10-mavzu yo‘l haqi va bagajlarni tashish


Download 64.49 Kb.
bet2/8
Sana22.06.2023
Hajmi64.49 Kb.
#1646365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu

yengil avtomobil - yo’lovchilar va bagajni tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindikka ega bo‘lgan avtotransport vositasi;
yo‘nalishsiz taksilar - yo’lovchilarning buyurtmanomalariga ko‘ra taksometr (hisoblagich) ko‘rsatkichi bo‘yicha hak to‘lash hisobiga tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi avtotransport vositasi;
yo‘nalishli avtobus - belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yo’lovchilar va bagajni tashishga mo‘ljallangan avtobus;
yo‘nalishll taksilar - yo’lovchilarning talabiga ko‘ra to‘xtab o‘tadigan muntazam yo‘nalishlarda yo’lovchilarni tashishga mo‘ljallangan avtotransport vositasi (avtobus yoki yengil avtomobil);
yo‘nalish - avtotransport vositalarining muayyan manzillar oralig‘ida belgilangan qatnov yo‘li;
yo‘nalish pasporti (yo‘nalish hujjatlari) - yo‘nalish to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni tavsiflovchi hujjatlar;
yo’lovchi -tuzilgan tashish shartnomasiga muvofiq tashish xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs;
supacha - yo‘l koplamasi sathidan balandroq bo‘lgan, avtovokzallarda (avtostansiyalarda)gi yo’lovchilarni transportga chikarish va undan tushirishga mo‘ljallangan maydoncha;
tashuvchi - mulk hukuki yoki boshqa ashyoviy hukuklar asosida bilan avtotransport vositasiga ega bo‘lgan, tijorat asosida yo’lovchilar, bagaj, yuklar tashish xizmatini ko‘rsatadigan hamda bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
qatnov jadvali - reysni bajarish vaqti, joyi va izchilligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan grafik (jadval);
reys - avtotransport vositasining yo‘nalishning boshlanishidan oxirgi manziligacha bo‘lgan yo‘li;
maxsus yo‘nalishlar - tashkilotlarning xodimlarini ish joyiga va ish joyidan tashish;
yo‘nalish sxemasi - yo‘nalishning shartli belgilar qo‘yilgan grafik tasviri;
tarif - yo’lovchilar va bagajni tashish uchun belgilangan to‘lov mikdori;
trafaret - yo’lovchilarni yo‘nalish to‘g‘risida xabardor qilishga mo‘ljallangan ko‘rsatkich.




  1. Download 64.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling