10 nazariy dars rejasi


Kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishi


Download 63.09 Kb.
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi63.09 Kb.
#230008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-kurs 10-mavzu

Kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishi

Sharqiy Yevropa davlatlarida esa jamiyat hayoti o'zgacha kechdi. Bunda, birinchidan, bu davlatlarni (Albaniyadan tashqari) SSSRarmiyasi fashizmdan ozod etganligi hal qiluvchi rol o‘ynadi. Bu omil Sharqiy Yevropa davlatlarida Kommunistik partiyalarning hokimiyat tepasiga kelishiga qulay imkoniyat yaratdi. Qolaversa, urush kommunistik partiyalarning obro‘sini oshirgan ham edi. Chunonchi, Yugoslaviya va Albaniya kommunistik partiyalari antifashist harakatga rahbarlik qildilar, boshqa davlatlarda esa kommunistlar bu harakatda faol ishtirok etgan edilar.

Ikkinchidan, «sovuq urush» tufayli keskinlashgan sovet-amerika munosabatlari SSSRning Sharqiy Yevropa daviatlari ichki ishlariga aralashuviga qulay sharoit yaratdi. Natijada 1946— 1949-yillar davomida Sharqiy Yevropa davlatlarida kommunistlar hokimiyatni tola egallab oldilar.

Chunonchi, bu davlatlarda, SSSRda bo‘lganidek, ko‘ppartiyaviylik tuga- tildi (Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviya va Albaniyada). GDR, Polsha, Chexoslovakiya va Bolgariyada nomigagina ko‘ppartiyaviylik saqlab qolindi. Masalan, GDRda 5 ta siyosiy partiya mavjud bo‘lsa-da, real hokimiyat kommunistik partiya (Germaniya yagona sotsialistik partiyasi — GYASP) qo‘lida edi. Boshqa 4 siyosiy partiya GYASPning yetakchi, rahbar siyosiy kuch ekanligini tan olishga majbur etilgan edi.

Hokimiyatni egallagan kommunistik partiyalar sotsialistik jamiyat qurishga kirishdilar. Aslida ular qurmoqchi bo'lgan sotsialistik jamiyat SSSRda qurilgan g‘ayriinsoniy jamiyat — totalitar sotsia- lizmning deyarli o‘zginasi edi.

To‘g‘ri, bu davlatlarning ayrimlarida (masalan, Yugoslaviyada) qurilgan sotsializm ba’zi jihatlardan SSSRdagidan farq qilsa-da, amalda u ham totalitar sotsializm edi. Hokimiyatning boiinishi tamoyili inkor etildi. Dav- latning barcha organlarida kommunistik partiya nazorati o‘rnatildi. Davlat konstitutsiyalarida fuqarolar uchun e’lon qilingan huquq va erkinliklar amalda ro‘yobga chiqarilmadi.

Konstitutsiya nomigagina amal qilardi. Unga ko‘ra, umumiy saylov huquqi asosida saylovlar o‘tkazib turildi. (Aslida u saylov emas, majburiy ovoz berdirish edi.) Bu — demokratiyaning amalda yo‘qqa chiqarilishi edi. Mavjud tartibga qarshi chiqqanlar yoki ularga e’tiroz bildirganlar ta’qib etil­di, qatag‘on qilindi.

Iqtisodiyotda bozor munosabatlari barham topdi. Uning o‘rnida SSSR dagidek rejali iqtisodiyot vujudga keltirildi. Deyarli barcha mulk davlat mulkiga aylantirildi. Bu esa amalda xususiy mulkning barham topishiga olib keldi. Shu tariqa Sharqiy Yevropa davlatlarida xalq demokratiyasi emas, totalitar sotsializm qurildi.

Bu davlatlar (Yugoslaviyadan tashqari) tashqi siyosatda SSSR manfaa- tiga bo‘ysundirildi. UlarO‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashiga (1949) hamda Varshava Shartnomasiga (1955) (Albaniya keyinchalik bu harbiy-siyosiy tashkilotdan chiqqan, Yugoslaviya esa bu tashkilotga umuman a’zo bo‘lmagan) birlashtirildi. Bundan tashqari, Sharqiy Yevropaning Yugoslaviya va Albaniyadan boshqa davlatlari hududiga SSSR qurolli kuchlari joylashtirilgan edi.

Sharqiy Yevropa davlatlarida «sotsializm qurilishi» xalqning tanlashiga qarab emas, balki xohish-irodasiga qarshi amalga oshirildi. Chunki bu dav­latlar aholisining katta qismi SSSR namunasidagi sotsializmni (aslida u totalitar sotsializm edi-da) istagan emas. Buning sababi — SSSRda qurilgan va ko'klarga ko‘tarib maqtalgan «sotsializm» insoniyatning asl maqsad va manfaatlarini ro‘yobga chiqarolmadi.

Nega barcha rivojlangan davlatlarda xususiy mulk saqlab qolingan? Nega ularning iqtisodiyotida bozor munosabatlari amal qiladi? Nega bugungi mustaqil 0‘zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan erkin demokratik jamiyat qurmoqda? Chunki shunday jamiyatgina insonning hayotdan ko‘zlagan maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi.

Totalitar sotsializm jamiyatida barcha sohalar, hatto, insonning ongi, orzu- umidlari ham qonunga mutlaqo bo‘ysunmaydigan davlat nazorati ostiga olinadi. Inson insonparvarlik tamoyillariga javob beruvchi qonunlar doirasida erkin yashashi kerak. Totalitar sotsializm buni istamaydi. Chunki bunday jamiyatda adolatli qonun amal qilmaydi. Davlat esa hech qanday qonunga bo‘ysun- maydi. Oxir-oqibatda bu davlat o‘z fuqarolarini zo‘ravonlik bilan itoatda tutishga intiladi. Bu esa jamiyatni inqirozga yuz tuttiradi va uni halok etadi. To‘g‘ri, bu hodisa birdaniga ro‘y bermaydi. Bunga sobiq sotsialistik davlatlar bosib o‘tgan yo‘l misol bo‘ladi. Quyida ularni ko‘rib o‘tamiz.



  1. yil 7-oktabrda GDR tashkil etilib, V. Pik — Prezident, O. Grotevol — Bosh vazir etib saylandi. Ular GBSP vakillari edilar. 1953-yilda mamlakatda mavjud tuzumga qarshi isyon ko‘tarildi va Sovet qo‘shin lari yordamida bostirildi. 1960-yil sentabrda, V. Pik vafotidan keyin, prezidentlik tugatilib, uning o‘rniga Davlat Soveti tuzildi va unga rais qilib GBSP rahbari V. Ulbrixt saylandi. Otto Grotevol 1964-yilgacha, ya’ni vafotiga qadar Bosh vazir lavozimida ishladi.

    Download 63.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling