10-mavzu yo‘l haqi va bagajlarni tashish
Yo’lovchilarni tashuvchi transport vositasi va haydovchilarga qo‘yiladigan talablar
Download 64.49 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahar, Shahar atrofi, Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo’lovchilar hamda bagajni tashish
Yo’lovchilarni tashuvchi transport vositasi va haydovchilarga qo‘yiladigan talablar
Avtotransport vositalarining texnik holati va anjomlari tegishli standartlar hamda texnik foydalanish qoidalari talablariga javob berishi kerak. Avtotransport vositalari Dst 974/20000 O‘zbekiston davlat standartiga muvofiq anjomlarga ega bo‘lishi kerak. Muntazam katnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda: - tender kontraktiga muvofiq ushbu yo‘nalishda ishlash huquqini tasdiqlovchi guvohnomaga; - tegishli litsenziyaga (litsenziya kartochkasiga); - yo‘nalish hujjatlariga; - yo‘l varaqasi va chiptalarni hisobga olish varaqasiga; - yo‘l varaqalarida yo‘lga chiqishdan oldin belgilangan tartibda o‘tkaziladigan avtotransport vositasining texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi haqidagi qaydlarga; - qatnov jadvaliga va yo‘nalish sxemasiga (Shahar atrofida, Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda - unda aholi yashash joylaridan o‘tish vakti, ovqatlanish, dam olish, tungi uxlash vaqti va joyi ko‘rsatilgan holda) ega bo‘lishi kerak. Shahar, Shahar atrofi, Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda yo’lovchilar hamda bagajni tashish Shahar yo’lovchilar tashish transporti yo‘nalishlari quyidagi turlarga bo‘linadi: a) Shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tig‘iz paytlardagi qo‘shimcha yo‘nalishlar; b) Shahar chetidan ko‘pi bilan - 2 km chetga chiquvchi Shaharda qatnovchi yo‘nalishlar; v) yo‘nalishli taksilar. Shahardagi yo‘nalishlar Shahar (Shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari, temir yo‘l platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini ta’minlashi kerak. Aholiga xizmat ko‘rsatish xususiyatiga muvofiq Shahardagi yo‘nalishlar bir nechta ish rejimiga ega bo‘lishi mumkin: a) sutka, hafta kunlari, oyning belgilangan davri mobaynida amal kiladigan doimiy yo‘nalishlar; b) dam olish hududlari, sport-sog‘lomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat ko‘rsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yo‘nalishlar; v) maxsus yo‘nalishlar; g) ko‘cha-yo‘l shahobchalarida favqulotda vaziyatlar paydo bo‘lganda, ayrim uchastkalar, transport yo‘llari va maydonlar yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yo‘nalishlar. Download 64.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling