10-mavzu. Tog‘ jinslariga suvning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar reja
Tog` jinslariga suvning ta'siri bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar
Download 78.22 Kb.
|
Maruza10.docx filename=utf-8 Маъруза10
10.2. Tog` jinslariga suvning ta'siri bilan bog`liq bo`lgan jarayonlar
Oqma loylar – gidrodinamik ta'sirlarda namoyon bo`ladigan qumli jinslar. Gidrodinamika – yer bag`ridan chiqib kelayotgan filtrlanayotgan suvlar orqali qumlarning suyulishi. Gidrodinamik bosim – grunt zarrachalarining atrofidan oqib o`tayotgan filtrlanuvchi suvlarning ularga ko`rsatayotgan bosimi. Gidrodinamik hovurak – bu pastdan tepaga ta'sir etuvchi gidrodinamik bosim, u gruntning tepaga intilishini va zarrachalarning ko`tarilishini keltirib chiqaradi. Tiksotropiya – gruntning dinamik ta'sirlar ostida suyulishi (titrashlar, portlashlar, seysmika). Oqma loylar ikki xil bo`ladi: haqiqiy va soxta. Haqiqiylari: qumlar tarkibida kolloidli zarrachalar mavjud; qo`zg`aluvchan tuzilishga ega; asosiy sababi - mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqiladigan shilimshiq; mustahkamligining pastligi; zichlik o`zgarishining o`n va yuz karra pasayish imkonining mavjudligi. Soxta oqma loylar tarkibida kolloidli zarrachalar yo`q. Asosiy kurashish usuli: suvni chiqarib tashlash. Suffoziya – filtrlanuvchi suvlar yordamida tog` jinslari zarrachalarining yer ostidan tashqariga chiqarilish jarayoni. Oqibati: yer sathining pasayichi, voronkalar va o`pirilishlarning hosil bo`lishi. Suffoziya turlari: 1) mexanik - alohida zarrachalar jinslardan ajratilib olib chiqiladi; 2) kimyoviy - ayrim zarrachalar suvda eriydi; 3) kimyoviy-mexanik - bir vaqtning o`zida erish va ajralish jarayonlari bo`lib o`tadi. 10.1-Rasm. Sulak daryosi basseynidagi karstli voronka Sabablari: gidrodinamik bosim, kritik g`ovaklilik, suvning kritik tezligi. Suffoziyaga qarshi kurashish choralari: suvning filtrlanishiga chek qo1yish; tashqi oqimlarni boshqarish; yer sirtini gidroizolyasiya qilish; suv chiqish joylarini berkitish; vertikal drenajlar qurish; "gruntda devor" turidagi to`siqlar qurish. Karst – tog` jinslarining suvda erib chiqarilishi (ohaktosh, gips, dolomit) natijasida bo`shliqlarning paydo bo`lishi va yer sirtining o`pirilishi. Karstning suffoziyadan asosiy farqi shundaki, karstda barcha jinslar suvda erib uning bilan birga tashqariga chiqadi. Karst hosil bo`lish faktorlari: suvning erituvchanlik ta'siri, suvning oqib ketishi, suv o`tkazuvchanlik darajasi. 2 soha shakllanadi: yer osti suvlari sathidan tepada va pastda. Download 78.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling