10 nazariy dars rejasi
Download 63.09 Kb.
|
2-kurs 10-mavzu
Esda saqlang: «Наг bir ko'chada ikkitadan non do'koni, bir juft shirinliklar do'koni, ikkita pivo bari va ko'plab magazinlar bo'lishi iozim, asosiysi ularning hammasi xususiy bo'lishi kerak».
Vatslav Gavel. . . 1945-yil 6-martda eski burjua hukumati o‘rniga Umi.niya Petru Groza boshliq Xalq demokratik fronti hukumati tuzildi. Hukumat fashizm tarafdorlari yerlarini, mulklarini musodara qildi va yersizlarga bo‘lib berdi. 1945-yil oktabrda Georgi Georgiu-Dej RKP (1948-yil fevralidan RIP — Ruminiya Ishchi Partiyasi) rahbari etib saylandi. Sovetlar tipidagi sotsializm qurish boshlandi. Korxonalar, banklar davlat mulkiga aylantirildi. 1947-yil 30-dekabrda qirol Mixay taxtdan voz kechib, Ruminiya Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi. 1952-yil sentabrda Konstitutsiya qabul qilindi. Petru Groza iste’foga chiqdi va Georgi Georgiu-Dej Vazirlar Kengashi raisi (1961 -yildan Prezidentlik) lavozimini ham egalladi. 50-yillarda 2 ta besh yillik reja bajarildi. 1960-yilda 11,5 mln tonna neft ishlab chiqarildi. Bu 1938-yilga nisbatan 2 baravar ko‘p edi. 1958-yilda Sovet qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqib ketildi. 1962-yili mamlakatda qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish tugadi. Qora va rangli metallurgiyani rivojlantirish choralari belgilandi. 1965-yil iyulida G. Georgiu-Dej vafot etgach, partiyada uning o'rnini N. Chaushesku egalladi. Prezidentlik lavozimi tugatilib, 1974-yilda qayta joriy qilindi va N. Chaushesku uni ham egalladi. Natijada uning diktatorligi qaror topdi. Ruminiya hukumati Ruminiyaning o‘ziga xosligini ta’kidlab, «Brejnev doktrinasi»dan saqlanar, 0‘IY0K integratsion tadbirlarining ba’zilarida qatnashmas, XXRni qo'llab-quwatlar, xalqaro tashkilotlardan yordam olishga harakat qilardi. 80-yillarda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari pasaydi. Yuksak texnologiyaga, xususiy xo‘jaliklarga e’tibor berilmadi. Aholi ta’minoti yomonlashdi.
yil Brashovada «Yo‘qolsin diktator!» shiori ostida bo‘lib o‘tgan namoyish bostirildi. 1989-yil 17-dekabrda Timishoarada (Transilvaniya) protestant ruhoniylarni ko'chirish jarayonida g‘alayonlar kelib chiqdi va ular qurol yordamida bostirildi. Hokimiyatdan norozi bo‘lganlar Millatni Qutqarish Fronti (MQF) tuzdilar. Unga I. Iliyesku rahbarlik qildi. yil 22-dekabrda Chaushesku diktaturasi ag‘darib tashlandi. 25- dekabrda diktator va uning xotini sud qarori bilan otib tashlandi. 1990-yil mayida saylovda I. Iliyesku Prezident qilib saylandi. Mamlakat bozor iqtisodiyotiga o‘taboshladi. Xususiylashtirish kuchaytirildi. Lekin ahvolni yaxshilashning iloji bo‘lmadi. Aholining turmush darajasi pasaydi. Olib- sotarlik, jinoyat kuchaydi. yilgi saylovda liberallar rahbari E. Konstantinesku Prezidentlik lavozimini egalladi. U xususiylashtirishni tugallash, chet el investitsiyalarini jalb qilish, ishlab chiqarish samaradorligini va aholi daromadini oshirish uchun qator tadbirlar belgiladi. Lekin ahvol yaxshilanmadi. 2000-yilgi saylovlarda yana I. Iliyesku Prezidentlik lavozimiga keldi. . 1944-yil 9-sentabrda Bolgariyada Vatan fronti hukumati tuzilib, unga K. Georgiyev boshchilik qildi. 20 yillik emigratsiyadan 1945-yil noyabrda mamlakatga qaytib kelgan G. Dimitrov Xalq majlisi raisligiga saylandi. 1945-yil noyabrda fashizmga yon bosganlar mulki milliylashtirildi. 1946-yil martda agrar islohot o‘tkazildi.
yil 15-sentabrda Bolgariya Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi va yangi hukumatga G. Dimitrov boshchilik qildi. Mamlakatda sovet namu- nasidagi sotsializm qurish boshlandi. 1947-yilda barcha mulklar milliylashtirildi. G. Dimitrov 1949-yil iyul oyida, uning o‘rniga kelgan V. Kolarov esa yil yanvarda vafot etdi. Davlat va partiya boshlig‘i lavozimini G. Chervenkov egalladi. Uning shaxsiga sig‘inish iqtisodiyotga katta zarar yetkazdi. Sanoat o‘sishi, aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash darajasi pasaydi. Bir qator shaxslar qatag‘on qilindi. yil martida partiya rahbarligiga Todor Jivkov keldi. G. Chervenkov hukumat boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi, uning o‘rniga A. Yugov tayinlandi. Todor Jivkov 1962-yilda A. Yugov o‘rnini ham egalladi. U 1971- yil iyulidan mamlakat Prezidenti lavozimiga saylandi va diktaturasini o‘rnatdi. Mamlakat hokimiyat tuzilmalarida urug‘-aymoqchilik avj oldi. T. Jivkov davrida yangilanish va zamonaviy texnika hamda texnologi- yalarni joriy etish, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning samarador- ligini oshirish uchun xo‘jalik va boshqaruv tizimi o‘zgartirib borildi. Mehnat intizomining qattiqlashuvi oylik maosh va nafaqalarni oshirish, ijtimoiy iste’mol fondlarini kuchaytirish hamda yangi uy-joylar qurilishi bilan qo‘- shib olib borildi. Mamlakatda sanoat o‘sdi, AESlar qurildi, qishloq xo‘jaligi va shaharlar yangi qiyofaga kirdi. Mamlakat OTYOK ishida faol qatnashdi. Ammo ishlab chiqarish samaradorligi deyarli o‘zgarmadi, yuksak texnologiyalarni uning asosiy kuchiga aylantirishga muvaffaq bo‘linmadi. Investitsiyalar qisqara bordi, milliy boylikning o‘sish sur’atlari, mehnatkashlar turmush darajasi pasaydi. Mamlakatda korrupsiya kuchaydi. 80-yillarning ikkinchi yarmida aholining keng qatlamlari tuzumdan norozi bo‘laboshladi. Sovet davlatidagi qayta qurishni T. Jivkov norozilik bilan qarshi oldi. U 1987-yilda Bolgariyani SSSR tarkibiga qo'shib olishni so‘radi, lekin sovet rahbariyati bunga rozi bo‘lmadi. Shundan so'ng T. Jivkov mamlakatda «sotsializmning yangilangan modeli»ni qurishga kirishdi. yildan boshlab hech qanday tayyorgarliksiz korxonalarning o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risida, qishloq joylarda o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashni tashkil etish haqida farmonlar chiqardi va dunyo bozori narx- larini joriy qildi. Ammo bu ahvolni yanada murakkablashtirdi. yil 10-noyabrda T. Jivkov o‘z lavozimidan chetlashtirildi, sud qilinib, qamoq jazosiga hukm qilindi. 1996-yildan uy qamog‘ida saqlanadigan bo‘ldi. yil yozidagi saylovlardan so‘ng Jelyu Jelev prezidentlik lavozimini egalladi. Lekin ishlab chiqarishning pasayishi, inflatsiyaning o‘sishi, oziq-ovqat tanqisligi kuchaydi. 1996-yil kuzidagi saylovlarda mamlakat prezidentligiga P. Stoyanov saylandi. 2001-yilgi saylovlarda Georgi Parvanov g‘alaba qildi. Bolgariyada Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish, bozor iqtisodi qonunlari- ni joriy etish natijasida milliy valutaning kuchayishi va inflatsiyaning susa- yishi ta’minlandi. Aholi sotsialistik xomxayollardan qutulabordi. Bolgariya 2004-yilda NATO ga va 2007-yilda Yevropa Ittifoqiga qabul qilindi. Bu yerda 1945-yil 7-martda I. Broz Tito bosh-
yil 29-noyabrda ta’sis skupshinasi monarxiyani bekor qildi, Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi deb e’lon qilindi. 1945-yil avgustida agrar islohot e’lon qilindi. Eng ko‘p yer 25—35 gektar deb belgilandi. Traktorsozlik, avtomobilsozlik, stanoksozlik, qora va rangli metallurgiyani rivojlantirish uchun choralar ko‘rildi. Lekin qishloq xo'jaligida ahvol og‘ir edi. Dehqon mehnat kooperativlari 50 foizgacha dehqonlarni birlashtirdi. 1953-yil yanvarda mamlakatda prezidentlik lavozimi joriy etildi va I. Broz Tito bu lavozimni ham egalladi. 1957— 1965-yillarda sanoat 7,5 foizga o‘sdi. Sotsialistik sektorda 29 foiz haydaladigan yer to‘plandi. I. Broz Tito Yugoslaviyani buyuk davlatga aylantirish, Bolqon federa- tsiyasini tuzish, Albaniya hududida o‘z qo‘shinlarini joylashtirishga harakat qildi. Bu narsa Moskvaga yoqmadi. Natijada kelishmovchilik paydo bo‘ldi. yilda aloqalar uzildi. 1953-yilda, Stalin vafotidan keyingina ikki o‘rtada diplomatik munosabatlar tiklandi. Ko‘rilgan choralar natijasida 50-yillar oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi davrdagidan 3 baravar, qishloq xo'jaligi 40 foiz o‘sdi. 1965-yilda yangi islohotlar boshlandi. 1971-yilda 60 foiz traktorlar xususiy xo‘jaliklar qoiida edi. Ishchilar vaqtincha chet elga ketib ishlab, mamlakat moliyasiga katta yordam berdilar. 1971-yilda 1 mln dan ortiq yugoslavlar rivojlangan davlatlarda ishladilar. 70-yillarga kelib ahvol murakkablashdi. Millatchilarboshko‘tardi. 1974- yilda ittifoqdosh respublikalar huquqlarini cheklaydigan konstitutsiya qabul qilindi. 0‘sha yili may oyida 1. Broz Tito cheklanmagan muddatga prezident qilib saylandi. Lekin iqtisodiyot og‘irlashib bordi. Chet eldan mamlakat 40 mlrd dollar qarzdor bo‘lib qoldi. 1980-yil 4-mayda I. Broz Tito 88 yoshida vafot etdi. Bu davrda sanoatning 8 foizi, savdoning 59 foizi, qishloq xo‘jaligining 76 foizi xususiylashtirilgan edi. 80-yillarga kelib yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 70-yillarga nisbatan 4 marta kam bo‘ldi. Bu davrga kelib Yugoslaviyaning parchalanishi boshlandi. 1991-yil iyunida Xorvatiya, Sloveniya va Makedoniya mustaqil respublika deb e’lon qilindi. 1992-yil yanvarida Bosniya va Gersogovina mustaqil davlat bo‘lib qoldi. yildan Prezidentlik lavozimida ishlayotgan S. Miloshevich mamlakat yagonaligini saqlab qololmadi. 1990-yil oxirida u faqat Serbiya Prezidenti bo‘lib qoldi. 1991 -yilda Serbiya va Chernogoriya o‘z federatsiyalarini Yugoslaviya Respublikasi Ittifoqi (YURI) deb atadi (1997-yildan S. Miloshevich prezident bo‘ldi). yilda Xorvatiyada F. Tujman (u 1999-yilda vafot etgach S. Misich), yildan Bosniya va Gersegovinada A. Izetbegovich, 1997-yildan Sloveniyada M. Kuchan hukumat rahbarligida ishlab keldilar. S. Miloshevich Xorvatiya, Bosniya va Gersegovinaga qo‘shin kiritdi. 5 ming kishi oTdirildi, 500 ming kishi qochoqqa aylandi. Yugoslaviyadagi bu voqealardan keyin 10 ming kishi Vengriyaga qochib o‘tdi. 0‘n minglab kishilar G‘arbiy Yevropa davlatlariga ketdi. YURI ning keyingi rivojlanishidagi murakkab vaziyat Miloshevich- ning Kosovodagi siyosati natijasi bo‘ldi. U yerda 1990-yilga kelib alban millatiga mansub bo‘lmagan aholi atigi 10% ni tashkil qilardi. Ko‘p- chilikni tashkil etgan albanlar keng muxtoriyatni talab qildi va o'lka huquqlarini cheklashga javoban o‘z parlamentini sayladi. Bu parlament esa Kosovo Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi, konstitutsiyani qabul qildi va prezident saylandi. Serbiyaning bu respublikaga qurolli kuchlar yordamida barham berishga bo‘lgan urinishi Kosovoning qurollangan otryadlariga to‘qnash keldi. Serbiya qo‘shinlarining Kosovoga bostirib kirishiga albanlar partizanlik urushi bilan javob qaytarishdi. Urush qurbonlar va qochoqlar sonini oshirdi. Bu urush va S. Miloshevichning kosovoliklar bilan muzokara olib borishdan bosh tortishi BMT, YEXHT, NATO kabi xalqaro tashkilotlarning va yirik mamlakatlarning aralashuviga sabab bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi e’tirozlariga qaramasdan, NATO 1998-yilda Serbiyani bombardimon qildi. Buyuk davlatlar Kosovoning Serbiya tarkibida ekanligini tan olib, Kosovodagi fuqaro va etnoslarning huquq va erkinliklarini himoya qilgan holda, Yevropadagi bu urush o‘chog‘ini yo‘q qilishga intilmoqda, ammo alban separatistlari Buyuk Albaniyani tuzish uchun qurolli kurashni to'xtatmayaptilar. Serbiyaning bombardimon qilinishi va unga qarashli qo‘shinlarining Ko- sovodan chiqarilishidan so‘ng YURI qiyin vaziyatda qoldi. Serbiyada taraqqiyot yo‘lini o‘zgartirish va S. Miloshevichning iste’foga chiqishini talab etuvchi chaqiriqlar faollashdi. Faqat 2000-yiIdagina Serbiyada demokratik kuchlar birlashishga muvaffaq boiishdi va federal prezident saylovlarida Miloshevich mag‘lubiyatga uchradi. Hukumat saylovlarni bekor qilishga urindi, ammo oktabr oyida qo‘zg‘olon darajasiga yetgan xalq chiqishlari Miloshevichni iste’foga ketishga majbur etdi va mamlakat prezidentligiga demokratik kuchlar yetakchisi V. Koshtunitsa saylandi. S. Miloshevichning Yugoslaviyadagi xunrezliklari uchun Gaaga xalqaro tribunali 2001 -yilda uning ustidan sud boshladi va u qamoqda vafot etdi. Hozir B. Tadich Serbiya Prezidentidir. XX asr oxiriga kelib fuqarolar urushi natijasida sobiq Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasidagi (YUSFR) 6 ta ittifoqdosh respublikadan 4 tasi (Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya) mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdilar. Bu davrda oldin Bosniya va Gersegovinaga, so‘ngra Kosovo avtonom o‘lkasiga AQSH boshchiligida BMT qo‘shinlari kiritildi va etnik kelishmovchiliklarni tugatish uchun 1999-yilda Kosovo BMT protektoratiga aylantirildi. 1992-yildan 2003-yilgacha Kichik Yugoslaviya (Serbiya va Chernogoriya) yoki Yugoslaviya Respublikalar Ittifoqi deb ataldi. 2003-2006-yillarda Serbiya va Chernogoriya konfederativ davlat ittifoqi vujudga keldi, 2006-yil 3-iyunda Chernogoriya bu ittifoqdan chiqqandan keyin Serbiya bir o‘zi qoldi. Yugoslaviya davlati o‘z faoliyatini to'xtatdi. 2008-yil 17-fevralda Kosovo avtonom o‘lkasi o‘zini mustaqil deb e’lon qildi, lekin Serbiya buni tan olmadi. Tinchlik o‘rnatuvchi xalqaro qo‘shinlar hamon Kosovoda turibdi. YUSFRning mustaqil davlatlarga aylangan sobiq respublikalarining taqdiri ana shunday turlicha bo‘ldi. YUSFRdagi sotsializm original modelining qulashi kommunizm prinsiplari noto‘g‘riligini bildirsa, respublikalar taraqqiyoti liberalizmning jozibadorligini anglatadi. Demak, xulosa qilib shuni aytish kerakki, Chexoslovakiya voqealaridan so‘ng Sharqiy Yevropa davlatlarida totalitar tartib yanada kuchaydi. Xususan, iqtisodiy islohotlar to‘xtatildi. 0‘zgacha fikrlovchilarning ta’qib etilishi kuchaydi. Biroq bu hodisa Sharqiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy ahvolini mushkullashtirdi. 70-yillardan boshlab bu davlatlarning iqtisodiy ahvoli tobora murakkablasha bordi. Ular endi G‘arb davlatlaridan qarz olishga majbur bo‘ldilar. Bundan ko‘zlangan maqsad — sanoatda eskirgan uskunalarni yangilash edi. Lekin bu maqsadga erishilmadi. Chunki bozor iqtisodiyotisiz ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari hech qanday samara bermas edi. Buning ustiga, Sharqiy Yevropa davlatlari oldida endi tashqi qarz muammosi ham paydo bo‘ldi. Samarasiz iqtisodiyot tashqi qarzni to‘lashga imkon bermasdi. Shu tariqa iqtisodiy ahvol borgan sari yomonlashdi. Bu hodisa, o‘z navbatida, aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir etmay qolmadi. Yuqorida ko‘rganimizdek, 80-yillarda birinchi bo‘lib Polsha ish- chilari bosh ko‘tarishdi. 1981 -yilda hukumat mamlakatda harbiy holat joriy etishga majbur bo‘ldi. 1989-yil noyabrda Chexoslovakiyada Kommunistik partiyaning rahbarlik roli barham topdi. Boshqa «sotsialistik» davlatlarda ham ahvol Polsha yoki Chexoslovakiyadagidan yaxshi emas edi. Shu tariqa Sharqiy Yevropa davlatlarida hukmron kommunistik partiyalar o‘z ta’sirini yo‘qotib bordilar. Ayni paytda Sharqiy Yevropa davlatlarida demokratik inqilobiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Totalitar sotsializm ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ijtimoiy, ham ma’naviy inqirozga yuz tutdi. Shundan so‘ng Sharqiy Yevropa davlatlarida demokratik inqilob uchun zarur sharoitlar yetildi. Bu sharoitning inqilobga o‘sib o‘tishi uchun faqat tashqi turtki zarur edi, xolos. SSSRda 1985-yil boshlangan qayta qurish siyosati ana shu tashqi turtki vazifasini bajardi. Chunonchi, M. S. Gorbachyov boshchiligidagi yangi rahbariyat Sharqiy Yevropa davlatlarining awalgi rahbarlarini qo‘llab-quwatlamay qo‘ydi. Ayni paytda SSSR rahbariyati bu davlatlarning taraqqiyot yo‘llarini o'zlari tanlash huquqini tan oldi. Bu — SSSR Sharqiy Yevropadagi mavjud diktatorlik tartibini saqlab qolish uchun o‘z armiyasidan foydalanmaydi, degani edi. Amalda shunday bo‘ldi ham. Sotsializm qo‘rg‘onlari birin- ketin quladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 1989-yil yanvar oyida Vengriyada parlament demokratiyasiga o‘tiladi. Iyun oyida Polshada muxolifat kuchlar saylovda g‘olib chiqdilar. Shu yil 4-noyabr kuni GDR da kommunistlar rejimi quladi. 10-noyabrda Bolgariyada kommunistlar diktaturasi barham topdi. 22-dekabrda esa Ruminiyada sotsialistik rejim ag'darildi. Shu tariqa sobiq sotsialistik davlatlarda demokratik inqiloblar g‘alaba qozondi. Bu inqiloblar oqibatida totalitar sotsializm barham topdi. Bugungi kunda ularda (GDRdan tashqari, chunki hozir bunday davlat yo‘q. U GFRga qo‘shilib ketgan) iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qaror topmoqda. Sharqiy Yevropa davlatlari bilan 0‘zbekiston o‘rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar urushdan keyingi yillardanoq rivojlana boshladi. 0‘zbekiston paxtasi u yerdagi to‘qimachilik korxonalari uchun asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qildi, Ular 0‘zbekistonga tayyor mahsulot- lar, turli asbob-uskunalar eksport qildilar. Jumladan, 1987-yilda Chexo- slovakiya Toshkentda savdo vakilligini ta’sis etgan bo‘lib, tramvay, avtobus, trolleybuslar, yengil sanoat uchun uskunalar, xalq iste’moli mollari keltirilardi. Download 63.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling