10-mavzu: Zamondosh allomalar va yozuvchilarning asarlaridan Tarbiya fanini o„qitishdagi ahamiyati (2-qism). Reja


Download 309.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana26.02.2023
Hajmi309.25 Kb.
#1233619
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zg5Jg2JHBtkGb2VDamLByJfzdJ1sFQVEK9ridENz

2. "Dunyoning ishlari" — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‗tkir Hoshimov 
qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar 
davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda "Sharq nashriyoti" tomonidan nashr 
etilgan. Keyinchalik boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi. 
Jumladan 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada 
nashr etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq 
muqovada nashr etildi. UShbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va 
adibning onasi tasvrilangan. Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari 
keltirilgan: "Dunyoda hech bir chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur 
sochib turadigan sehrli kuch bor. Bu—Ona mehri! Alloh Onani Shunday yaratgan!" 
Oʻtkir Hoshimov asarini 2005-yilgi nashrida Shunday tariflagan: Bu qissa kattakichik 
novellardan iborat. Biroq ularning barchasida eng aziz odam — onam siymosi bor. 
Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi 
oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihatdan onamga bogʻlangan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‗tkir Hoshimov 20-asr o‗zbek adabiyotida o‗z o‗rni va 
uslubiga ega boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. 
Dunyoning ishlari asari ham anashunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi. Oʻtkir 
Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. UShbu kitoblarning umumiy tiraji 2 


million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Jonli 
va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar 
mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. 
Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarsi adibning onasi bilan 
uygʻunlashtirib tasvirlangan. O‗tkir Hoshimov Shu kichik asarida ham dunyoning 
ishlarini mujassamlashtirgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani Shunday 
tariflagan : "„Dunyoning ishlari― asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U 
qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, Shu 
jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza 
oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni 
insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi".

Download 309.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling