10-mavzu. Raqamli biznesda fikrlash dizayni reja


Download 126.5 Kb.
bet4/7
Sana17.12.2022
Hajmi126.5 Kb.
#1025984
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-MAVZU

bosqich–fokuslashtirish. To‘g‘ri echim topishning yagona usuli muammoni to‘g‘ri tushunishdir.

Biznes jarayonida fokuslashtirish juda muhim rol o‘ynaydi, chunki odamlar hayoti haqida to‘plangan axborotlardan kelib chiqib, hal qilish lozim bo‘lgan muammoning yorqin ifodasini olishga imkon beradi. Fokuslashtirishning mazmuni – savolni ifodalashdir.

Axborotni qayta ishlash.


Nuqtai-nazarni ifodalashdan oldin tadqiqotdan keyin olingan axborotni qayta ishlash zarur.

    • Klasterlar: o‘xshash muammolar turlari muhokama qilinadigan guruhlarga ajratish.

Shaxs-modellarga ajratish. Shaxs-model bu – sizning servisga xos bo‘lgan foydalanuvchilar. Maqsadli muloqot doirasi quyidagicha aniqlanganda: erkaklar, daromad o‘rtacha darajadan yuqori – bu umuman hech narsa haqida gapirmaydi. Shu sababli xulq-atvorga oid joylashtirish zarur. Foydalanuvchilarni ijtimoiy demografik omma emas, muayyan kishilar ko‘rinishida gavdalantirish (vizuallashtirish) asosida siz kim uchun ishlayotganingizni tushunib eta boshlaysiz. Masalan, uzscience.uz saytidan foydalanuvchilar kim: olimlar, katta ilmiy xodim, ijodiy tadbirkor, jurnalist, dizayner va h.k.o. Ular istalgan yoshda va jinsda bo‘lishi mumkin, lekin ularni ma’lum bir turmush uslubi, xulq-atvor va ehtiyojlar birlashtiradi.

    • Foydalanuvchilarning eng ahamiyatli aniq fikrlarini ko‘chirib olish.

Yaxshi nuqtai-nazar:


    • e’tiborni muammoga qaratadi;

    • jamoani ilhomlantiradi;

    • turli g‘oyalarni baholash uchun mezonlar yaratadi;

    • jamoaga mustaqil va parallel ravishda qaror qabul qilishga yordam beradi;

    • siz uchrashgan odamlarning aqli va qalbini zabt etadi;

    • mavhum (boshqarishni samarali tashkil eting kabi)konsepsiyalar o‘rniga amaliy, muayyan konsepsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi.


  1. Download 126.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling