10-Mavzu: Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Reja: Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, ko‘rinishlari


Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari


Download 1.05 Mb.
bet2/5
Sana07.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1244276
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-мавзу (1)

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari:
Xalqaro iqtisodiy integratsiya shakllari
umumiy bozor
erkin savdo hududlari
bojxona ittifoqi
iqtisodiy va valyuta ittifoqi

1. Erkin savdo hududlari.

  • Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag‘bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bo‘la oladi;

2. Bojxona ittifoqi

Bojxona ittifoqlariga a’zo bo‘lgan mamlakatlar tarif to‘siqlarini yo‘q qilish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Shuningdek, ular a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun umumiy (yagona) tashqi tarifni belgilashni qabul qilishlari kerak. Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir.

3. Umumiy bozor

Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta‘minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta'minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi.

4. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi

Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.


Bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan mintaqaviy integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar o‘rtasida qonuniy kelishuv va o‘zaro shartnomalar asosida amal qiladi. Turli mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni ko‘rsatishimiz mumkin:
- G‘arbiy Yevropada – Yevropa Ittifoqi (YI);
- Shimoliy Amerikada – Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA);
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assosiasiyasi (ASEAN).

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling