Gedonizmning ma`nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustivor bo`ladi. To`g`ri, aslida insonning to`q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni xohlagani ayb emas, lekin bunday to`kinchilik insoniylikka qarshi bo`lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni xavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o`zgarishlar yevropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Evropada tug`ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug`ilayotganligi, tug`ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag`i etarli bo`la turib, farzand tug`ilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablag`ni qizg`anayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Umuman G`arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o`zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqda.
Olimlarni mavjud ahvolni ijobiy tomonga o`zgartirish uchun farzand tug`ilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar uchun alohida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko`rsatiladigan muruvvat ayollarni sog`lom oila qurib, unda sog`lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, degan savol o`ylantirmoqda va mulohazalar mantig`idan shu narsa ayon bo`lmoqdaki, zamonaviy yevropaliklarni bunday imtiyozlardan ko`ra, mansab pog`onalaridan ko`tarilib, o`z manfaatinigina o`ylab yashash ko`proq qiziqtiradi. Chunki zamonaviy G`arb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi imtiyozlar bola tug`ilishi va bu bilan bog`liq tashvishlar oldida hech gap emas. Shu kabi gedonistik psixologiya:
bizning yoshlarimiz ongida paydo bo`lmasligi;
ochiq axborotlar makonida bemalol turli ma`lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo`lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yo’naltirish;
ularda sog`lom dunyoqarash, ertangi kunga ishonch, sobit g`oya, sog`lom hissiyotlar;
el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas`uliyat hislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |