10-mavzu: Shaxsga yo’naltirilgan axborot: psixologik, mafkuraviy, diniy va madaniy tahdidlar Reja
Download 72.52 Kb.
|
Media savodxonlik 4-ma\'ruzama\'ruzamashg\'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asrda
- Internet orqali yoshlarni birlashtirib
Bunday aloqalarning kengayishi haqiqiy ma`naviy va madaniy qadriyatlarni munosib baholash imkonini berdi. Hozirgi yoshlar ham, ularning ota-onalari ham uchragan kinoni ko`rib, duch kelgan maza-matrasi yo`q kitoblarni o`qib ketayotgani yo`q. Ataylab yurtimizga olib kelinayotgan g`arbning sun`iylashtirilgan san`atidan, «keng iste`mol»dagi madaniyatidan norozilik sezilib turibdi. Bunday mahsulotning ilgarigi «man etilgan ne`mat»ga xos «lazzati», jozibadorligi deyarli qolmagan. Hozirgi kunda xorijning madaniy qadriyatlaridan foydalanishga ancha jiddiy va tanlab yondashish ehtiyoji kuchayib bormoqda. Lekin ochiq ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma`lumotlar quyulib kelayotgan sharoitda aynan hali ongi shakllanib ulgurmagan yoshlar uchun tahdid ham, ataylab uyushtirilayotgan mafkuraviy tajovuzlar ham bor.
XX asrda yuz bergan axborot inqilobi global hayotning barcha sohalarida ulkan o’zgarishlar yasadi. Axborotning globallashuvi jahonning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, diniy va axloqiy hayotida favqulodda ahamiyat kasb eta boshladi. Dunyoning yetakchi mamlakatlari, hatto alohida shaxslar uchun axborot va kommunikatsiya vositalariga egalik qilish va boshqarish strategik maqsadga aylandi. Aytish mumkinki, ayni zamongacha hali hech qachon axborotning ahamiyati bunchalik ulkan bo’lmagan. Axborotning globallashuvi, ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi barobarida dunyo davlatlari uchun global axborot makonida o’z milliy manfaatlarini himoya qilish muammosi kun tarkibidagi muhim masalalardan biriga aylandi. Suveren davlatning yer, suv, havo maydoni kabi axborot maydoni ham bor. Biroq axborot maydoniga chegara yoki to’siq qo’yib bo’lmaydi. OAV geografik chegara bilmay, bizni global axborot makoni bilan bog’lovchi ko’prikdir. Bugungi kunda keng jamoatchiligimizni xavotir va tashvishga solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog’lom manfaatlar, qarashlar, fikrlar to’qnashuvi, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi axborot, milliy axborot makonimizga, milliy qadriyatlarimizga va barkamol avlodni voyaga yetkazish g’oyamizga mutlaqo zid axborotning kirib kelishidir. Buning natijasida, hozirda dunyodagi axborot inqilobi sharoitida vujudga kelayotgan global tarmoq jamiyatlari mutasaddi va mutaxassislarni jiddiy tashvishga solayapti. Bu turdagi jamiyatlar o’zlarini «kiberinternatsional NET», «Internet bolalari», «Internet fuqarolari (netizens)» deb nomlashmoqda. Chet ellarda ular Internet orqali yoshlarni birlashtirib, davlatning rasmiy xabarlariga qarshi chiquvchi xalqaro kiberuyushma sifatida siyosiy maydonga chiqmoqda. Albatta, bunday jamiyatlarning faolligi oshib borar ekan, jahonda kechayotgan jarayonlarga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishi aniq. Download 72.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling