10-sinf O’zbekiston tarixi 2-dars: Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida
Download 0.94 Mb.
|
10-sinf O\'zbekiston tarixi 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1917-yil iyunda
- “al-Izoh” va “al-Isloh”
Yodda tuting!
Turkiston komiteti tarkibiga o‘zbek xalqining bitta ham vakili kiritilmagan. Mulohaza! 9-sinfda olgan bilimingizga tayanib, Turkiston general-gubernatorligining tashkil etilishi va uning boshqaruvidagi o‘ziga xosliklar nimalardan iborat bo‘lganligini eslang. Uning birinchi general-gubernatori kim edi? Toshkentda “Sho‘roi islom” nomli gazeta ham chiqarilgan. Biroq taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lganayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islomiya”tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi. 1917-yil iyunda tashkilotdan bir guruh ulamolar ajralib chiqib, Qo‘qon va Toshkentda yangijamiyat – “Sho‘roi Ulamo”ga asos solishdi. Jamiyatning Toshkent, Qo‘qon, Samarqand, Namangan shaharlaridagi shu’balari faol ish olib borgan. Toshkentshu’basiga Sherali Lapin rahbarlik qilgan. Jamiyatning eng yirik Qo‘qon shu’basiga Mulla Muhiddinxon, Mulla Ulug‘xon To‘rayev rais bo‘lishgan. Jamiyat dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlarni yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash aytilgan. “Sho‘roi Ulamo” tomonidan“al-Izoh” va “al-Isloh” jurnallari nashr qilingan. Ulamochilar tashabbusi bilan 1917-yil sentyabrda Toshkentda Turkiston va Qozog‘iston musulmonlari qurultoyi o‘tkazilgan. Unda ulamochilar va sho‘roi islomchilar o‘zaro birlashib,“Ittifoqi muslimin” siyosiy partiyasini tuzdilar (1918-yil may oyida bolsheviklar tomonidan “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlaritugatildi). Yodda tuting! Shu tariqa, Turkistonda Rossiyadagi kabi ikki hokimiyatchilik emas, balki quyidagi uch hokimiyatchilik paydo bo‘ldi: * Birinchisi, Rossiya Muvaqqat hukumatning vaqtli Turkiston komiteti; * Ikkinchisi, Turkistondagi ishchi va askar deputatlarining mahalliy va markaziy Sovetlari; * Uchinchisi, jadidlarning “Sho‘roi islomiya” tashkiloti (jamiyati) va uning joylardagi shu’balari, Toshkentda Turkiston o‘lka musulmonlari soveti (Kraymussovet) – Milliy Markaz. Biroq jadidlar va ulamolar o‘rtasidagi ziddiyat va g‘oyaviy kurash tobora keskin tus olgan. Bu holat mintaqadagi boshqa siyosiy kuch – bolsheviklar va so‘l eserlar partiyalari vakillariga qo‘l kelgan. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling