10-mavzu: Sodda va qo‘shma gaplar Reja


Download 275.51 Kb.
bet1/9
Sana30.04.2023
Hajmi275.51 Kb.
#1414727
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-maruza. Qadimgi turkiy tilda sodda va qoshma gaplar.


10-mavzu: Sodda va qo‘shma gaplar
Reja:

  1. Gap bo‘laklari.

  2. Uyushiq bo‘laklar va ajratilgan bo‘laklar.

  3. Qadimgi turkiy tilda sodda gaplar.

  4. Qadimgi turkiy tilda qo‘shma gaplar.

  5. Qo‘shma gap va uning turlari.

Asosiy tushunchalar: ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, sodda gap, qo‘shma gap, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar, bog‘langan qo‘shma gaplar, ergashgan qo‘shma gaplar, ega ergash gapli qo‘shma gap, aniqlovchiergash gapli qo‘shma gap, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, kesim ergash gapli qo‘shma gap, payt ergash gap, shart ergash gap.
Gap bo‘laklari
Ega ish-harakat, belgi-xususiyatning egasi, gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildiruvchi gap bo‘lagidir: Tabğač qağan yağïmïz ärti - Tabg‘ach xoqon dushmanimiz erdi, Qağanï sü tasïqdï (To‘n) - xoqoni lashkar bilan yo‘lga chiqdi, Tegdimiz, yaydïmïzi (To‘n) – hujum qildik, tor-mor etdik, Ičrä ašsïz, tašra tonsïz (KT) - ichi oshsiz (oziq-ovqatsiz), tashi to‘nsiz (kiyim-kechaksiz).
Kesim. Kesim gapni shakllantiruvchi asosiy bo‘lakdir. Qadimgi turkiy tilda kesim vazifasida fe’lning turli zamon va mayl formalari, funksional shakllari qo‘llanib, fe’l kesimli gaplarni yuzaga keltirgan.
1) Näŋ näŋ sabïm ärsär baŋu tashqa urtïmHimaiki so‘zim bo‘lsa, mangu toshga yozdim (BX).
2) bars ölgli... turur - bars o‘lishga (yaqin) turibdi (Oltun yorug‘).
3) Kültägin kärgäk boltïKultegin kerak bo‘ldi (KT); el yema el boltï - El ham el bo’ldi (To‘n).
4) Qağanqa qïrqïz bodunï ičikdi, yükünti - xoqonga qirg‘iz xalqi taslim bo‘ldi, yukundi (KT).
To‘ldiruvchi. Qadimgi turkiy tilda to‘ldiruvchilar, hozirgidek, vositasiz yoki vositali bo‘lib, ot, olmosh yoki otlashgan so‘zlar bilan ifodalangan. Vositali to‘ldiruvchi: Toquz oğuz bodun üzä qağan olurtï - to‘qqiz o‘g‘uz ustidan xoqon bo‘ldi; Qağanqa qïrqïz bodunï ičikdixoqonga qirg‘iz xalqi taslim bo‘ldi (To‘n).
Qadimgi turkiy tilda vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigi affikslari orqali berilgan: Ol sabïğ ešidip… - ul so‘zni eshitib; Türk bodun qanïn bulmayin tabğačda adrïldï – turk xalqi xonini topolmay tabg‘achdan ayrildi (To‘n). Bu davrda vositasiz to‘ldiruvchi ko‘p hollarda belgisiz qo‘llangan: Öd täŋri yasar – dunyoni tangri yaratadi (KT), Qïzïl qanïm tökti, qara terim yügürti – qizil qonimni to‘kdi, qora terimni oqizdi (To‘n).

Download 275.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling