10 nazariy dars rejasi


Download 63.09 Kb.
bet6/11
Sana05.01.2022
Hajmi63.09 Kb.
#230008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-kurs 10-mavzu

Germaniya

Demokratik

Respublikasi


V. Ulbrixt 1971-yilgacha partiya va davlat rahbari bo‘lib turdi hamda keksayib, sog‘lig‘i yomonlashgach, o‘z lavozimini E. Xonekkerga topshirdi. Iqtisodda davlat sektori hukmron bo‘lib qoldi. Zarariga ishlagan korxonalar ishini boshqa korxonalar hisobiga ushlab turish kuchaydi. Lekin GDR iqtisodiyoti boshqa sotsialistik davlatlarga nisbatan yangi texnologiya bilan ta’minlangan edi. Ishlab chiqarish kombinatlari yalpi mahsulotning 94 foizini berardi. Tashqi savdoning 40 foizi SSSR hisobiga to‘g‘ri kelardi.

Ammo GFR bilan solishtirganda, ishlab chiqarishda mehnat unumdorli- gi 1/3 qismni tashkil qilardi. Bor-yo‘g‘i korxonalar 32 foiz foyda bilan ishlardi. Aholi turmush darajasi GFRga qaraganda 3 baravar past edi. GFRdagi ahvol GDR xalqini o‘ziga rom qildi. Awalgi paragrafda ta’kidlanganidek,



  1. yilning o‘zida 400 ming kishi GFRga ko‘chib ketdi. Ommaviy norozilik kuchaydi. 1989-yil 18-oktabrda E. Xonekker barcha lavozimlardan ozod etildi. 9-noyabrda Berlin devori buzib tashlandi. 1990-yil 3-oktabrda ikkala Germaniya birlashdi.

v . 1946-yil 1-fevralda Yengriya respublika deb e’lon

qilindi. F. Nad Bosh vazir lavozimini egalladi. Ko‘p

o‘tmay kommunistlar bilan kelisholmay, Shveysariyaga ketib qoldi. Z. Tildi mamlakat Prezidenti lavozimiga o‘tirib, 1948-yil avgustgacha ishladi. Shu davrdan uning o‘rniga A. Sakashich keldi. 1948-yil iyunida SDP va VKP birlashib, Vengriya mehnatkashlar partiyasi (VMP) tashkil topdi. Shu davrdan boshlab M. Rakoshi 1956-yil iyuligacha partiya rahbari bo‘lib ishladi.

1956-yil 25-oktabrda Budapeshtda mavjud tuzumga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonni bostirishni va’da bergan I. Nad Bosh vazir etib tayinlandi. Lekin u va’dasini buzib, mamlakatning Varshava shartnomasidan chiqishini, sovet qo‘shinlarining olib ketilishini talab qildi. E. Gerening 4 oylik boshqaruvidan so‘ng VMP rahbarligiga Ya. Kadar keldi.

1956-yil 4-noyabrda sovet tanklari isyonni bostirdi. I. Nad qamoqqa olinib, 1958-yil 17-iyunda qatl etildi.

60-yillarda iqtisodiyotda lcam xomashyo talab qiladigan sohalarni rivojlantirish yo‘lga qo‘yildi. Aholi talabidan kelib chiqib, ijtimoiy sohaga, xalqni zarur ehtiyoj mollari bilan ta’minlashga e’tibor qaratildi. Qisliloqda 98 foiz yer sotsialistik sektor qo‘liga o‘tdi. Sovet davlati katta yordam ko'rsatdi.

Lekin islohotlar kutgan natijani bermadi. 80-yillarda ahvol murakkab- lashib, mamlakatni 22 yil idora qilgan Yanosh Kadar o'rniga Karoy Grosu keldi.

1990-yilgi saylovlarda koalitsion hukumat tuzilib, uni Iojef Antall boshqardi. Mamlakat Prezidenti etib Erkin Demokratik Ittifoq (EDI) rahbari Arpada Gens saylandi. Vengriyada 1994-yildan ishlab chiqarish o‘sdi. 1990-yilda yalpi ichki mahsulotning 90 foizini nodavlat sektori beraboshladi. Vengriya Yevropa Ittifoqi va 1998-yilda NATOga a’zo bo‘ldi. Hozir mamlakat Prezidenti Laslo Shoyom.



Download 63.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling