10-Mavzu: Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Reja: Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, ko‘rinishlari
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari
Download 1.05 Mb.
|
10-мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bojxona ittifoqi
- 3 . Umumiy bozor
- 4. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari:
Xalqaro iqtisodiy integratsiya shakllari umumiy bozor erkin savdo hududlari bojxona ittifoqi iqtisodiy va valyuta ittifoqi 1. Erkin savdo hududlari.
2. Bojxona ittifoqiBojxona ittifoqlariga a’zo bo‘lgan mamlakatlar tarif to‘siqlarini yo‘q qilish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Shuningdek, ular a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun umumiy (yagona) tashqi tarifni belgilashni qabul qilishlari kerak. Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir.3. Umumiy bozorBu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta‘minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta'minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi.4. Iqtisodiy va valyuta ittifoqiBu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.Bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan mintaqaviy integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar o‘rtasida qonuniy kelishuv va o‘zaro shartnomalar asosida amal qiladi. Turli mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni ko‘rsatishimiz mumkin: - G‘arbiy Yevropada – Yevropa Ittifoqi (YI); - Shimoliy Amerikada – Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA); - Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assosiasiyasi (ASEAN). Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling