10 nazariy dars rejasi


Download 63.09 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi63.09 Kb.
#230008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-kurs 10-mavzu

Polsha 1945-yil 28-iyunda Polsha emigrant hukumati va

Polsha milliy-ozodlik komiteti birlashtirilib, Milliy

birlik hukumati tuzildi. Bosh vazir lavozimini E. Osubka-Moravskiy, uning o‘rinbosari lavozimini S. Mikolaychik (1901 —1966) egalladi. Bir qator islohotlar o‘tkazilib, yangi jamiyat qurishga kirishildi. 1947-yil 17-yanvarda Polsha seymiga saylovlar bo‘lib o‘tdi va Boleslav Berut (1892— 1956) mamlakat Prezidenti, Yu. Sirankevich esa hukumat raisi vazifalarini qo‘lga kiritishdi. B. Berut 1948-yil dekabrdan Polsha birlashgan ishchi partiyasi (PBIP) rahbari ham bo‘lib qoldi.

50-yillarda sanoatda sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. 10 mingdan ortiq kooperativlar tuzildi. Ammo kollektivlashtirishda jiddiy xatolarga yo‘l qo'yildi. 1956-yil martida B. Berut vafotidan lceyin partiyada ham birlik bo‘lmadi. Xalqning noroziligi kuchaydi. Mamlakatda siyosiy inqiroz boshlandi. lyun oyida ishchilar ish tashladi, talabalar namoyishga chiqdi. Xalq harakati mamlakat armiyasi tomonidan qonga botirildi. To‘qnashuvda 53 kishi oldirildi.



  1. yil oktabr oyida V. Gomulka (1905—1982) partiya rahbarligiga keldi. Xalq birligi fronti tuzilib, hukumatga barcha partiyalar vakillari kiritildi va unga Yu. Sirankevich boshchilik qildi. V. Gomulka tutgan yo‘l ham o‘zini oqlamadi. 1970-yil dekabrda oziq-ovqat tovarlari narxi oshishi e’lon qilindi. Bu ommaviy norozilikka sabab bo‘ldi.

Natijada 1970-yil 20-dekabrda partiya rahbarligiga E. Gerek (1913— 2002) keldi. Hukumat «o‘ta industrlashtirish» siyosatini yuritdi. Tashqi qarz 23 mlrd dollarga yetdi. Yetishmovchilik kuchaydi. Olibsotarlik va jinoyat o‘sdi. 1980-yilda ommaviy ish tashlashlar boshlandi.

1981-yilda «Birdamlik» harakati tashkil etildi. Uning rahbari ishchi- elektrik Lex Valensa edi. 1981-yil fevralida V. Yaruzelskiy Bosh vazir, sentabrda esa partiya rahbari etib saylandi. 14-dekabrda mamlakatda harbiy holat e’lon qilindi. «Birdamlik» taqiqlandi, rahbarlari esa qamaldi




1983-yil yozida harbiy holat bekor qilindi. Korxonalar xususiylashtirila boshlandi. 1988-yil iyulidan 1990-yil dekabrigacha V. Yaruzelskiy mamlakat Prezidenti lavozimida ishladi. Hukumatni L. Valensaning safdoshi T. Mo- zaveskiy boshqardi.




  1. yilda PBIP faoliyati tugadi. Dekabr oyida Lex Valensa Prezident - likka saylandi. 1993-yilda 70 foiz korxona xususiylashtirildi. «Shok terapiyasi» amalga oshirildi. Demokratiyani rivojlantirish choralari ko‘rildi. Qator qiyinchiliklar yuzaga keldi.

  1. yilgi saylovlarda A. Kvasnevskiy Prezidentlikka saylandi. 2005-yil dekabrda esa uning o‘rniga Lex Kachinskiy keldi. Polsha Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilindi.

  1. yil martida Chexoslovakiyada Milliy front tuzildi.Respublika Prezidenti lavozimini E. Benesh egalladi. 1945-yil 4-aprelda Z. Firlinger boshliq hukumat tuzildi. K. Gotvald Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib qoldi. Bu tarixda «Koshitse hukumati» deb nom oldi. 1945-yil 21-iyunda fashistlar bilan hamkorlik qilganlaming mulki bepul musodara qilindi. 24-iyunda korxonalar, banklar milliylashtirildi.

    Download 63.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling