10-mavzu: Shaxsga yo’naltirilgan axborot: psixologik, mafkuraviy, diniy va madaniy tahdidlar Reja
Download 72.52 Kb.
|
Media savodxonlik 4-ma\'ruzama\'ruzamashg\'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog‘lash»)
- Mutaassiblik
XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu so‘z islomga nisbatan qo‘llanila boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi – Qur'on va Hadislarni so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon matbuotlarida islom niqobidagi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb atash ham odat tusiga kirdi.
Shunday ekan, ekstremizm yoki fundamentalizmni faqat muayyan din bilan bog‘lash mutlaqo asossiz. Xususan, islom dini, u bilan bog‘liq turmush tarzi va qadriyatlar majmui hech qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yo din va musulmon jamoasi ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlarining asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas. Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go‘yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlaydi. Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar turli dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlari ta'limotlaridan foydalanmoqdalar. Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga bog‘lash») muayyan sharoitda, biron-bir g‘oyaga qat'iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta'sir doirasini sun'iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi. Mutaassiblik (arab. – «g‘uluv ketish», «chuqur ketish») o‘z fikr-mulohaza va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e'tiqodlarga murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik g‘oyalarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi. Shu o‘rin qayd etish joizki, ko‘p manbalarda «aqidaparastlik» so‘zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so‘zi bilan almashtirilgan holda istefoda etilmoqda. Download 72.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling