10-mavzu: Zamondosh allomalar va yozuvchilarning asarlaridan Tarbiya fanini o„qitishdagi ahamiyati (2-qism). Reja


Download 309.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana26.02.2023
Hajmi309.25 Kb.
#1233619
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zg5Jg2JHBtkGb2VDamLByJfzdJ1sFQVEK9ridENz

“Ijtimoiy odoblar” 
Atrofdagi turfa insonlarni kuzatar ekansiz, ularning xatti-harakati, qilayotgan 
ishlari-yu, aytayotgan gaplariga e‘tibor berib barchasi odamning tarbiyasi, odob-axloqiga 
bog‗liq ekaniga amin bo‗lasiz. Shunday ekan, bu masalaga maktabda ham, oilada ham 
katta ahamiyat qaratilishi lozim. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning 
―Ijtimoiy odoblar‖ kitobi inson tarbiyasida muhim ahmiyatga ega. O‗Sha kitobni har 
birimiz o‗qib chiqishimiz, kerak bo‗lsa, darslik tarzida maktabda ham ―Tarbiya‖ 
darslarida o‗quvchilarga o‗qitishimiz kerak. Mazkur kitobda suv ichishdan tortib 
ovqatlanishgacha, telefonda gaplashish odobi deysizmi, ustozni hurmat qilish odobi va 
yo‗l odobi kabi barcha odob-axloq turlari, qoidalari aytib o‗tilgan. Shularni o‗qigan 
o‗quvchi keyinchalik halol-xaromni farqlab, yurt boshiga tashvish kelganda foydalanib 
qolish o‗rniga xalqqa yordam berish kerakligini tushunib yetarmidi? Zero, tarbiyali, 
odob-axloqli kishilargina har qanday Sharoitda yurtga sodiq va tayanch bo‗la olishadi.
UShbu 
kitobidan quyidagi ma‟lumotlarga to„htalamiz. Telefondan 
foydalanish odoblari haqida quyidagilarni takidlagan.
• Birovga qo‗ng‗iroq qilishdan, qisqa xat yozishdan oldin uning raqamini aniqlab 
olish lozim. • Qo‗ng‗iroq qilishdan oldin qo‗ng‗iroq qilinayotgan Shaxs istirohat 
qilayotgan yoki qilmayotgani, band yoki band emasligini aniqlab olish kerak. • Bir marta 
qo‗ng‗iroq qilganda javob berilmasa, oradan biroz muddat o‗tkazmay turib, qo‗ng‗iroqni 
qaytarish beodoblikdir. • Uch marta qo‗ng‗iroq qilingandan keyin ham javob bo‗lmasa, 
qo‗ng‗iroq qilishni to‗xtatish lozim. • Chaqirilgan odam aloqaga chiqqanda, chaqiruvchi 


birinchi bo‗lib salom berishi kerak. • Qo‗ng‗iroq kelganda, go‗Shakni olgach, ―Labbay‖ 
yoki Shu kabi go‗zal ibora bilan so‗z boshlash odobdandir. • Uyali aloqa vositasida 
uzoqroq gaplashmoqchi bo‗lgan odam suhbatdoshidan izn so‗rashi lozim. • Uyali aloqa 
vositasida so‗zlashish davomida kavShanib turish o‗taketgan beodoblikdir. • Telefonda 
ovozini soxtalashtirib gapirish yoki yolg‗on xatlar yozib, o‗zgalarni masxara qilish 
mumkin emas. • O‗zaro so‗zlashuvni tamomlagach, go‗zal so‗zlar va ezgu tilaklar bilan 
xayrlashish kerak. • Birovning telefon raqamini o‗zining ruxsatisiz boshqalarga 
bermaslik talab etiladi. • Chiqimdan qochib, birovning telefoniga raqamini chiqarib 
qo‗yish va uning javob qaytarishini kutish beodoblikdir. • Qo‗ng‗iroq bo‗lgan paytda 
javob berolmagan kishi imkon topgan zahoti javob qaytarishi lozim. • O‗ziga kelgan har 
qanday xatni boshqalarga tarqataverish mumkin emas. • Kishilarga uyali aloqa vositasi 
orqali xat yozishda ham odob-axloq, Shariat chegaralariga rioya qilish lozim. Ilm 
olishning turli bosqichlarida ilm oluvchi o‗zining yoshi yoki ta‘lim bosqichi qay darajada 
bo‗lishidan qat‘i nazar, tolibi ilm ekanini zinhor yoddan chiqarmasligi va quyidagi 
odoblarga muntazam rioya etishi kerak bo‗ladi: 
1) Dars boshlanishidan biroz muddat oldin hozir bo‗lish.
2) Sheriklariga va muallimlarga ochiq yuz bilan salom berish. 
3) Umumiy nizomga amal qilish, tashqi ko‗rinishni va o‗zini tutishni go‗zal qilish. 
4) Kundalik mashg‗ulotlar uchun kerakli kitob, daftar, qalam kabi narsalarni 
kamchiliksiz hozir qilish. 
5) Darsda diqqat bilan ishtirok etish. Bunda boshqa narsalarga chalg‗imay, butun 
vujudi bilan darsni qabul qilib olishga urinishi lozim. 
6) Darsda daftar-qalamlarni o‗ynamaslik, boshqalar bilan gaplashmaslik, atrofga 
alanglamaslik. 
7) Kerakli ma‘lumotlar va topshiriqlarni unutib qo‗ymaslik uchun maxsus daftarga 
yozib olish. 
8) Darslar orasidagi tanaffus paytlaridan unumli foydalanish va o‗zini odob 
doirasida tutish. 
9) Tanaffus paytida qo‗l yuvish va Shunga o‗xshash insoniy hojatlarni o‗z vaqtida 
bajarib olish. 
10) Agar ovqatlanish kerak bo‗lsa, uning odoblariga rioya qilgan holda maxusu 
joyda amalga oshirish. 
11) Birovning narsasini faqat uning ruxsati bilan olish. O‗Sha narsani qaytarib 
berganda esa tashakkur aytishi kerak. 
12) O‗zgalarni masxara qilmaslik, laqab to‗qimaslik va ozor beradigan hazillar 
qilmaslik. 
13) Go‗zal axloqli darslarni yaxshi o‗zlashtiradigan, zakovatli va odobli talabalar 
bilan do‗st bo‗lish. 
14) Darslarni o‗z vaqtida, qunt bilan tayyorlash. 


15) O‗quv yilining avvalidan imtihonlarga puxta tayyorlanib borish. Buning uchun 
darslarni qunt bilan, qoldirmasdan tayyorlab borish lozim. 
16) Imtihonlarda aldamchilik, birovdan ko‗chirish, maxfiy yordam olish va boshqa 
tartibbuzarliklarga yo‗l qo‗ymaslik. 
17) Uyga kelganda har bir darsdan berilgan vazifani o‗z vaqtida puxta tayyorlab 
qo‗yish, ortga surmaslik. 
18) Kundalik dars jadvalining rioyasini qilib, kelasi kungi darslarni e‘tibor bilan 
qaytarish, unga kerakli kitob va daftarlarni tayyorlab qo‗yish. 
19) Dars uchun kerak bo‗lgan kitob, daftar va boshqa anjomlarni orasta tutish. 
20) Barcha darslarda peshqadam bo‗lishga tirishish, a‘lochi bo‗lishga, vaqtin zoye 
qilmaslikka harakat qilish. 
21) Doimo Alloh taolodan manfaatli ilm berishini so‗rab duoda bo‗lib turish.
O‗quvchilarga dars davomida ushbu qoidalarga amal qilish lozimligini uqtirib 
borilsa har biri o‗z hatti-harakatidan hulosa chiqarib olishi mumkin. Shayx 
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining «Baxtiyor oila» deb nomlangan 
kitoblari. UShbu kitob Islom dinining oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va 
batafsil Sharhi bo‗lib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim bo‗lgan barcha 
masalalarni ao‗z ichiga oladi. Kitobda insonga ikki dunyo saodati yo‗lini ko‗rsatib bergan 
Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va 
majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, 
aqiyqa, farzand tarbiyasi, silai rahm, taloq, idda va Shu kabi ko‗plab dolzarb 
mavzulardagi ta‘limotlari orqali bugungi kunda qator muammolar muhokama qilinadi, 
oyatlar, hadislar hamda salaf solihlarning hayoti misolida musulmonning baxtli oilaviy 
hayot dasturi ko‗rsatib beriladi. Shuning uchun ham qadimdan har bir jamiyat oila 
masalasiga katta e‘tibor berib, oilalarning mustahkam va baxtiyor bo‗lishi uchun 
imkonida bor bo‗lgan barcha chora va tadbirlarni ko‗rib kelgan. Zotan, sof insoniy tabiat 
xuddi Shunday bo‗lishini taqozo qiladi. Ammo ming afsuslar bo‗lsinkim, keyingi 
paytlarda G‗arbdagi ba‘zi bir jamiyatlarda «hurriyat», «Shaxs erkinligi» degan soxta 
Shiorlarni ro‗kach qilib olgan ayrim buzg‗unchilar «Oilaning keragi yo‗q, nikoh Shart 
emas, u insonning erkini cheklab qo‗yadi» degan da‘voni ko‗tarib chiqishdi. 
Yana ming afsuslar bo‗lsinkim, bu safsataga ishonadiganlar ham chiqdilar va 
ko‗payib bormoqdalar. Oxir oqibat hozirga kelib, ko‗plab muammolar kelib chiqdi: 
insonning sof tabiatiga zid bo‗lgan ushbu dunyoqarashga qul bo‗lgan yurtlarda oilaning 
qadri qolmadi, oila a‘zolarining o‗zaro ehtiromlari, mehr muruvvatlariga futur etdi. Erkak 
va ayollar o‗z oilasida tinch-totuv yashashning o‗rniga harom-xarish kayfu safoga 
berildilar. Nasl-nasab haqida qayg‗urish ular uchun yot narsaga aylandi. Farzand 
orttirish, bola tarbiya qilish ularga yoqmay qoldi... Islom Shariati, umuman, engillik 
ustiga bino qilingandir. Bu haqda ko‗plab oyat va hadislar bor. Xususan, erkak va ayol, 
oila, nikoh masalasiga kelsak, bu masalalarda ham Alloh taolo O‗z bandalariga engillikni 


istagan va ularga oila qurib, halol-pok yashashni amr qilgan. Sirtdan qaraganda, diniy 
ko‗rsatmalarni bajarish qiyin, Shahvatga ergashganlarning yo‗llarida yurish oson bo‗lib 
ko‗rinadi: Islomda hamma narsa man qilingan-u, faqat birgina yo‗lga ruxsat berilganga 
o‗xshaydi. Nomahramga qarama, u bilan yolg‗iz qolma, uylanmoqchi bo‗lsang, oldin 
ahlingning roziligini ol, mahr ber, guvoh keltir va hokazo – hammasi qaydlash va 
qiyinchilikdan iborat bo‗lib tuyuladi. Shahvatga ergashganlar esa: «Yoshligingda o‗ynab 
qol, gunoh bo‗lsa nima qipti?!» deyishadi. Bu yo‗l, albatta, sodda va oson ko‗rinadi, 
haqiqatda esa unday emas. Natijalarni ko‗zdan kechirganimizda, bu narsa yaqqol ko‗zga 
tashlanadi. Dunyo tarixini kuzatadigan bo‗lsak, oila masalasiga engil qaragan, jinsiy 
Shahvatga berilgan xalqlar, davlatlar va madaniyatlar albatta inqirozga uchraganligining 
guvohi bo‗lamiz. Qadimiy buyuk imperiyalarning Sharmandalarcha qulashining asosiy 
omillaridan biri ham Shu bo‗lgan. Bizning asrimizga kelib G‗arbda, o‗zlarining ta‘biri 
bilan aytganda, jinsiy inqilob bo‗ldi. Jins borasida olimlar etishib chiqdi. Ular «Jinsiy 
hurriyat bo‗lmaguncha, inson to‗liq erkin bo‗la olmaydi. Agar jinsiy mayllar jilovlansa, 
insonda ruhiy tugun paydo bo‗lib, unda qo‗rqoqlik va boshqa salbiy sifatlar kelib 
chiqishiga sabab bo‗ladi» kabi g‗oyalarni tarqatishdi. Oqibatda jinsiy inqilob avjga 
chiqdi. Natijasini – har xil balo-ofatlar buhronini hozir o‗zlari ko‗rib, tatib turishibdi. 
Axloqiy buzuqlik, oilaning va jamiyatning parchalanishi, hayotga qiziqishning 
yo‗qolishidan tashqari, son-sanog‗iga etib bo‗lmaydigan muammolar paydo bo‗ldi. 
Taraqqiy etgan G‗arb davlatlarining tub aholisi aynan jinsiy inqilob oqibatida dahShatli 
sur‘atda kamayib bormoqda. Ko‗z ko‗rib, quloq eshitmagan tanosil kasalliklari kelib 
chiqdi, har yili son-sanoqsiz odamlar Shu kasalliklar tufayli bu dunyoni tark etmoqda, 
nasl buzilib, odamlari zaifhol va kasalmand bo‗lib bormoqda, turli aqliy va ruhiy 
kasalliklar urchimoqda. Musulmon oilalarning mustahkamligi boshqa xalqlarning 
havasini keltirmoqda. 2009-yili Rossiyadagi ba‘zi siyosatchilarning xotin qizlari oila 
bo‗yicha o‗zlari o‗tkazgan ilmiy tadqiqotlarning natijalarini e‘lon qildilar. Mazkur 
natijalardan namuna: 
Rossiyada oila buzilishi 54,3% ni tashkil etadi. 
Taymir avtonom viloyatida – 94%. 
Chukotka avtonom viloyatida – 83%. 
Koryak avtonom viloyatida – 80%. 
Tadqiqot mualliflari taqqoslab ko‗rish uchun musulmonlari yo‗q darajadagi 
yuqoridagi uch mintaqaga muqobil ravishda Rossiyaning asosan musulmonlar 
yashaydigan uch mintaqasidagi oila buzilishi haqidagi hisobotni keltiradilar. 
Chechenistonda – 4,3%. 
Ingushistonda – 10%. 
Dog‗istonda – 17%. 
Shu bilan birga, musulmonlar yashaydigan ushbu uch mintaqa uzoq umr ko‗rish va 
ko‗pbolalik bo‗yicha ham peshqadam hisoblanadilar. Tadqiqot mualliflari yuqoridagi 


raqamlarni keltirish bilan kifoyalanib qolmay, o‗z qavmlarini nikoh va oila borasida 
musulmonlardan o‗rnak olishga chaqiradilar. Albatta, Rossiyadek katta davlatda ularning 
ichida yashab turgan boshqa dindagi kishilardan namuna olishga chaqirish uchun katta 
jasorat kerak. Chunki boshqalar bu chaqiriqni yoqtirmasliklari ham mumkin. Xuddi 
Shuning uchun bo‗lsa kerak, yuqorida eslab o‗tilgan tadqiqot va undan kelib chiqqan – 
musulmonlardan o‗rnak olish haqidagi chaqiriq to‗g‗risida muxbirlar rus pravoslav 
cherkovi ruhoniyining fikrini bilmoqchi bo‗lib, uni savolga tutdilar. U kishi: «Juda to‗g‗ri 
gap. Men o‗zimdan yana Shuni qo‗Shimcha qilamanki, biz oiladagi ruhiy-ma‘naviy 
tarbiya borasida ham musulmonlardan o‗rnak olishimiz kerak», degan javobni berdi. Rus 
mutaxassislarining ta‘kidlashlaricha, Rossiyadagi oilalarning 66 foizi faqat bitta bola 
qoldiradi. Oxirgi o‗n yil davomida Rossiya aholisi har yili taxminan 900 mingtaga 
kamayib bormoqda. Davlat va jamiyat bor imkonini ishga solib, bu halokatdan qutulish 
choralarini ko‗rmoqda. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining 
«Baxtiyor oila» kitobida farzand tarbiyasi va tarbiya so‗zi masalasiga ham alohida 
to‗htalgan. Farzand tarbiyasida tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarining 
haqqidir. ―Tarbiya‖ so‗zi arabcha ―robba‖ felidan olingan bo‗lib, o‗stirdi, ziyoda qildi
rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi ma‘nolarini bildiradi. Musulmon ulamolari 
―tarbiya‖ni bir necha xil tarif qilinganlar. Jumladan imom Bayzoviy quyidagicha 
ta‘riflaydi. ―Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga yetkazishdir‖. Rog‘ib Asfihoniy 
tarbiyani quyidagicha ta‘rif qiladi: ―Tarbiya bir narsani bir holda ikkinchi holda o‗tkaza 
borib, batamomlik nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma‘nolaridan biri, insonning 
diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg‘unlik hamda muvozanat ila o‗stirishdir‖. 
Islomda bolalar tarbiyasi ota-onaning eng ma‘suliyatli va uzoq davom etadigan 
burchlaridir. Binobarin, farzand ne‘matiga amaliy Shukur qilish o‗Sham farzandni Alloh 
taologa itoat qiladigan banda qilib tarbiyalash bilan yuzaga chiqadi. Farzand tarbiyasida 
ota-onaning o‗rni qanchalar kata ekanini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi 
Shariflaridan ham bilishimiz mumkin. Alloh taolo bu dunyodagi narsalarni sababiyat 
qonuni ila bir-biriga bog‘lab qo‗ygan. Och inson taom yemasa, qorni to‗ymaydi. Xuddi 
Shuningdek, tarbiya bo‗lmasa, inson tarbiya ko‗rgan bo‗lib voyaga yetmaydi. Shuning 
uchun ham Islomda bola tarbiyasiga alohida etibor beriladi. Bola tarbiyasi bo‗yicha 
mutaxassislarimiz ―Bolaning tarbiyasini tug‘ilishi bilan boshlash kerak‖ deyishadi. 
Tarbiyaning bir qismi odob o‗rgatishdir. Bizning tilimizda ―odob‖ tarzida tallafuz 
qilinishga odatlanib qolingan arabcha ―adab‖ so‗zi, aslida, ―ma‘daba‖ o‗zagidan olingan. 
―Ma‘bada‖ so‗zi odamlar davat qilingan ziyofatni anglatadi. Odob ham odamlar doimo 
davit qilinadigan ma‘naviy ―ma‘bada‖-ziyofat bo‗lganligi uchun Shu nomni olgan. 
Odobning ta‘rifida quyidagi o‗xshash galar ham kelgan: ―Maqtovga sazovor so‗z va 
amalni qilish odobdir‖. ―O‗zingdan kattani ulug‘lab, o‗zingdan kichikka mehr 
ko‗rsatishing odobdir‖. Avvalo tarbiya va odob masalasida ota-onaning o‗zi bolalarga 
yaxshi na‘muna bo‗lishi kerak. Abdulloh ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 


―Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyimizda o‗tirganlarida onam meni 
chaqirib: ―Beri kel, bir narsa beraman‖ dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam unga: ―Nima bermoqchisan?‖, dedilar. ―Men unga xurmo bermoqchi edim‖, 
dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: ―Ammo agar unga hech narsa 
bermaganingda, senga yolg‘on yozilar edi‖, dedilar‖. UShbu hadisi Sharifda onaning bir 
og‘iz gapida ham bola tarbiyasiga kata ta‘sir qiladigan omil borligi uqtirilmoqda. Ota 
bolasining huzurida o‗z haybatini saqlab turishi kerak. Ona bolasini otasi ila ogohlantirib 
tursin. Kunduzi va bevaqt uxlashga bolani odatlantirmaslik kerak. Bunda u dangasalikka 
o‗rganib qoladi. Kechasi uxlash man qilinmaydi. Yotar joyi yumShoq bo‗lmagani yaxshi. 
Bola yotoq kiyim va taomda dag‘allikka odatlansin. Bola otaonasining boyligi, taomi va 
kiyimi ila tengdoshlari oldida faxirlanishga odatlanmasin. Bolaning ota-onasiga va 
ustoziga itoat qilishga odatlanishi juda ham zarurdir. Tarbiyaning ikkinchi qismi bolaga 
ta‘lim berishdir. ―Ta‘lim‖ arabcha ―allama‖ felidan olingan bo‗lib, bir narsaning 
haqiqatini batafsil va yaxshilab bildirish ma‘nosini anglatadi. Ilm esa bir narsani 
vaqelikda qanday bo‗lsa, ishonch ila o‗Shanday idrok qilishdir. Ilm olish har bir 
musulmon uchun farzdir. Tarbiyaning uchinchi qismi bolaga jismoniy tarbiya berishdir. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yosh avlodning sog‘lom bo‗lib o‗sishini 
ta‘minlash borasida ota-onalarni farzandlarini badantarbiya bilan Shug‘ullantirishga 
targ‘ib qilganlar. Bundan tashqari ushbu kitobda ota-onaning haqlari xususida ham 
to‗xtalgan. Tarbiya fanida ushbu masalalarni o‗quvchilarga o‗tib borilsa albatta kutilgan 
tarbiyaviy natijaga erishiladi.

Download 309.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling