fikrlash dizayni bosqichlari
Fikrlash dizaynning beshta asosiy tamoyili mavjud:noan’aviy o‘ylab ko‘rish - zerikarli jadvallarga, rasmlarga matnlarga diagrammalar qo‘shish; biznes loyihalarda uchraydigan mavjud muammolarga shablon echimlarini izlash; iste’molchining nafaqat hissiy tajribasiga murojaat qilish, balki mantiq va foyda uchun ham. Masalan, smartfonning birlashtirilgan grafik interfeysini batafsil tasvirlashning hech qanday ma’nosi yo‘q, garchi bu haqiqatan ham qulay bo‘lsa ham. Undan ko‘ra bunday mos va zamonaviy dizayn xaridorning do‘stlarini e’tiborini o‘ziga jalb qiladi va uni har qanday yig‘ilishning yulduziga aylantirishiga urg‘u berish lozim; prototiplarni qo‘llash. Bu, ayniqsa, ishbilarmonlar uchun innovatsion mahsulotni yaratishda juda muhimdir, prototip o‘zining kuchli va zaif tomonlarini aniq ko‘rsatib beradi; aqlli minimalizmga rioya qilish – barcha keraksiz narsalarni olib tashlash va mahsulot eng yaxshisiga aylanishi uchun uni doimiy ravishda takomillashtirib borish; xatolarni ijobiy qabul qiling: har qanday xato – bu mahsulot yoki xizmat sifatini oshirish uchun foydali bilimlarning maksimal miqdorini to‘plash tajribasi. Fikrlash dizayni – foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdirJahon bozorida mahsulot va taqdim etilayotgan xizmatlarning mavqei va samaradorligi, avvalo, uning raqobatbardoshligi bilan belgilanadi. Bunday vaziyatda mavjud ma’lumotlar tahliliga asoslangan analitik fikrlashni qo‘llash etarli emas. Innovatsiya uchun ijodkorlik, kreativlik, sintezlash va yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish qobiliyati talab etiladi. Ijodiy yondashuv, jamoaviy ish, odamlarga yo‘naltirilganlik, qiziquvchanlik va optimistik ruh - fikrlash dizaynning tarkibiy qismlari, shuningdek, mavjud muammolarni hal qilishda yangi echimlarni topishda qo‘llaniladigan metodologiya ham hisoblanadi. Dizayn fikrlashning asosiy xususiyati, analitik fikrlashdan farqli o‘laroq, tanqidiy tahlil emas, balki ba’zan eng kutilmagan g‘oyalar muammoni yaxshiroq hal qilishga olib keladigan ijodiy jarayondir. Fikrlash dizaynining tamoyillari turli sohalarda qo‘llaniladi: bolalikdagi semirishni davolashdan jinoyatchilikning oldini olishgacha, raketa sanoatidan iqlim o‘zgarishiga qadar. Fikrlash dizayni endi yangi moddiy mahsulotlarni yaratish bilan cheklanib qolmay, turli jarayonlar va xizmatlarga, shuningdek o‘zaro ta’sir, aloqa va hamkorlikka taalluqlidir. Sanoat ishlab chiqarishi sharoitida ishlab chiqaruvchilar tovar va mahsulotlar tashqi ko‘rinishining jozibadorligi, xilma-xilligi shuningdek mahsulot ishlatilishidagi sifati va qulayligi kabi jihatlariga alohida e’tibor qarata boshladilar. Natijada nafaqat iste’molchi talablariga javob beradigan jozibador tashqi ko‘rinishga ega mahsulot formasini yarata oladigan balki konstruktorlash masalalari va mashina ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi tushunadigan maxsus mutaxassisga ehtiyoj vujudga keldi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, faqatgina injenerlik-texnikaviy va badiiy masalalar kompleks hal etilsagina raqobatbardosh mahsulot yaratish mumkin. Dunyoning yirik kompaniyalari Healthcare, Procter & Gamble i Philips Electronics, IBM, General Electric, Toyota, Samsung, LG kabilar allaqachon boshqaruv jarayonini tashkil etish vamahsulot ishlab chiqarishda fikrlash dizaynidan samarali foydalanib kelmoqdalar. Fikrlash dizayni - foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdir. Fikrlash dizayni - doimo birinchi o‘ringa foydalanuvchi so‘rovlarini qo‘yadi va faqat shundan keyingina texnik amalga oshirish imkoniyatlari va iqtisodiy imkoniyatlarga e’tibor qaratiladi. Dizayn bu – muammoni hal qilishdir. Dizayner bu – muammoni hal qiluvchi shaxs. Muammoni hal qilish, samarali echim topish uchun dastavval tadqiqot o‘tkazish va muammoni aniq belgilab olish, so‘ngra asosiy e’tiborni muayyan “og‘riqlinuqtalar”ga qaratish, g‘oyalar ishlab chiqish va ularning orasida eng yaxshilarini tanlab olish, prototip yaratish va sinovdan o‘tkazish zarur. Fikrlash dizayni – usuli bu bosqichlar qanday o‘tishini, nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va har bir bosqichda qaysi vositalardan foydalanishni tavsiflaydi. Fikrlash dizayni uslubi mualliflari Xasso Plattner va Devid Kelli - biznes va boshqaruv amaliyotini an’anaviy muhandislik ta’limi bilan birlashtiradigan dizayn - maktabi asoschilari hisoblanadi. Ular fikrlash – dizaynini o‘ylab topgan deb bo‘lmaydi, chunki mohiyatan fikrlash dizayni – bu sog‘lom fikrdir. Biroq Plattner va Kelli tamoyillarni tushunchaga oid konsepsiyaga joylab, brend yaratdi va amaliyot sifatida rivojlantira boshladi. Ijodiy jarayon bosqichlarini o‘rganib, foydalanuvchini markazga qo‘yib, biznesni ijodiy jarayon sifatida ifodaladi. Ijodkor shaxslar esa biznes vazifalarini yaxshiroq tushuna oladi. SHu o‘rinda mashhur pedagog, yozuvchi Deyl Kornegining bir fikrini keltirib o‘tish maqsadga muvofiq: “Qo‘lingizga limon tushsa undan limonad yasang”. Buning mazmuni aynan bugungi kunda juda dolzarb bo‘lib bormoqda. Fikrlash dizaynining an’anaviy fikrlashdan asosiy farqi tanqidiy tahlil emas, balki jarayonga ijodiy yondashuv bo‘lib, kutilmagan g‘oyalar muammoni echishning engyaxshi yo‘lini namoyon etishi mumkin. Zamonaviy boshqaruv tizimi har bir rahbardan fikrlash – dizayniga ega bo‘lishni talab etadi. “General Electric” kompaniyasining sobiq Bosh direktori Djek Uelch shunday fikr bildiradi: “99,9 foiz xizmatchilar doimo bir joyda qotib qoladilar, chunki ular fikrlashni bilmaydilar. Insonlarni fikrlashga majburlab bo‘lmaydi, faqatgina ularga fikrlash uchun sharoit yaratib berish lozim. SHu jihatdan ta’lim muassasalarida tinglovchilarga nima haqida fikrlashni emas, balki qanday fikrlashni o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, faqatgina injenerlik-texnikaviy va badiiy masalalar kompleks hal etilsagina raqobatbardosh mahsulot yaratish mumkin. Dunyoning yirik kompaniyalari Healthcare, Procter & Gamble i Philips Electronics, IBM, General Electric, Toyota, Samsung, LG kabilar allaqachon boshqaruv jarayonini tashkil etish va mahsulot ishlab chiqarishda fikrlash dizaynidan samarali foydalanib kelmoqdalar. Fikrlash dizayni - foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdir. Fikrlash dizayni bosqichlariFikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat: Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere – tarqalish) – bitta muammoning ko‘plab echimlarini izlash vakonvergent (lat. sonvergere – to‘planish) – vazifani hal qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan aniq foydalanish. Download 126.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling