10-Mavzu: Tok o‘simlikning biologiyasining asoslari. Reja: Ildiz va ildiz tizimi 2


-rasm. Tok novdasining o‘zagi va diafragmasi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana05.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1167216
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MEVACHILIK 10-Mavzu

9-rasm. Tok novdasining o‘zagi va diafragmasi: 
 
a ­ jingalaksiz bo‘g‘imdagi to‘liqsiz diafragma; 
 
b ­ jingalakli bo‘g‘imdagi to‘liq diafragma. 
Diafragma 
kraxmalga 
boy 
qalin 
yog‘ochlangan 
po‘stli 
parenxima 
g‘ujayralaridan tuzilgan. Diafragmaning tirik g‘u-jayralari o‘zakning o‘lik 
g‘ujayralaridan ajralib turadi. Ko‘zga borib po‘kaklashgan kambiy halqasi hosil 
bo‘lib, u birlamchi po‘stni ikkilamchi floemadan ajratib turadi. So‘ngra po‘st qurib 
po‘stloq hosil bo‘ladi va u bo‘ylamasiga ajraladigan holatga keladi. 
3.To‘pgul va gullar 
To‘pgul murakkab shingil va ro‘vak shaklida, gullar joylashgan yashil 
novdaning bir qismi bœlib gul g‘unchalar bilan yakunlanadi. Uning shakli bo‘lajak 
uzum boshining shakliga o‘xshash bo‘ladi. Katta - kichikligi o‘qining shoxlanishi, 
gullarning miqdori, uzum navi va shakllanish sharoitlariga bog‘liq. To‘pgul o‘tgan 
yilgi qishlovchi kurtaklarda hosil bo‘lib, kelgusi yil bahorda kurtaklar yozilguncha 
boshlang‘ich murtak holida bo‘ladi. Hajmi kichik bo‘lgan to‘pgullarda gullar soni 
kam (100 tagacha), kattalarida esa ko‘p (700­2000 va undan ko‘p) 


bo‘ladi.To‘pgullar ba’zan beso‘naqay (anormal) rivojlanishi mumkin. Bu fan tilida 
fassiatsiya deyiladi. Bunda to‘pgul o‘qlari cho‘ziq, keng, yassi shakl olib, gul 
shonacha (g‘uncha)lari, gulbandlari qisqa bo‘ladi. 
Tok gullari mayda, sariq-yashilsimon, ko‘rimsiz. Ingichka gulbandi yordamida 
to‘pgul o‘qiga birlashgan. g‘ujumlar tugilgach, gulbandi mevabandga aylanadi. 
Madaniy, ya’ni ekiladigan tok navlari aksariyat qismining gullari ikki (qo‘sh) 
jinsli. Nimrang, Kattaqo‘r-g‘on, Charos, Tavkvyeri, Daroyi, Echkimar kabi ayrim 
navlarning gullari esa funksional urg‘ochi. Bunday navlar, albatta gullari ikki jinsli 
(changlovchi) navlar bilan qo‘shib ekilishi lozim. Funksional urg‘ochi gulli 
navlarning changlari naslsiz (styerill). Agar bunday gulli navlar gulli ikki jinsli 
navlarning gullari bilan changlanmasa yoki meva tugilmaydi va yoki mayda 
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling