10-mavzu: Zamondosh allomalar va yozuvchilarning asarlaridan Tarbiya fanini o„qitishdagi ahamiyati (2-qism). Reja


"Ikki eshik orasi" romanidan parcha


Download 309.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana26.02.2023
Hajmi309.25 Kb.
#1233619
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zg5Jg2JHBtkGb2VDamLByJfzdJ1sFQVEK9ridENz

"Ikki eshik orasi" romanidan parcha 
―Rost bilan yolg‘onning o‗rtasi - to‗rt enlik‖, degan gap bor. Qiziq, nega endi oz 
emas, ko‗p emas, to‗rt enlik? Gap Shundaki, ko‗z bilan quloqning orasi - to‗rt enlik ekan. 
EShitganingga emas, ko‗rganingga ishon… Maqsad- Shu… Nachora, hamma rost 
gapiravermaydi. Ammo yolg‘on gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini
o‗ylaydi… 
Katta vijdonsizliklar kichkina nopoklikdan boshlanishini bilsam nima qilay axir? 
Odamzodning qonida g‘alati adolatsizliklar bo‗ladi. Begonalardagi o‗zgarishni 
darrov sezasizu yaqin odamingizga e‘tibor bermaysiz. Xuddi ota-onangizni birov sizga 
bog‘lab berib qo‗ygandek. Go‗yo ular siz uchun abadiy yashashi Shartdek. Oyim 
keksayib qolganini, sochlari oqarib ketganini, qovoqlari salqib, yuzi yillab to‗Shakka 
yopishib yotgan odamdek sarg‘imtil-zahil tusga kirganini endi payqadim. 
Ajab, inson xotirasi - eshigi yopib qo‗yilgan omborga o‗xsharkan. Ombor oldidan 
har kuni o‗tasiz. O‗tasizu o‗z yumushingiz bilan ovora bo‗lib, qayrilib qaramaysiz. Vaqti 
kelib tasodifiy Shamol omborning eshigini ochib yuboradi-yu, beixtiyor ichkariga 
mo‗ralab qaraysiz. Shunda qiziq holat ro‗y beradi. Ombor ichida oltindan aziz narsa ham, 
ko‗zingiz tushishi bilan ta‘bingizni xira qiladigan qaqir- ququrlar ham qalashib yotgan 
bo‗ladi. Alam qiladigan joyi Shundaki, siz ulardan xohlaganingizni ajratib ololmaysiz… 
Hammasi baravariga jon ato qilib, atrofingizni qurshab oladi. 
…Tinch, to‗kin zamonning allaqanday osoyishta zavqi bo‗ladi 
Odam qimmatbaho narsasini yo‗qotsa achinadi. Tuhmatga qolsa boshini tog‘-
toshga uradi. Qadri yerga urilsa, isyon ko‗taradi. Yaqin kishilaridan ayrilsa dod soladi… 
Lekin umidingdan ayrilsang g‘alati bo‗larkan. Hech nimaga, hech kimga, hatto o‗z 
qadringga ham achinmaysan. Dod solmaysan. Isyon ko‗tarmaysan… Go‗yo sen ‘lgansan. 
O‗zing o‗lib, quruq surating qolgan…Somonsuvoq qilingan tomlar ustini bir qarich qor 
bosgan, yorishib kelayotgan osmonda uchqunlar g‘ujg‘on o‗ynar edi… Negadir birinchi 
qor yog‘ishini uzoq kasal bo‗lib yotgan odamning jon taslim qilishiga o‗xshataman. 
Bemor to‗Shagiga yopishib inqillab yota-yota oxiri omonatini topShiradi-yu, bu 
dunyoning azoblaridan qutulganiga Shukr qilgandek tinchib chehrasi yorishadi.Iz 
tushmagan qordan yurishning gashti g‘alati bo‗ladi. Hammayoq jimjit. Yo‗l chetidagi qor 
bosgan tollar turmushning baland-pastini ko‗raverib, har qanday mushkulotni xotirjamlik 


bilan kutib olishga o‗rganib ketgan qariyalardek oppoq boshini quyi solgancha o‗yga 
cho‗mgan. 
Sadoqat bilan xiyonatning orasi Shunchalik yaqinmi? 
Dunyoda hadiksirab yashashdan ortiq azob yo‗q ekan. Go‗yo boshingda birov 
qilich ko‗tarib turgandek, sen bo‗lsang har lahzada o‗Sha qilich bo‗yningga tushishini 
kutayotgandek. Bora-bora Shunaqangi joningdan to‗yib ketasanki, qilich taningni 
boshingdan tezroq judo qilishiga orzumand bo‗lib qolasan. Nima bo‗lgandayam hadik 
azobidan qutulsam, bir cho‗qib, atrofga ming alanglagan qarg‘adek ayanchli ahvoldan 
xalos bo‗lsam deysan…
…Odam bolasining fe‘li qiziq. Avvalo, umid bilan qurgan imorating bir og‘masin 
ekan. 
Bir og‘dimi bo‗ldi, baribir yiqilarkan. To‗sib qolaman desang, bosib tushib, 
o‗zingni ham parcha-parcha qilib tashlashidan qo‗rqar ekansan. Negaki, o‗Sha 
imoratning poydevori qo‗porilishiga bir chekkasi o‗zing ham sababchi ekanligingni 
bilarkansan.
Bu qadim dunyoning odamlar bilan nima ishi bor! Bahor kelaveradi, qizg‘aldoqlar 
ochilaveradi… Odamlar esa keladiyu ketadi. Dunyo o‗tkinchi deymiz. Yo‗q, dunyo mas, 
biz o‗tkinchimiz. Bahor bir aylanib kelguncha birov tug‘iladi, birov o‗ladi. Birov-birovni 
yaxshi ko‗radi. Birov- birovning ko‗ziga cho‗p soladi… 
Amal - asov otdek gap. Qo‗lingdan bir chiqardingmi, ikki dunyodayam 
yetolmaysan. Otku, oxir-oqibat egasiga qaytib kelsa kelar. Lekin amal qaytmaydi. Uni 
allaqachon boshqasi egarlab minib olgan bo‗ladi. Mabodo seni amal otidan tushirganlar 
bir emas, ming marta nohaq bo‗lganida ham qaytib o‗Sha otni minishingga yo‗l 
qo‗ymaydi. O‗zi otdan tushishini o‗ylab qo‗rqadi. 
Bilmadim. Ehtimol odamzod farishta bo‗lib tug‘ilsa-tug‘ilar. Ammo bir umr 
farishta bo‗lib yasholmaydi. Hech kim! Hech kim farishta emas. Faqat o‗zini oppoq qilib 
ko‗rsatgisi keladi. Ming uringani bilan farishta bo‗lolmaydi. Yo‗lidan Shunaqangi 
Shaytonlar kesib chiqadiki, gunohga botganini o‗zi ham sezmay qoladi. 
…Har qadamda o‗lim kutib turgan janggohdan tirik qaytishimga ishonmagan 
edim. Lekin urush oyoqlagan sayin umidim kuchaya boshladi. Nazarimda sog‘-salomat 
uyga qaytsam, buyog‘i nuqul bayram bo‗ladiganga o‗xshardi. Ertalab ishga boraman. 
Kechqurun uyga kelsam ovqat tayyor, issiq o‗rnim tayyor. Bundan ortiq baxt bormi 
odamga? 
Odam o‗zini judayam baxtiyor his etsa, xudbin bo‗lib qolarkan. O‗zgalarning 
dardini sezmas ekan. 
Har xil odamlarni ko‗ravergandan keyin psixolog bo‗lib ketarkansan. Bir toifa 
Shikoyatchilar bor: uyalib, qimtinib, hatto qo‗rqib kiradi. Arzimagan narsaniyam ovozi 
titrab gapiradi. Bular ko‗pincha haq bo‗ladi. Yana bir toifa bor. Eski qadrdonlardek 
bemalol omonlashadi. Ovozini pasaytirib gapiradi. ―Bilamiz, sizdayam bola-chaqa bor, 


Shu ish to‗g‘ri bo‗lsa qarzdor bo‗lib qolmaymiz‖, degandek imo-ishoralar qiladi. Bola-
chaqa uyoqda tursin, xotinim ham yo‗qligini bilmaydi. Ammo pinjimga kirib ketgudek 
bo‗ladi. To‗g‘ri, pora beraman demaydiyu dudmalroq qilib gapiradi. Bunaqalar bilan 
muomala qilishni boplayman. Trubkani ko‗tarib, ataylab ikkita nomer teraman. 
―Militsiyami?‖ deyishim bilan yo qochib qoladi, yo bidir-bidir qilib boshqacha sayrab 
ketadi. 
Ehtimol o‗g‘rilik qilgan odamning siri ochilmas. Ehtimol qotillik qilgan 
olchoqning ham siri bilinmas. Ammo xiyonat fosh bo‗lmay qolmaydi. Negaki, xiyonatni 
bir odam qilmaydi. Albatta, Sherigi bo‗ladi. Faqat, yomon joyi Shundaki, xiyonatdan 
ozor chekkan odam bu sirni hammadan keyin biladi. Shunisi alam qiladi.
…Odamzotning fe‘li Shunaqa. Noxush narsani eslagisi kelmaydi. Ammo yomon 
xotira barmoqqa chiqqan yaraga o‗xshaydi. Qo‗lingni qimirlatishing bilan o‗Sha la‘nati 
yara bexosdan bir joyga tegib ketadi-yu, azob beradi. 
Achchiqni achchiq kesadi deyishardi. Ba‘zan achchiqni Shirin ham kesarkan.
Odam birovni aldashi mumkin. Ammo o‗zingni o‗zing alday olmaysan. 
Osmondagi yulduzni uzib olib bo‗lmaydi! 
Tiriklarni hurmatlagan odam, marhumlarni izzat qiladi. 
Marhumlar hech nimani eslamaydi, desangiz xato qilasiz. Marhumlarning xotirasi 
siz tiriklarnikidan yaxshiroq bo‗ladi. Negaki, siz ming xil tashvish bilan yelib-yugurasiz. 
Bizning esa xotiralarni eslashdan boshqa yumushimiz yo‗q.
Hayot nima o‗zi?.. Tole hadya etgan in‘om. Ammo odamlar har xil. Birov Shu 
in‘omni boshqalar bilan baham ko‗radi. Birov boshqalarnikiniyam qo‗Shib olgisi keladi. 
Shu bilan umri uzayib qoladigandek. Gap qachon o‗lishdami? Qanday o‗lishda emasmi! 
Ming yil yashagan bir sahoba ―Esiz-esiz, u eshikdan kirdimu bu eshikdan chiqib 
ketayapman‖, degan ekan. Shunaqa, bolam… Hech kim o‗lishni o‗ylamaydi. Ammo 
odamzodga umr o‗lchab berilgan. Shunaqalikka Shunaqa-ku, odamning umri 
necha yil yashagani bilan o‗lchanmaydi. Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu 
eshikdan chiqib ketayotganda qo‗lidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan 
imoratga aqalli bitta g‘isht qo‗yib ketadi. Yana bir xillari bor: o‗Sha imoratdan aqalli 
bitta g‘ishtni o‗g‘irlab ketgisi keladi. O‗g‘irlab-ku, hech qayoqqa borolmaydi, narigi 
eshik oldiga borganda baribir tashlab ketadi. Ikki orada imoratni buzgani qoladi… 
Quyosh har kuni uyg‘ongan zahoti jilmayib boqadiyu unsiz xitob qiladi: ―Bir 
kiprik qoqgulik qisqagina umringizda tinch-totuv yashasalaring bo‗lmaydimi? Goh non 
talashasizlar, goh Shon! Goh makon talashasizlar, goh imon? Axir hammangiz 
insonsizku. Hammangiz mening bolalarimsiz-ku, men sizlarning otalaringizman-ku. Bir-
birlaring bilan qirpichoq bo‗laverishlaringni ko‗rib charchab ketdim-ku! O‗z onangizni –
Yer kurrasini adoyi tamom qilib tinchimoqchimisiz?! Shu niyatda ko‗tarib yuribdimi 
ko‗ksida!‖ 

Download 309.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling