10-Mavzu: Yuridik shaxslarni ish bilan ta’minlashda psixologiyaning tutgan ro’li. Reja


-ilоva Ma’ruzalar matni


Download 0.76 Mb.
bet40/100
Sana18.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1562983
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100
Bog'liq
kasb — копия

1-ilоva





Ma’ruzalar matni.

Reja:
1. Qobiliyatlar diagnostikasi.


2. Faoliyat muvaffaqiyatining omillari.
3. Mehnat faoliyatini tahlil etish.
4. Mehnat ko`nikma va malakalarining maqsadga ko`ra shakllanishi.
5. Individual mehnat faoliyati uslubi.
6. Mehnat jarayonida nazorat va o`zaro nazorat.

Psixologiya fanida bu sohada muayyam ilmiy izlanishlar olib borilgan, o`ziga xos yondoshishlar amalga oshirilgan. B.V.Kulaginning fikricha, kasbiy psixodiyagnostika deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baxolash maqsadida kasibga saralash, kasb tanlashga yo`naltirish, nomzodlarni (davogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy tayorgarlikni taqomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini echish tushiniladi.


Individuallikning moxiyatini tushinishga umumiy yondashish kasibga saralash muammosini xal qilishda bevosita axamiyatga ega. Malumki, kasbga layoqatlilikni tashxis (diagnoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini xisobga olishga asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy taxlil orqali shaxsning xususiyatlari ko`rsatkichlari bilan kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari aniqlanadi. Xozirgi zamon psixologiyasining malumotlariga qaraganda, tashhis (diagnoz) qilish mo`deli muayyam matematik algoritimga asoslanadi. Gurux uchun o`rtamiyona shahs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. Bunday modeli tashhis (diagnoz) qilishda cheklanganlikka ega bo`lib, tashxisning mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir.
Kasbiy faoliyatni taxlil qilmasdan turib, prafessiyanal psixodiyagnostika (kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya’ni professiografiya mohiyatiga va uning tuzilishiga etibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli yondashuv amalga oshirilib, uning xarakatlari va aperatsiyalari testlar yordamida baxolanishi mumki. Chunki xarakatlar aperatsiyalar maskur faoliyatning tarkibini tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifini egallash jarayonini osonlashtiradi, unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. Faoliyat samadorligini tashxis qilish va baxolash uchun testlarnisaralash, asoslash uning muvffaqiyati o`lchovi, mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) natijalarini umulashtirish natijasida kasblarni tasniflash (qlassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi.
Kasbiy faoliyatning taxlili maqsadga yo`naltirilgan va tashkiliy jarayon xisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo`ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan malumotlar to`plash; b) olingan malumot va axborotlarni qayta ishlab chiqish xamdaumulashtirish, ularning negizida professiogrammatuzish; v) amaliy va nazariy masalalarni yechish uchun professiyagrammadan foydalanish ( kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlar tanlash, uni baxolash (tashxis qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar ) .
Kasbiy faoliyat yuzasidan malumotlar ( axborotlar) turli manbalardan olinishi mumkin.

  1. muayyan mutaxasislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta axamiyat kasb etadi.

  2. Kasbiy faoliyat to`g`risida malumotlar to`plashning asosiy metodlaridan biri bo`lib suxbat –entervyu xisoblanadi. Mutaxasislar bilan standart yoki nostandart tarzda entervyu uyushtirish samarali natija beradi.

  3. Bazan kasbiy faoliyatni u yoki bu qirralari ( javxalari ) ni qayt qiluvchi kundaliklar yoki varaqlardan xam foydalaniladi.

  4. Kasb –xunar to`g`risidagi ma’lumotlar ( axborotlar) umumlashtiriladi va har xil shakillarda mutaxasislar hukmiga havola qilinadi.

Kasbiy faoliyat shaxisning munosabat va motivlaridan iborat bo`lib, xarakatlar va aperatsiyalarni nazorat qilish hamda boshqalarni qamrab oladi. Faoliyatning dinamik xususiyatlarini o`rganish uchun unga ko`p yoqlama yondashishni amalga oshirish zarur. Faqat matevatsiyon va regulyativ jabxalarini xisobga olish bilan kasbi faoliyat moxiyatini tafsiflab bo`lmaydi, modomiki shunday ekan uning shaxisga oid emotsionol, qaqmitif va aperatsional, irodaviy jixatlar bilan bog`liq tamonlarini xam tadqiqot predmediga kiritish lozim.
Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini taminlovchi mezonlar sifatida shaxsning maxsadga erishuvini tafsiflovchi har xil ko`rsatkichlardan foydalanish mumkin. Mezonlar tariqasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan o`quvchanlik, mutaxasis faoliyatining bevosita va bilvosita ko`rsatkichlari uning hamkorlik faoliyatiga qo`shgan xissasi qo`llaniladi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezomlari qatorida quyidagilar kiritiladi:

  1. Samaradorlikning to`g`ridan to`g`ri ko`rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish salmog`i;

  2. Kasbiy tayorgarlikni aniqlovchi testlar;

  3. Kasbiy loyoqati ifodalovchi ma’muriy tadbir va choralar: intizomga taalluqli choralar, mukofotlash, xizmat lovozimidan ko`tarilish, safarga yuborish, namuna tariqasida stendga joylashtirish;

  4. Qadirlar ko`nimsizligi;

  5. Nohush xolatlar (kechimmalar) va shikastlar ( xalokatlar ) ;

  6. Faoliyat samadorligini eksperimintol tekshirish va o`zini o`zi baxolash kabilar.

Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma’lum talablarga javob berishi shart. Mezonlarning relevandligi sifatida muhim ahamiyat kasb etish tushiniladi.
Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tamonlarini aks ettirish lozimligi, ya’ni mezonlar to`laqonligi. Ular mutaxassilarning kasbiy layoqatining yuksakligi va quyidagi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz ( mezonlar diskriminativligi ) . Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning omilkorligi, ya’ni amaliy jixatdan qulayligi muhim o`rin egallaydi va u o`zining soddaligining, kam mexnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kasbiy layoqatni (yarog`lilikni ) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari qo`llaniladi ( masalan, duradgorning ish sifati, teskorligi, vaziyatni payqashligi va boshqalar) . Ko`pincha mutaxassisning layoqati ma’muriy xujjatlarda o`z ifodasini topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi ) . Ba’zan kasbiy layoqatni o`rganishda baxitsiz hodisalar ( haydovchi, uchuvchi, mashinist, aperator va boshqa kasb egalarida ) xisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari baxolanadi.
Kasbiy layoqatni aniqlashda uquvchanlik kategoriyasidan ( bilim olishga nisbatan zexnlilik foydalaniladi va o`zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, erishgan natijasi mezon ro`lini o`ynaydi.
Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat moxoratning qirralari eksperd baxolash metodi yordami bilan o`lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft ( qo`sh ) taqqoslash, tartibga keltirish ( ranjirovka qilish ) metodlari qo`llaniladi.
Shkalaning sodda ko`rinishi bal bilan baxolashga mo`ljallangan. Shqalani baxolash o’ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi uning differentsiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta’minlaydi.
Ba’zi hollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchiraydi ( kesma , shakil, parametrik ko’rinishi va xakozo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatini baholashda ayrim nuqsonlarga hamda ega . Ayniqsa , chet el psixologiyasida qo’llanilib kelinayotgan “galo-effekt” metodikasi bunga yaqqol misoldir. Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka bog’liq tarzda baholanadi .Natijada Shaxsning xilma-xil xususiyatlarini differentsiyalash imkoni yo’qoladi, yuzagi baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida ortirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko`rinishlari namoyon bo`ladi.
Ammo, balli shkala baxolash tizimini takomillashtirish uchun uning barcha bosqichlardan tarkiblardan tuzish ma’qul. Faqat shundagina yaqqol misollar, namunalar negizida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon bo`ladi.
Jahon psixologiyasida keng qo`llanilib kelinayotgan metodlardan biri-bu kritik intsidentdir.muayyam o`lchamlarga asoslangan holda ajratilgan intsidentlar tafsiflanadi (klassifikatsiya qilinadi), ya’ni tahlil qilish orqali intsident xusiyati aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda (“pretranslya tsiya ”deb ataladi) birinchi bosqichdagi mezonlarga asoslanib yangitdan tasnif qilinadi.
Kasbiy layoqatni o`raganishni yana bi metodi tartibga keltirish (panjirofka qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxislar kasbiy layoqati darajasiga qarab muayyam tartibga solish, jixozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun kasib sub’ekti kasbiy moharatining maksimal ko`rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o`tkaziladi. Mazkur jarayonni osonlashtirish uchin quyidagilar tafsiya qilinadi:

  1. guruhning alifboviy ro`yxatini tuzish;

  2. maksimal muvaffaqiyatga erishgan sub’ektlarni aloxidalash;

  3. minimal muvaffaqiyatga erishgan sub’ektlarn guruhlashi va boshqalar.

Tartibga solish (ranjirovka qilish ) jufit (qo`sh ) qiyoslash (taqqoslash) metodi yordami bilan amalga oshiriladi. Buning negizida ikki sub’ektning xislatlari, imkoniyatlari o`zaro solishtirilip, umumiy va farqli tamonlari aniqlanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng davlat va jamiyat ta’lim olishga, kasbiy yo`lni tanlashga, kasibga o`qish va kasb egallashga bo`lgan yoshlarning xuquqlarini amalga oshirishga kafolat beradi.
“Eng muhimi, degan edi O`zbekiston Pespublikasi Prezidenti I.A.Karimov, yoshlarga biror –bir mutaxassislikni egallashga imkon beramiz,hayotga ishonchli yo’llanma bilan ta’minlaymiz. Agar , hayotga ishonch bilan qadam qo’yayotgan yosh inson hayotida o’z o’rnini topa olsa, o’z-o’zida г o’z ishida taqdiridan qoniqadi(I.A.Karimov mafkura- bu xalqni, jamiyatni va davlatni birlashtiruvchi bayroqdir.T; O’zbekiston 1998 y 21 bet) ”.
Ilmiy – amaliy nuqtai nazarda kasb tanlash, kasbiy tayyorlanish yosh mutahassisning ishga joylanishi va ishdan qoniqishi o’qish va mehnat mativatsiyasining shakllanishiga ko’p jixatdan bog’liq.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling