10-мавзу. Талаб ва таклиф назарияси. Бозор мувозанати


Iqtisodiy resurslar bozorida talabning shakllanish xususiyatlari


Download 1.2 Mb.
bet3/4
Sana18.01.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1100070
1   2   3   4
Bog'liq
6-MAVZU TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI (2)

Iqtisodiy resurslar bozorida talabning shakllanish xususiyatlari

  • Birinchidan, resurslarga talab hosila talab hisoblanadi, ya'ni ularga bo‘lgan talabni mazkur resurs yordamida ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab belgilab beradi. Extiyojni qondirish uchun qaysi tovar, xizmat ko‘p miqdorda talab qilinsa, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurs turiga ham talab shunchalik katta bo‘ladi.
  • Ikkinchidan, iqtisodiy resurslarga talab ularning unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Resurslar unumdorligi o‘sib borishi bilan ularga bo‘lgan talab ham ortib boradi va aksincha.
  • Uchinchidan, resurslarga talab ular yordamida ishlab chiqariladigan tovarlar narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar tovar narxi o‘ssa, resurslarga talab ham ortadi va aksincha.
  • To‘rtinchidan, resurslarga bo‘lgan talab birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslar narxi va unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Birgalikda foydalaniladigan resurs narxi esa, uning o‘rnini bosish darajasi va mahsulot chiqarish hajmi ta'siriga bog‘liqlikda o‘zgarib turadi.

Iqtisodiy resurslar taklifi ularning xususiyatidan kelib chiqib shakllanadi.

  • Birinchidan, barcha iqtisodiy resurslarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat, ularning ehtiyojlarga nisbatan cheklanganligi hisoblanadi. Shu sababli, iqtisodiy resurslar taklifini ularga talab o‘sishiga mos ravishda ko‘paytirib borish mumkin bo‘lmaydi.
  • Ikkinchidan, har xil iqtisodiy resurslar bir xil bo‘lmagan harakatchanlikka, uning oqibatida taklifi turlicha egiluvchanlikga ega bo‘ladi. Agar iqtisodiy resurslar harakatchan bo‘lsa, nisbatan kuchsiz rag‘batlar ta'sirida bir sohadan boshqasiga osonlik bilan almashadi, bunday resursning taklifi ham egiluvchan, ya'ni unga narxning sezilarsiz oshishi natijasida faoliyatning mazkur sohasiga boshqa sohalardan yetarlicha miqdordagi resurslar jalb qilinadi.
  • Uchinchidan, resurslarning harakatchanligi vaqt bo‘yicha ortib boradi. Vaqt o‘tishi bilan resurslarning umumiy miqdori ham nisbatan ortadi.
  •  

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling