10-mavzu yo‘l haqi va bagajlarni tashish


Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish


Download 64.49 Kb.
bet3/8
Sana22.06.2023
Hajmi64.49 Kb.
#1646365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu

Tashishlarning turlari va ularni tashkil etish

Yo’lovchilarni tashish quyidagi turlarga bo‘linadi:
- Shaharda tashish;
- Shahar atrofida tashish;
- Shaharlararo tashish;
- xalqaro tashish.
Yo’lovchilarni tashish amalga oshiriladi:
- yo‘nalishli avtobuslarda;
- yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmalariga yoki tashishning boshqa shartnomalari bo‘yicha beriladigan avtobus va yengil avtomobillar;
- yo‘nalishsiz taksilarda;
- yo‘nalishli taksilarda.
Yo‘nalishli avtobuslar va yo‘nalish taksilari harakati:
Shahardagi yo‘nalishlarda - Shaharlarning hokimliklari yoki Shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan Shahar yo’lovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan;
Shaharlar atrofidagi va viloyatlar ichidagi Shaharlararo yo‘nalishlarda - viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent Shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan yo’lovchilar tashish transporini boshqarish organlari tomonidan;
viloyatlararo-Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda -O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvallar bo‘yicha tashkil etiladi.
Yo’lovchilarning ayrim toifalariga transportda imtiyozli (shu jumladan bepul) yurish huquqi beriladi.
Avtomobil transportida imtiyozli yurish huquqiga ega bo‘lgan yo’lovchilar toifalari va ushbu imtiyozlarni berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Muntazam yo’lovchilar tashish yo‘nalishlaridagi avtotransport vositalarida yurishda yo’lovchi yo‘l chiptasi sotib olishi, uni butun yo‘lda yurish vaqti davomida saqlashi va uni nazoratchining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishi shart.
Yo’lovchilar yo‘l chiptalarini kassalardan yoki konduktordan (haydovchidan) sotib oladi.
Yo‘nalishdagi avtotransport vositasi nosoz bo‘lgan taqdirda yo’lovchilarga berilgan yo‘lda yurish hujjatlari aynan shu yo‘nalishdagi boshqa avtotransport vositasida yurish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo’lovchilarni boshqa avtotransport vositasiga o‘tkazish nosoz avtotransport vositasining haydovchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Yo’lovchilar yo‘qotib qo‘ygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun to‘langan pul qaytarib berilmaydi.
Yo’lovchilar yo‘qotib qo‘ygan chiptalar tiklanmaydi, ular uchun to‘langan pul qaytarilmaydi.
Avtobusda yo’lovchilarning mast holda yurishi, yo’lovchilar yoki haydovchining chekishi, haydovchi (konduktor) ning ruxsatisiz oynalarni ochish, oynadan tashqariga osilish, tez yonuvchi, portlovchi, zaharli, qo‘lansa hidli, radiaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘q otar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni, o‘lchami 100x50x30 sm dan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kg dan, uzunligi 200 sm ortiq buyumlarni olib yurish, salonni yoki yo’lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlarni, tumshuqbog‘siz itlar va boshqa hayvonlarni olib yurish ta’qiqlanadi.




  1. Download 64.49 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling