10-мавзу. Талаб ва таклиф назарияси. Бозор мувозанати


Download 1 Mb.
bet2/3
Sana18.09.2023
Hajmi1 Mb.
#1680508
1   2   3
Bog'liq
TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI

  • Talab funksiyasi - talab hajmining uning miqdorini belgilovchi omillariga bog‘liqligi.
  • 3. Talab va taklif nisbati hamda uning o‘zgarishi. Bozor muvozanati. Narxning muayyan darajasida talab va taklif miqdori nisbatan bir-biriga mos kelgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanatiga erishganda shakllangan narx muvozanatli narx, shu narxda sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi deyiladi.

    Muvozanatlik turlari

    • Laxzalik yoki bir zumlik muvozanatlik — taklif qilingan tovarlar doimiy miqdorni tashkil qilganda, asosan, narx o‘sishi hisobiga ro‘y beradi.
    • Qisqa muddatli muvozanatlikka ishlab chiqarish hajmi (taklif)ni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish orqali erishiladi. Bunday omillarga ish vaqtidan tashqari dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini kupaytirish kabilarni kiritish mumkin.
    • Uzoq davrli muvozanatlik. Ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish kabi o‘zgarishlar uzoq vaqtni tashkil qiladigan omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bu davrda yangi korxonalar ham vujudga kelib, faoliyat qila boshlaydi. Natijada taklif ko‘payadi va narx pasayadi.

    4. Iqtisodiy resurslarga talab va taklifning shakllanish xususiyatlari.

    • Iqtisodiy resurslar bozori – bu mazkur omillar xizmati bozoridir. Ularning sotib olinishi ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlarining xarid qilinishini anglatadi.
    • O‘z-o‘zidan aniqki, iqtisodiy resurslarning bir qismi (er, kapital) haqiqiy ma'noda sotib olinib, o‘z aktivlariga aylantirilishi mumkin, boshqalari (ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati) ularning xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun xarid qilinadi.

    Iqtisodiy resurslar bozorida talabning shakllanish xususiyatlari

    • Birinchidan, resurslarga talab hosila talab hisoblanadi, ya'ni ularga bo‘lgan talabni mazkur resurs yordamida ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab belgilab beradi. Extiyojni qondirish uchun qaysi tovar, xizmat ko‘p miqdorda talab qilinsa, uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurs turiga ham talab shunchalik katta bo‘ladi.
    • Ikkinchidan, iqtisodiy resurslarga talab ularning unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Resurslar unumdorligi o‘sib borishi bilan ularga bo‘lgan talab ham ortib boradi va aksincha.
    • Uchinchidan, resurslarga talab ular yordamida ishlab chiqariladigan tovarlar narxiga bog‘liq bo‘ladi. Agar tovar narxi o‘ssa, resurslarga talab ham ortadi va aksincha.
    • To‘rtinchidan, resurslarga bo‘lgan talab birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslar narxi va unumdorligiga bog‘liq bo‘ladi. Birgalikda foydalaniladigan resurs narxi esa, uning o‘rnini bosish darajasi va mahsulot chiqarish hajmi ta'siriga bog‘liqlikda o‘zgarib turadi.

    Download 1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling