10 –sinf 1 Nazorat ishi Mavzu: Organik birikmalar. To’yingan uglevodorodlar. Nazorat shakli: Yozma ish
Download 33.8 Kb.
|
2 5195096577571554490
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Quyidagi birikmalarda elementlarning valentligi va oksidlanish darajasini toping. Tibbiyot etil spirti (CH
- Birlamchi uglerod atomlarini ko`rsating. CH
- 5. 0,25 mol alkan tarkibida 9,03*10
- 2. Quyidagi birikmalarda elementlarning valentligi va oksidlanish darajasini toping. Atseton (CH
- 3. Quyidagi moddani sistematik nomenklatura bo`yicha nomlang. Ikkilamchi uglerod atomlarini ko`rsating. CH
- 4. Butan tarkibidagi uglerodning massa ulushini toping 5. 0,2mol alkan tarkibida 3,612*10
- Mavzu: Alkanlar.Alkenlar.Sikloalkanlar. Nazorat shakli: Test sinovi.
- 10-sinf. 3- Nazorat ishi. Mavzu: Alkadiyenlar. Alkinlar.Aromatik uglevodorodlar. Nazorat shakli: Yozma ish. I variant.
- 10-sinf 4- Nazorat ishi. Mavzu: Uglevodorodlarning tabiiy manbalari .Spirtlar. Ularning fizik,kimyoviy xossalari,ishlatilishi.
- 10-sinf. 5- Nazorat ishi. Mavzu: Ko’p atomli spirtlar. Aldegidlar. Ketonlar.Karbon kislotalar. Oddiy efirlar. Nazorat shakli: Yozma ish.
- 10-sinf 6- Nazorat ishi. Mavzu: Yog’lar. Uglevodlar. Monosaxaridlar.Di- va poli saxaridlar.
- 10-sinf 7- Nazorat ishi. Mavzu: Aminlar. Aromatik aminlar. Nitrobirikmalar. Nazorat shakli: Yozma ish.
- 10-sinf 8- Nazorat ishi. Mavzu: Aminokislotalar.Oqsillar. Yuqori molekulyar birikmalar Nazorat shakli: Test sinovi.
10 –sinf 1 - Nazorat ishi Mavzu: Organik birikmalar. To’yingan uglevodorodlar. Nazorat shakli: Yozma ish. I variant 1.Organik birikmalar tarkibiga ko`ra qanday sinflarga bo`linadi?Izoh bering. 2. Quyidagi birikmalarda elementlarning valentligi va oksidlanish darajasini toping. Tibbiyot etil spirti (CH3CH2OH) Sirka kislota(essensiyasi) (CH3COOH) 3. Quyidagi moddani sistematik nomenklatura bo`yicha nomlang. Birlamchi uglerod atomlarini ko`rsating. CH3-CH-CH2-CH-CH3 \ \ CH3 CH3 4. Tarkibida 83.33% uglerod bo`lgan alkanning empirik formulasini toping? 5. 0,25 mol alkan tarkibida 9,03*1023ta vodorod atomi bo`lsa, alkanning nomini toping? II variant 1.Uglevodorodlar uglerod atomlar orasidagi boglanishlarning turiga qarab qanday sinflarga bo`linadi?Izoh bering. 2. Quyidagi birikmalarda elementlarning valentligi va oksidlanish darajasini toping. Atseton (CH3-C-CH3 )(lak erituvchi) Glitserin CH2-CH-CH2 \\ \ \ \ O OH OH OH 3. Quyidagi moddani sistematik nomenklatura bo`yicha nomlang. Ikkilamchi uglerod atomlarini ko`rsating. CH3-CH-CH2-CH-CH2-CH3 \ \ CH3 CH3 4. Butan tarkibidagi uglerodning massa ulushini toping? 5. 0,2mol alkan tarkibida 3,612*1023ta uglerod atomi bo`lsa alkanning nomini toping? 10-sinf 2- Nazorat ishi. Mavzu: Alkanlar.Alkenlar.Sikloalkanlar. Nazorat shakli: Test sinovi. 1.Alkanning umumiy formulasini toping. A. CnH2n+2 B. CnH2n C. CnH2n-2 D. CnH2n-6 2.Alkanlarning gomologik qatorida izomeriya hodisasi qaysi alkanlardan boshlanadi? A. Metan B. Etan
C. Propan D. Butan
3.Xloroformning formulasi ko`rsating? A. CH3Cl B. CH2Cl C. CHCl3 D. CCl4 4. 28,8 g Alyuminiy karbid gidrolizlanganda hosil bo`lgan gaz hajmini n.sh da toping. A. 5,6
B. 13,44 C. 16,8
D. 17,92 5.Natriy atsetat yetarli miqdordagi NaOH b-n ta’sirlashganda 4,48 l n.sh da gaz ajralgan bo`lsa necha gramm tuz sarflanganligini ayting. A. 9,5 B. 16,2
C. 16,4 D. 10,5
6.Siklogeksanni digidrogenlab kim benzol olgan? A. N.D.Zelinskiy B. A.M.Butlerov. C. N.N.Zinin. D. A.V.Kolbe. 7.Qishloq ho`jaligida insektitsidlar (zararkunandalarga qarshi)vosita sifatida ishlatiladigan moddaning formulasini ko`rsating. A. C 6H 6Cl6 B. CHCl3 C. C 2H5Cl D. C 6H 5Cl 8.2xil alkan galogenidning Na metalli b-n ta`sirlashishi natijasida nech xil mahsulot chiqadi? A. 1
B. 2 C. 3
D. 4 9. 3,36 l tabiiy gaz (CH4)yonishi natijasida necha litr CO2 hosil bo`ladi? A. 4,48 B. 3,36
C. 1,12 D.2,24
10.Quyiyidagi qaysi sikloalkanlarning yonishi uchun eng ko’p miqdorda kislorod kerak? A.C3H6 B.C4H8. C. C5H10 D. C6H12 11.1,12 litr siklopropan tarkibidagi uglerod atomining massasini toping? A. 1,8 B. 1,10
C. 9,8 D. 1,15
12.Siklopropanning gidrogenlanishidan 8,8gr propan olingan bo’lsa, sarflangan vodorod hajmini n.shda toping. A. 4,48 l B. 22,4l C. 1,12l
D. 3,36l 13.Alkanlarning gomologik qatorida agregat holati gazsimon bo’lgan moddalarni toping. A. metan, etan, propan, pentan B etan, butan, geksan, geptan. C. metan, etan, propan, butan D. metan, propan, geksan,geptan 14.Izomeriya tushunchasini fanga kiritgan olim? A. A.Berselius B. A.M Butlerov C. N.N Zinin D. N.D Zelinskiy 15.Tarkibida 4g vodorod bo’lgan siklobutan qanday hajmni egallaydi? A.22,4 B. 44,8
C. 11,2 D. 67,2
10-sinf._3-_Nazorat_ishi.___Mavzu:_Alkadiyenlar._Alkinlar.Aromatik_uglevodorodlar.___Nazorat_shakli:_Yozma_ish.___I_variant.'>10-sinf. 3- Nazorat ishi. Mavzu: Alkadiyenlar. Alkinlar.Aromatik uglevodorodlar. Nazorat shakli: Yozma ish. I variant. 1.Diyen uglevodorodlarga kiruvchi butadiyen-1,2; pentadiyen-1,3 va 2-metil butadiyen- 1,3larning struktura formulasini tuzing. 2. 20 l butin yondirilganda qancha kislorod sarflanadi? 3.Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beruvchi reaksiya tenglamalarini tuzing. CaC2→C2H2→C2H4→C2H6 4. Agar asetilenning unumi nazariy hisoblanganining 84%ni tashkil qilsa, 32 g kalsiy karbiddan qancha asetilen olish mumkin? 5. 20,16 l (n.sh) asetilendan 18,72 g benzol olingan bo‘lsa, reaksiya unumini (%) hisoblang. II variant. 1.Pentadiyen-1,2; 2-metil pentadiyen -1,2 va 2-metil 3-xlor geksadiyen-1,3 ning struktura formulasini yozing. 2. 6,4 kalsiy karbiddan qanday hajmdagi asetilen gazi olish mumkin? 3. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beruvchi reaksiya tenglamalarini tuzing. C2H6→C2H5Cl→C2H4→C2H2 4.Metan yuqori haroratda parchalanganda oraliq mahsulot sifatida asetilen hosil bo’ladi.Agar bunda reaksiya unumi 75%ni tashkil qiladigan bo’lsa, 8,96 l metandan qancha asetilen olish mumkin. 5. 112 l asetilendan normal sharoitda 104 g benzol olingan bo‘lsa, reaksiya unumini (%) hisoblang.
1.Alkinlarning umumiy formulasini aniqlang. a) CnH2n b)CnH2n+2 c)CnH2n-1 d)CnH2n-2 2. Quyidagi moddalarning qaysi juftligi o’zaro sinflararo izomer hisoblanadi? a)etan va eten b)eten va etilen c)propin va propadiyen 3. Kucherov reaksiyasiga ko’ra, asetilenga katalizator orqali qaysi moddani olish mumkin. a) sirka aldegid b)chumoli aldegidi c)benzol d)etil spirti 4)Asetilendan N.D. Zelinskiy usuli bo‘yicha 624 g benzol olindi. Reaksiya unumdorligi 50% ni tashkil etgani ma’lum bo‘lsa, sarflangan alkinning massasini (g) aniqlang. a) 3,12g b)312g c)31,2g d) 3120g
A) asetilen b)butin c)etanol d)benzol 6) Benzol molekulasidagi σ bog‘lar sonini toping: A) 6; B) 10; C) 16; D) 12 7) Kimyoviy bog‘lanishlarni hosil bo‘lishida turli elektronlarning bulutlari (orbitallar) bir-biri bilan aralashib ketishi va shakli hamda energiyasi teng bo‘lgan orbitallar hosil bo‘lish hodisasi qanday nomlanadi? a) gidratatsiyalanish b)gibridlanish c)polimerlanish d)degidratatsiyalanish 8) Gazsimon, suyuq va qattiq uglevodorodlarning aralashmasidan iborat, moysimon, rangi - sariq yoki och-qo‘ng‘ir rangdan qora ranggacha, yoqimsiz hidga ega, suvdan yengil bo‘lgan, qaynash harorati aniq bo’lmagan suyuq moddani aniqlang. a) neft b)slanes c)torf d)gazolin 9) Qoramoyning turli fraksiyalari haydalib bo‘lgach, qolgan qoldiq ……. deb ataladi. Gudrondan ……… tayyorlanadi.Nuqtalar o’rniga tegishli moddalar nomlarini tanlang. a) petroley efiri, ligroin b) ligroin, kerosin c)gudron, solidol d) gudron, asfalt 10) Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazolin tarkibida uchraydiganini toping. a) C15H32 b) C10H22 c) C11H22 d) C4H10 11) Tabiiy gazning tarkibidagi metanni yoqish uchun 11,2 l (n.sh.) kislorod sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan karbonat angidrid massasini (g) aniqlang. a) 33 g b) 22 g c)11 g d)44 g 12.Tarkibida O saqlagan organik birikma tarkibida 52,17%-C, 34,78%-O, 13,05%-H bor. Uning vodorodga nisbatan zichligi 23 ga teng. Birikmani aniqlang. a)CH3OH b)C2H5OH c)HCOH
d)CH3COH 13.Kons. H2SO4 ishtirokida va etil spirtidan suvni yuqori haroratda tortib olish mumkin. Agar bu reaksiyada harorat 140 0 Cdan pastroq va spirt miqdori ko’p bo’lsa, qanday modda hosil bo’ladi? a) dietil efir b)dimetil efir c)karbon kislota d) metanol 14.92 g etanol yondirilganda atosferaga necha g karbonat angidrid chiqariladi? a)88 g b) 22 g c)8,8 g d)2.2 g 15. Neft tarkibidagi uglevodorodlarni parchalab, molekulasida C atomlarining soni kam bo’lgan uglevodorodlar olish jarayoni qanday nomlanadi? a) gidrogenlash b)fraksiyalash c)kreking d)gazoyl
1.Agar 6,1 g etilenglikolga Na metali ta’sir ettirilgan bo’lsa, (n.sh) da gancha l gaz ajralib chiqqan? 2. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini tuzing. CH4→C2H2→CH3-CH3-COH→CH3-CH2OH 3. 90g massadagi sirka kislotasiga kaliy metali qo’shilish natijasida hosil bo’lgan tuzning massasini hisoblang. 4. 40%li natriy ishqorining 200 g eritmasi metilasetat bilan ta’sirlashuvidan necha g spirt hosil bo’ladi? II variant 1. 1,12 l H2 gazi olish uchun qanday massadagi (g) etilenglikolga Na metali ta’sir ettirish kerak? 2. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradigan reaksiya tenglamalarini tuzing. CH3-CH2-OH→CH2=CH2→HC=CH→CH3-CH3-COH 3.29,6 g massadagi propion kislotasiga natriy metali qo’shilishi natijasida hosil bo’lgan tuzning massasini (g)hisoblang. 4. 56%li KOH ning 100 g eritmasi etilformiat bilan ta’sirlashuvidan necha g spirt hosil bo’ladi. 10-sinf 6- Nazorat ishi. Mavzu: Yog’lar. Uglevodlar. Monosaxaridlar.Di- va poli saxaridlar. Nazorat shakli: Test sinovi. 1.Keltirilgan moddalar arasidan 3 atomli spirtni aniqlang. a)etilenglikol b)antifriz c) glitserin d) methanol 2. Qish paytida avtomobillarning radiatorlariga solinadigan, muzlamaydigan suyuqliklar tayyorlashda qo’llaniladigan apirtlarni aniqlang. a)etilenglikol va glitserin b)etanol va etilenglikol c)glitserin va metanol d)etanol va metanol 3.Qaysi moddaning 1%li eritmasi tibbiyotda yurak qon tomirlarini kengaytiruvchi vositalardan biri sifatida ishlatiladi? a)etilenglikol b)natriy etilat c)natriy glitserin d)nitroglitserin 4.Ko’zni ko’r qilishi yoki o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan spirtni aniqlang. a) etanol b)metanol C c)etilenglikol d)glitserin 5. Spirtlarning kislotalar bilan o’zaro ta’siridan qanday moddalar hosil bo’ladi? a)aldegidlar b)ketonlar c)gidratlar d)murakkab efirlar 6. 0,5 mol glitseringa yetarlicha Na metali ta’sir ettirildi.Reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazning hajmini (n.sh.)da hisoblang. a)16,8 l b)22,4 l c)11,2 l d)2,24 l 7. O’tkir hidli, suvda eriydigan, rangsiz, kristall modda. U FeCl3 bilan binafsharang moddani hosil qiladi. Bu ta’riflar qaysi moddaga tegishli? a) chumoli aldegid b)propion aldegid c)fenol d)benzol 8.Aldegidni fenol bilan katalizatorlar ishtirokida qizdirish reaksiyasi organik reaksiyalarning qaysi turiga xos? a) polimerlanish b)polikondensatorlanish c) gidratlash d)degidratlash 9.Ketonlar qaysi guruh moddalari bilan isomer sanaladi? a) aldegidlar b)spirtlar c)fenolyatlar d)alkadiyenlar 10.Asetonni to’g’ridan-to’g’ri sirka kislotaning o’zidan olish uchun katalizator sifatida qaysi moddadan foydalaniladi? a) Ni,Pt b)MNO2 c)FeO d)Al2O5 11.Aldegidlarga xos “kumush ko’zgu” reaksiyasiga kirishadigan karbon kislotani aniqlang. a) HCOOH b)CH3COOH c)HCOH d)CH3-CH2-COOH 12.Fotosintez jarayonida o’simliklar organizmida hosil bo’ladigan uglevodni aniqlang. a)saxaridlar b)maltoza c)laktoza d)glyukoza 13. 3 mol glyukozaning spirtli bijg’ishidan hosil bo’ladigan etanolning massasini va gazning hajmini (l.n.sh)da aniqlang. a) 27,6g;13,44l b)276g;134,4l c)2,76g;13,44l d)276g;13,44l 14.Kraxmalni aniqlash uchun qaysi moddadan foydalaniladi? a)yod eritmasi b)FeCl eritmasi c)Cu(OH)2 eritmasi d)KMnO4 eritmasi 15.Paxta tolasi, yog’och tarkibining asosiy qismini tashkil qiladigan polisaxaridni aniqlang. a)kraxmal b)selyuloza c)maltoza d)laktoza
1. 45 g etilamin olish uchun qancha hajmdagi vodorod gazi kerak bo’ladi? 2. Kimyoviy korxonada 41 g nitrobenzol yordamida 18,6 g anilin olingan bo’lsa, reaksiyaning unumini hisoblang. 3.Murakkab efirning chiqish unumi 90%ni tashkil qilsa,120 g sirka kislota va 138 g etanoldan qancha g etilasetat olish mumkin? 4. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshiring. C2H6→C2H5Cl→C2H5OH→CH3-COOH→CH3COONa II variant 1.Nitrobenzolga 22,4 l (n.sh)vodorod ta’sir ettirish natijasida hosil bo’lgan organik modda massasini hisoblang. 2.Kimyoviy korxonada 82 g nitrobenzol yordamida 60 g anilin olindi. Ushbu reaksiyaning unumini hisoblang. 3.0,25 mol saxaroza oksilanganda qancha hajmda (n.sh.) CO2 hosil bo’lishini hisoblang. 4. Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshiring. CH4→HCOH→C6H12O6→C2H5OH→CH3-COOH 10-sinf 8- Nazorat ishi. Mavzu: Aminokislotalar.Oqsillar. Yuqori molekulyar birikmalar Nazorat shakli: Test sinovi. 1.To’yingan uglevodorodlarga nitrat kislorod ta’sir ettirish orqali qanday birikmalar olinadi? a)aminlar b)murakkab efirlar c)nitrobirikmalar d)aromatik aminlar 2. Nitrobirikmalar qaytarilganda qanday moddalar olish mumkin. a)nitrobirikma va suv b)birlamchi amin va suv c)ikkilamchi amin va suv d)spirt va ammiak 3. 21,7 g metilamin olish uchun n.sh.da qancha hajmdagi vodorod gazi kerak bo’ladi? a)0,47 l b)470,4 l c)7,704 l d)47,04 l 4. Oqsil strukturasining qizdirish, radiatsiya, kuchli kislota, ishqorlar ta’sirida buzilishi … ataladi? a)polikondensatsiyalash b)polimerlanish c)denaturatsiyalanish d)degidratatsiyalanish 5.Ishqoriy muhitda mis(II) sulfatning eritmasining oqsillarga ta’sirida binafsha rangga bo’yalishi qaysi bog’lar uchun xos reaksiya sanaladi? a) tripeptid b)dipeptid c)yuqori peptidlar d)oligopeptidlar 6.Aminokislotalarning polikondensatlanishidan qanday toifadagi moddalar hosil bo’ladi? a)oqsillar b)aminlar c)xalqali birikmalar d)nitrobirikmalar 7.Polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar qanday nomlanadi? a)trimerlar b)dimerlar c)monomerlar d)aminlar 8. Tarkibida 10 tagacha aminokislotalar saqlagan yuqori molekulyar birikmalar qanday nomlanadi? a)polipeptidlar b)proteinlar c)oligopeptidlar d)oqsillar 9.Yuqori haroratga chidamli, benzin va moyning yonishi ta’sir etmaydigan polimerni aniqlang? a)butadiyen kauchuk b)divinil kauchuk c)Izopren kauchuk d)xlopren kauchuk 10.Aminlar havoda yonganda qanday mahsulotlar hisoblanadi? a) CO2 va H2O b)CO2 va NO2 c)N2, CO2 va H2O d)N2 va H2O 11.Hozirgi kunda qurilishda ishlatiladigan linoleum qaysi polimer asosida olinadi? a)polipropilen b)polietilen c)polivinilxlorid d)tabiiy kauchuk 12.Sintetik kauchukning monomeri nima? a)butadiyen-1,3 b) izopren c)pentadiyen-1,2 d)propen-1 13.Saxarozaning gidrolizida hosil bo’ladigan moddalarni aniqlang? a)2 mol glukoza b)glyukoza va fruktoza c)glyukoza va maltoza d)fruktoza va laktoza 14. 3 mol formalindan KOH ishtirokida necha g glyukoza sintez qilish mumkin? a)90 g b)9 g c)1,9 g d)19 g 15.Eterifikatsiya reaksiyasida qanday toifadagi moddalar hosil bo’ladi? a) karbon kislota va efir b)karbon kislota va spirt c)spirt va aldegid d)aldegid+Cu(OH)2 Download 33.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling