10-mavzu: Zamondosh allomalar va yozuvchilarning asarlaridan Tarbiya fanini o„qitishdagi ahamiyati (2-qism). Reja
Download 309.25 Kb. Pdf ko'rish
|
Zg5Jg2JHBtkGb2VDamLByJfzdJ1sFQVEK9ridENz
10-mavzu: Zamondosh allomalar va yozuvchilarning asarlaridan Tarbiya fanini o„qitishdagi ahamiyati (2-qism). REJA: 1. ―Tarbiya‖ fanida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ―Ruhiy tarbiya‖, ―Ijtimoiy odoblar‖, ―Baxtiyor oila‖ asarlaridan foydalanish 2. O‗tkir Hoshimovning ―Dunyoning ishlari‖ asarida ibratli tarbiyalar 3. O‗tkir Hoshimovning ―Ikki eshik orasi‖ romanining tarbiyaviy ahamiyatga ega jihatlari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 15 aprel 1952 yil Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tavallud topgan. 2015 yil 10 martda vafot etgan. Yetuk alloma, mujaddid, mufassir, muhaddis, faqih, mutafakkir, murshid, zohid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o‗z zamonasida islom olamining yirik namoyandasi, ulkan arbob, SSSR Oliy Kengashining xalq deputati, O‗rta Osiyo va Qozog‗iston musulmonlari diniy idorasining sobiq muftiysi, mustaqil O‗zbekistonning birinchi muftiysi, ko‗plab xalqaro ilmiy muassasalar, diniy tashkilotlarning a‘zosi, o‗zbekzabon xalqlarning diniy rahnamosi bo‗lgan. Talabalik davri: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1969 yili Buloqboshi qishlog‗idagi o‗rta maktabni tugatgach, 1970 yili Buxorodagi Mir Arab Madrasasiga o‗qishga kirdi. U paytda madrasadagi o‗qish 7 yillik bo‗lgan. Shayx Muhammad Sodiqni o‗Sha kungacha hosil qilgan bilimi asosida bir yo‗la 5-bosqichga olishdi. Natijada u madrasani 3 yilda tamomladi. Uni darsda, ilmda ilg‗orligidan madarasadagi talabalar «peshqadam» deb atashardi. Muhammad Yusuf domla ham farzandining yaxshi ilm olishi, taqvoda mustahkam bo‗lishi uchun bor kuchini sarfladi. Hatto o‗g‗lini boshqalar oraqali maxsus kuzatib bordi. Shayx Muhammad Sodiq 1973 yili madrasadan Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti (Oliy Ma‘had)ga o‗qishga kirdi. Qabul imtihonidan yuqori baholarda o‗tgan Muhammad Sodiq institutga ham bir yo‗la 3- bosqichga qabul qilindi va uni ham 2 yilda a‘lo baholarga bitirdi. U 1975 yili «Sovet Sharqi musulmonlari» jurnalida faoliyat boshladi. 1976 yili O‗rta Osiyo va Qozog‗iston musulmonlari diniy idorasining yo‗llanmasi bilan Liviyaning Tripoli Shahridagi «Islomiy da‘vat fakulteti» nomli dorulfununga o‗qishga kirdi. Shayx Muhammad Sodiq Liviyada butun dunyodan kelgan talabalar orasida ham eng tirishqoq va eng ite‘dodli talaba sifatida namoyon bo‗ldi. U 1980 yili Liviya oliygohini eng yuqori ball bilan imtiyozli tamomlab, talabalar orasida birinchilikni qo‗lga kiritdi va dorufunun tarafidan moddiy mablag‗ bilan mukofotlandi. Bugungi kunda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning asarlari tarbiyaviy ahamiyatga ega hisoblanadi. ―Tarbiya‖ fani quyidagi asarlaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ruhiy tarbiya. 1, 2, 3 - juzlar. «Poklanish», «Tiklanish» va «Hulqlanish». Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf «Ruhiy tarbiya» asari diynimizning tamal toshlaridan biri bo‗lgan nafs tarbiyasi masalalariga bag‗ishlangandir. UShbu majmua uch jilddan iborat bo‗lib, ularga nafsni poklash, ahloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan. Mazkur kitobning birinchi juziga «Poklanish», ikkinchi juziga «Tiklanish» va uchinchi juziga «Hulqlanish» deb nom berilgan. Ushbu asar orqali Tarbiya fanida o‗quvchilarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, kattalarga hurmat, zulm haqida, g‘iybat, kibr kabi illatlar to‗g‘risida ma‘lumotlar berilsa ularda ijobiy fazilatlar Shakillanadi. Ijtimoiy tarmoqda kim bilandir aloqa qilar ekanmiz, qandaydir guruh yo kanalga a‘zo bo‗lar ekanmiz, kimningdir Shaxsiy profilini kuzatar, u post qilgan fikrlariga izoh yo fikr bildirar ekanmiz, birinchi o‗rinda o‗zimizning mo‗min-musulmon ekanligimizni hamisha yodda tutishimiz kerak. Shu bilan birga ilohiy kitobimiz Qur‘on va Rasulimiz alayhissalom qoldirgan sunnat bizning oldimizga qo‗ygan dasturimiz bo‗lishi lozim. Bu barchamizga taalluqli umumiy qoida. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun alohida quyidagi odob-axloq me‘yorlarini zikr qilish o‗rinli: -Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi eng avval tarmoqqa kirishdan oldin niyatini Shariatga moslashi lozim. Albatta, har ishda bo‗lgani kabi internetda ishlash va ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilganda niyatni to‗g‗ri qilish kerak bo‗ladi. Bir ishga kirishdan oldin niyatni tuzatish haqida Ibn Abi Jamura roziyallohu anhuning so‗zi o‗rinli bo‗lgan: «Men Shuni istardimki, faqihlar ichida bir faqih bo‗lsa-yu, u barcha ishini qo‗yib, faqatgina insonlarga amallardan ko‗zlanishi kerak bo‗lgan maqsadlarni o‗rgatsa. U niyatlarni isloh qilish haqida dars bersa. Men Shularni juda-juda hoxlardim. Chunki ko‗p insonlar xuddi Shu nuqtada oqsoqdirlar». -Ijtimoiy tarmoqdagi faoliyatida o‗ziga tanlagan nomning go‗zalligiga e‘tibor berishi kerak. Ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchi Shaxs avvalo o‗zi haqidagi ma‘lumotlarni kiritishda o‗zining haqiqiy ism Sharifini yozishi afzal sanaladi. Chunki inson ko‗pincha o‗z ismi bilan taniladi, Shunday ekan uni tarmoqdan qidirganlar uchun haqiqiy ism Sharif tezroq topish imkonini beradi. Ammo xavsizlik va yo boshqa zarur sabablarga ko‗ra, ijtimoiy tarmoqda taxallusdan foydalanishga ham Shar‘an ruxsat etiladi. SHunda ham ma‘nosi Shariatga zid kelmaydigan, chiroyli va zavq bag‗ishlaydigan nomlarni tanlash kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarning ismlari umidbaxsh, ezgulikni ifoda qiladigan ma‘noli bo‗lishiga katta e‘tibor berganlar. Bugungi kunda mashhur insonlar nomidan ijtimoiy tarmoqlarda guruh va kanallar ochib, boshqalarning Shuhratidan o‗z biznesi va boshqa manfaatlari yo‗lida o‗g‗rincha foydalanib kelayotganlar kam emas. Shuningdek, o‗zi erkak bo‗la turib ayollar nomidan profil ochganlar, yoki aksincha ayol bo‗la turib erkaklar nomidan profil ochib muqobil jinslilar orasida yurgan va suhbatdoshini muntazam aldab faoliyat olib borish ham qattiq gunoh sanaladi. -Internet orqali o‗zgalar bilan aloqa qilishda Shariat ruxsat bergan narsalarga amal qilib, man qilgan narsalardan chetda bo‗lish asosiy qoida bo‗lishi zarur. Mo‗min musulmon kishi uchun Shariat ahkomlariga amal qilish borasida virtual hayot bilan real hayotning bir-biridan farqi yo‗q. Shunday ekan real hayotda bo‗lgani kabi ijtimoiy tarmoqda ham Shar‘iy odob-axloq qoidalariga qat‘iy amal qilishi chin mo‗minlik bo‗ladi. Tarmoqda o‗zimiz kabi mo‗minlar bilan ham aloqa qilamiz, ba‘zida esa g‗ayridinlar bilan ham aloqa qilishimiz mumkin. Har ikki holatda ham ham Shar‘iy odob-axloq me‘yorlarini unutib qo‗ymasligimiz kerak. Qarshimizdagi inson kim bo‗lishidan qat‘iy nazar u bilan aloqada Shariat haddidan chetga chiqishga haqqimiz yo‗q. Alloma ibn Kasir rahimahulloh oyat tafsirida bunday degan: ―Alloh taoloning suyukli bandalariga johillar ahmoqlik qilishsa, ular bilan teng kelib, qiliqlariga yarasha javob qaytarishmas edi. Balki ularning johilligini e‘tiborga olib kechirib yuborishar, beadabliklaridan o‗tishar, faqat yaxshilik bilan javob qaytarishar edi. Axir Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ham Shunday edilarda. Rasulullohga nisbatan har qancha johillik qilinmasin, bu ul zoti Sharifning faqat halimlik va muloyimligini oshirar edi. Sahobalar ham rasulimizdan o‗rnak olishib, g‗ayri musulmonlar bilan tenglashib, urushib o‗tirishmas edilar‖. -Ijtimoiy tarmoqlarda kim bilan do‗st tutinayotganiga jiddiy ahamiyatli bo‗lish kerak. Real hayotimizdagidan ko‗ra, virtual hayotda ko‗proq odamlar bilan do‗st tutinamiz. Ularning aslida kimligi, do‗stlik taklif qilishdan maqsadi neligi bilan esa qiziqish hayolimizga ham kelmaydi. Bu esa bizning eng katta kamchiliklarimizdan biridir. Qarang, salafi solihlarimiz kim bilan do‗st bo‗lish haqida muayyan dastur tuzib qo‗ygan ekanlar. Alqama ibn Labid rahmatullohi alayh o‗g‗liga nasihat qilib dedi: Ey o‗g‗lim! Vaqtiki kelib do‗st tutishga ehtiyoj sezganingda, to‗g‗ri kelgan odam bilan do‗st tutinib ketavermagin! Balki, do‗sting senga ma‘naviy ziynat beruvchi fozil bo‗lsin! Engiltaklik qilganingda seni tartibga soluvchi nosih bo‗lsin! Boshingga musibat tushganda senga dalda bo‗luvchi mard bo‗lsin! Haq gapni aytganingda seni tasdiqlab, qo‗llaguvchi sodiq bo‗lsin! Yordamiga muhtoj bo‗lganingda yordamini ayamaydigan sahiy bo‗lsin! Unga do‗stona qo‗l cho‗zganingda u ham senga qo‗l cho‗zuvchi samimiy bo‗lsin! Sening yaxshi ishlaringga munosib baho beruvchi odil bo‗lsin! Kamchiliklaringni yashiruvchi oliyjanob bo‗lsin! Uning ortidan senga kulfat kelmaydigan bo‗lsin! U tufayli hayoting ostin-ustin bo‗lib ketmaydigan bo‗lsin! Omma oldida seni xo‗rlamaydigan bo‗lsin! -Internet orqali o‗zgalar bilan aloqa qilishdan yaxshilik va taqvoda hamkorlik qilish hamda yomonlik va dushmanlikda hamkorlik qilmaslik Shior qilib olinishi zarur. Yaxshilik va taqvo yo‗lida hamkorlik qilish holatdan kelib chiqib turli ko‗rinishlarda bo‗ladi. Ijtimoiy tarmoqqa kirgan olim odamlarga o‗z ilmi bilan hamkorlik qiladi, ularga imkon qadar o‗zida bor ilm-ma‘rifatni etkazadi. - Ijtimoiy tarmoqdan maqsadli foydalanish, foydasiz ishlardan chetda bo‗lish, sarflangan vaqtni behuda ketishiga yo‗l qo‗ymaslik. -Behayolikka targ‗ib qiluvchi fahSh rasm, video, hikoyalar kabi axloqsizlikka undovchi materiallardan xazar qilmoq. -Pornografik mahsulotlarni saqlash va tarqatishdan yiroq bo‗lmoq. - Tarmoqda boshqa insonlarning ayblarini tarqatishdan ehtiyot bo‗lmoq. - O‗qigan ma‘lumotlarni boshqalarga bildirmoqchi bo‗lgan kishi avvalo o‗Sha ma‘lumotning to‗g‗ri ekanini tekShirib ko‗rishi kerak. -Tarmoqda musulmonlarning ayblarini qidirib, profillarini titkilashdan xazar qilmoq. Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan illatlardan bittasi Shu. Ya‘ni, musulmonlarning profillarini kuzatib, ularga qarshi qo‗llash uchun kamchiliklarini qidirish, yozgan izoh va qo‗ygan postlaridan va yo boshqa ularga taalluqli ma‘lumotlardan ayb qidirib josuslik qilish. - Ijtimoiy tarmoqdagi faoliyatida fitna qilishdan saqlanish. Islomda kattalarning fazli Jamiyat a‘zolari islomiy odob-axloq me‘yorlariga amal qilishni uddacidan chiqsa, Islom Shariati bunday jamiyatni taraqqiyot cho‗qqisiga olib chiqishiga, mukammal darajada isloh qila olishiga Shubha yo‗q. Zotan, Islom tartib-intizom qoidalari eng etuk bo‗lgan go‗zal dindir. Musulmonchilikning havasga arzigulik qoidalaridan biri bu – kattalarning kichiklar ustiga fazilatli qilinganidir. Islomda yoshi kattalarni hurmat qilish, izzat-ikromini joyiga qo‗yish Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan sunnat tarzida yo‗lga qo‗yilgan taxsinga sazovor odoblardandir. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan bir hadisda Payg‗ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Shunday marhamat qilganlar: ―Kichiklarimizga mehribon bo‗lmaganlar, kattalarimiz haqqini bilmaganlar bizdan emas‖. Imom Buxoriy. Hadis matniga diqqat qilar ekanmiz quyidagilar ma‘lum bo‗ladi: musulmonchilikda avvalo kattalar kichiklarga mehrli bo‗lishi lozim. Katta deganda haqiqiy ma‘noda Yoshi kattalarni, Shuningdek, majoziy ma‘noda mansabi, rutbasi kattalarni ham tushunish mumkin. Qaysi ma‘noda bo‗lmasin, kattalar kichiklarga mehrli bo‗lishi Islomda o‗rnatilgan tartiblardan biri ekan. G‗iybat gunohi kabira – katta gunoh ekanligini barcha yaxshi biladi. Biroq, g‗iybat ekanini bilib tursa ham, g‗iybat qilaveradiganlar, unga bajonidil quloq soladiganlar hamma erda topiladi. G‗iybatning o‗zi nima va uning qanday hukmlari bor? Biz quyida Shu masalaga qisqacha to‗xtalmoqchimiz. Avvalo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hadisi Shariflaridan boshlasak: Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. ―Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: ―G‗iybat nima?‖, deyildi. U zot: ―Birodaringni u yoqtirmaydigan narsasi bilan eslamog‗ing‖, dedilar. ―Nima deysiz, agar unda men aytayotgan narsa bo‗lsa-chi?‖ dedi. U zot: ―Agar unda sen aytayotgan narsa bo‗lsa, demak, sen uni g‗iybat qilibsan. Bordi-yu unda sen aytgan narsa bo‗lmasa, u holda, sen unga bo‗hton qilibsan‖, dedilar (Termiziy, 3/1934). G‗iybat qilingan odamning go‗Shtini eyish bilan tenglashtirilgan bu gunoh oddiy odamlarda, qo‗ni-qo‗Shnilar, yoru do‗stlar, yon-atrofimizdagi odamlar to‗g‗risida bo‗lsa, Shunday. Demak, g‗iybat birovning go‗shtini eyish bilan barobar! Agar g‗iybat qilinayotgan odam ahli sunnat va jamoatning olimi bo‗lsa, u holda uning g‗iybati zaharli go‗Sht eyish bilan barobardir! Mo‗minning qalbini yaralab majruh qiluvchi ma‘naviy illatlardan biri bu kibrdir. Inson o‗zini o‗zgalardan ustun ko‗rishi, ustunligi bilan nafsoniy ichki farah tuyishiga — kibr, deb aytiladi. Mutakabbirlar o‗z xatolari-yu noto‗g‗ri ishlarini doim haq deb tasavvur qilishadi, o‗zlarini oqlab himoya qilishadi, oliftagarchiliklarini uzluksiz davom ettirishga hamisha bir bahonalari bo‗ladi. Nasihatga quloq solishmaydi. O‗zidan boshqalarni besavod, johil, pastmaqom hisoblaydi. Holbuki asl besavod, johillar ularning o‗zidir! Bandaning kibr qilishi Shar‘an haromdir! Amr ibn Shuayb roziyallohu anhudan rivoyat qilindi:Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: Qiyomat kuni mutakabbirlar inson qiyofasida ammo, chumoli kabi mayda va haqir holda tiriltiriladilar. Ularni har tarafdan xorlik qamrab oladi. Ularni jahannamning «Bulis» degan chuqur yeriga haydab boriladi. Ularning ustidan olovlar yonib turadi. Jahannam aholisining badanidan oqqan chiqindilar bilan sug‗orib turiladi. (Termiziy). Bu illatning paydo bo‗lishiga asosan quyidagi sakkizta omil sabab bo‗ladi: 1. Ilm; 2. Ibodat; 3. Nasab; 4. Husn-jamol; 5. Kuch-quvvat; 6. Boylik; 7. Mansab; 8. Serfarzandlik. Shu etti narsadan bittasi yoki ulardan bir nechtasiga ega bo‗lgan Shaxsda kibr va uning yomon oqibati haqida to‗liq yoki qisman ma‘lumot bo‗lmasa, uning qalbida kibr paydo bo‗ladi. Download 309.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling