10-mavzu: Shaxsga yo’naltirilgan axborot: psixologik, mafkuraviy, diniy va madaniy tahdidlar Reja


Download 72.52 Kb.
bet6/26
Sana19.06.2023
Hajmi72.52 Kb.
#1603270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Media savodxonlik 4-ma\'ruzama\'ruzamashg\'uloti

O‘z-o‘zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq ko‘z bilan, real va hushyor qarashni, jahonda va yon-atrofimizda mavjud bo‘lgan, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va xatarlarni to‘g‘ri baholab, ulardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda. Shu bois yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o‘yinlari to‘g‘risida biryoqlama va soxta tasavvur bo‘lmasligi kerak.
Hozirgi kunda bizning turmush tarzimizga, ruhiyatimizga nisbatan qilinayotgan ma`naviy-ma`rifiy xurujlarning usullari tobora noziklashib borayapti. Zararli g`oyalar:

  • turli kinofilmlar, televedenie ko`rsatuvlari va radio eshittirishlari shaklida;

  • gazeta-juurnallar, internet tarmog`i va boshqa yo`nalishlarda uzluksiz ravishda tiqishtirilib, bizning milliy tushunchalarimizni barbod etishga, mafkuraviy immunitetimizni susaytirishga, yoshlarimizni duragaylashtirishga muntazam harakatlari sezilib turibdi.

Bugungi kunda inson qalbini egallash uchun butun dunyoda to`xtovsiz kurash ketayapti. Bu zararli g`oyalarga qarshi xalqimizning or-nomusi, diniy va dunyoviy e`tiqodi, ma`naviy qadriyati, mafkuraviy immunitet vazifasini o`tashi zarur.
Alohida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. Eng qizig`i shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. Ommaviy taassurotda Ommaviy Axborot Vositalari tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vahimaga tushish, salbiy informatsiyaga ko`proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung «jamoaviy ongsizlik» deb ta`riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfiyoti deb hisoblanadi. Karl Yung ta`limotining ahamiyati shundaki, mazkur «jamoaviy ongsizlik» holatining jamiyatda paydo bo`lishi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishiga salbiy ta`sir qiladi.
Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B’yukenenning «Smert Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. E`tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Yevropa «amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof etadi. B’yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi.

Download 72.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling