Bevosita axborot urushi ta`rifiga kelganda biz bir kitobdan iqtibos keltirmoqchimiz: «Axborot urushi deb, ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning moddiy yutuqqa ega bo`lish maqsadida bir biriga ochiq va yashirin maqsadli axboriy ta`sirlarga aytiladi. Shu bilan bir qatorda axborot urushini deb yanada raqib ustidan axboriy hukmronlikka erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshqacha zarar etkazish uchun davlatning harbiy kuchlari, hukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar va operatsiyalar majmuasiga aytiladi».
Yangi texnologiyalar va axborot inqilobi odamlarning atrof muhitda, ijtimoiy va siyosiy hayotda yuz berayotgan o’zgarishlar ustidan nazorat olib borish borasidagi imkoniyatlarini ham ko’p karra oshirdi. «Kompyuter shaxsning qudratini kengaytirgan sharoitda fuqarolar o’z hukumatlarining harakatlarini hukumatlar fuqarolarning harakatlarini kuzatganidan samaraliroq kuzatishlari mumkin»1, deb qayd etadi amerikalik futurologlar D.Nesbit va P.Eburdin.
Bugungi kunda internet g’oyaviy kurash va targ’ibotning asosiy maydoniga aylanganini ekstremistik va terroristik qarashlarni targ’ib qilishdagi o’rni misolida ham ko’rish mumkin. Avvalo ekstremizm, diniy ekstremizm, mutaasiblik, terrorizm kabi tushunchalarning mazmun mohiyatiga qisqacha to’xtalamiz.
Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati. Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmagan. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi.
Ekstremizm (lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish») jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, diniy ekstremizmga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |