10-Mavzu: Tok o‘simlikning biologiyasining asoslari.
Reja:
1. Ildiz va ildiz tizimi
2. Tokning yer ustki qismi (poyasi)
3. Tok novdasining anatomik tuzilishi
4. To‘pgul va gullar
Tok tuzilishiga ko‘ra vegetativ va genyerativ organlarga bo‘linadi.
Vegetativ organlarga ildiz, poya, barg, kurtak, jingalak kirib, ularning o‘simlik
hayotini ta’minlashda ahamiyati katta. Ular
orqali suv va oziq moddalar
o‘zlashtiriladi, harakat qiladi,
fotosintez, transpiratsiya,
nafas olish kabi muhim
jarayonlar kechadi. Shuningdek, ular o‘sish, poya
qismlari orqali vegetativ
ko‘payish vazifalarini ham bajaradi.
Genyerativ (reproduktiv)
organlarga to‘pgul, gul, shingil, g‘ujum va urug‘lar
kiradi. Ular orqali jinsiy ko‘payish sodir bo‘ladi. Genyerativ organlar meva pishgach
rivojlanishdan to‘x-taydi. Tok boshqa o‘simliklar kabi tuzilishiga ko‘ra yer ostki
(ildiz va ildiz tizimi) hamda yer ustki (poya) qismlaridan tashkil topadi (1-rasm).
Ildiz va ildiz tizimi
Tok ildizi bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Eng avvalo u tok tupini tuproq
(yer)da mustahkam turishiga xizmat qiladi. Ildizning asosiy vazifasi - tuproqdan suv,
oziq moddalarni so‘rib (o‘zlashtirib) yer ustki qismi (poya)ga etkazib berishdir. Tok
ildizida ko‘p miqdorda oziq moddalar zaxirasi to‘planib,
murakkab biokimyoviy
jarayonlar kechadi. Natijada o‘zlashtirilgan mineral moddalar metabolizm (mod-
1-rasm.Tok tupining tuzilishi:
1. Yyer ostki qismi: a - yer ostki tana; b - ildiz «tovoni»;
Tayanch iboralar: Urug‘ ko‘chat, monopodial, simpodial, po‘stloq,
diafragma, lub, kambiy, o‘zak, shingil, ro‘vak, fassiatsiya, changchi, urug‘chi,
kleystogamiya, partenokarpik. Vegetativ, organlar, ildiz, tizimi, ildiz tovoni,
skelet ildizlar, zonalar, adventiv, liana, бутоқ, ҳосилли новда, жингалак,
барг, занг, маданг, бачки, иқлим.