10-sinf ona tili I chorak monitoring uchun test I variant


Download 46.83 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi46.83 Kb.
#1775950
Bog'liq
1-chorak ona tili 10-sinf I variant




10-sinf ona tili I chorak monitoring uchun test I variant


1.Ingliz tilida “Love”, nemischada “Liebe” , lotinchada “Amor”, ruschada “Любовь” deb nomlanadigan tuyg‘uga nisbatan o‘zbek tilida qaysi so`z qo‘llanadi? A) sevgi B) muhabbat C) ishq D) A,B,C
2. Ifoda maqsadiga ko`ra matnlar qanday turlarga bo`linadi?
A) yozma va og‘zaki B) monologik va dialogik
C) mikromatn va makromatn D) hikoya matn, tasviriy matn va muhokama matn
3. Hajmiga ko`ra matnlar qanday turlarga bo`linadi?
A) yozma va og‘zaki B) monologik va dialogik
C) mikromatn va makromatn D) hikoya matn, tasviriy matn va muhokama matn
4. Ariza, rezyume, tilxat, dalolatnoma kabilar, shuningdek, qonun, qaror, nizom,xalqaro hujjatlar qaysi uslubda yoziladi? A) ilmiy B) badiiy C) rasmiy D) A va C
5. Bolalar ensiklopediyalari, maktab darsliklari qaysi uslubda yaratiladi?
A) ilmiy B) badiiy C) rasmiy D) A va C
6. Inversiya, parallellik, tavtologiya(ortiqcha takrorlar)dan ta’sirchanlikni oshirishda foydalaniladigan uslub?
A) ilmiy B) badiiy C) rasmiy D) A va C
7. Muallif biror masalada o‘z nuqtayi nazarini fakt va dalillar bilan qo‘llab-quvvatlaydigan esse turi ...
A) argumentli esse B) rasmiy esse C) ilmiy esse D) badiiy esse
8. “qitmir” so`zining manosi nima?
A) qilig‘i birovlarning g‘ashiga teguvchi, asabini o‘ynovchi kishilar
B) xurmo danagini qoplab turuvchi yupqa parda
C) Daqyonus zulmidan qochgan “G‘or egalari”ning iti D) barchasi
9. To‘g‘ri bo‘lsang, o‘sib borib gul bo‘lasan; egri bo‘lsang, o‘sib borib kul bo‘lasan. Ushbu maqolda ta`sirchanlikni ta`minlashda qanday so`zlardan foydalanilgan?
A) antonimlardan B) sinonimlardan C) paronimlardan D) omonimlardan
10. Birliklarni (qo‘shimcha, so‘z, iboralarni) qo‘llashga doir me’yorlarning buzilishi oqibatida qanday xato kelib chiqadi? A) imlo B) uslubiy C) ishorat D) A,B,C
11. Tarixiy so`zlarni belgilang. A) palaxmon, kanizak, jizya, C) hudaychi, jallod, qutidor
B) mujgon, dudoq, ilig,g‘ani, sarvat, gardun D) A,C
12. Tilimizga bosh harf degan tushuncha qachon kirib kelgan?
A) XX asrda B) XX asr 2-yarmida C) XX asr 1-yarmida D) XI asrda
13. Sizda ham ayb bor – O‘zlarida ham ayb bor. Gapda olmosh qanday ma`noni anglatyapti?
A) hurmat B) kesatish C) kamtarlik D) ta`kid
14. Tilda so‘zlar va qo‘shimchalar ma’lum qoidalar asosida yoziladi. Bu qoidalar yig‘indisi nima deb yuritiladi?
A) orfoepiya B) orfografika C) morfologiya D) imlo (orfografiya)
15. metall, kilogramm, kilovatt, congress kabi so`zlarda qo`shimcha qo`shilsa........
A) bir undosh tushib qoladi B) xuddi shu tovushli qo`shimcha qoshilsa, bir harf yozilmaydi
B) bir unli orttiriladi D) A va B
16. Qaysi so`z to`g`ri yozilgan? A)telefon B) tiatr C)okian D)matirial
17. Cho‘lponning “Ko`saklar” she`rini qaysi metod bilan tahlil qilamiz?
A) ijtimoiy tahlil B) biografik metod C) ilmiy tahlil D) A va B
18. “Go`ro`g`li”dostonlarining o`zbekcha variantlari necha guruhga bo`linadi?
A) Xorazim varianti B) Sirdaryo varianti
C) O`zbekistonning boshqa hududlarida tarqalgan variantlar D) Qoraqalpoq varianti
19. ”Go’ro’g’li” dostoni qahramoni Ahmadbekning xotini Xoljuvonni kim o’g’irlab ketgan?
A)Odilxon B)To’liboy C)Qovushtixon D)Rayxon arab
20. Mis kosada suv uzatgan shaxs? A) Go’ro’gli B) Xoljuvon C) Oysha bibi D) Zaydinoy
21.Bir so‘z turli ma’nolari bilan har xil so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkinmi? ...................................
22.Eskirgan so`zlardan “Navoiy” (Oybek), “Yulduzli tunlar” (Pirimqul Qodirov) kabi qator tarixiy asarlarda nima uchun foydalanilgan?......................
23. Fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z -................................
24. Turli kasb-hunar egasi nutqida qo‘llanuvchi so‘zlar ..........................................atamalardir.
25. Go`rog`lining ota-onasining ismi nima? .............................
Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling