10-sinf O’zbekiston tarixi 2-dars: Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida


Download 0.94 Mb.
bet5/7
Sana06.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1169485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-sinf O\'zbekiston tarixi 2017

O‘zingizni sinang!
Fevral inqilobi – bu ...
Muvaqqat komitet – bu ... !
Muvaqqat hukumat tomonidan 1917-yil 7-aprelda Turkiston o‘lkasini
boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti tuzildi va Toshkentda faoliyat ko‘rsatdi.
Turkiston komitetiga kadetlar partiyasi vakili Nikolay Shchepkin va eserlar partiyasidan Vladimir Nakivkin raislik qilishdi. Uning tarkibiga yevropaliklardan tashqari turkiy xalqlar vakillaridan Muhammadjon Tinishboyev,Alixon Bukeyxonov, Sadri Maqsudiy, Abdul Aziz Davletshin ham kirgan edi.Biroq ularning deyarli barchasi Turkistondagi mahalliy sharoitni yaxshi bilmas,buning ustiga kuchsiz siyosatchi edilar.
Aslini olganda, Muvaqqat hukumat Turkiston o‘lkasi general-gubernatorligini Turkiston komitetiga almashtirish bilan mustamlakachilikdan iborat o‘lka boshqaruvini mohiyat e’tibori bilan avvalgicha qoldirdi, faqat uning nomini o‘zgartirdi, xolos. Bu holat, albatta, sezilmasdan qolmadi va turli holatlarni keltirib chiqardi. Tez orada Turkiston komiteti bilan mahalliy, siyosiy va jamoat tashkilotlari hamda sovetlar (Toshsovet) o‘rtasida turli qarama-qarshiliklar vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Butunturkiston musulmonlari qurultoylari hamda “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlarining faoliyati. 1917-yil 14-martda Toshkent shahrida Turkiston taraqqiyparvarlarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti bo‘lgan “Sho‘roi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi. Tashkilotga dastlab Abdulvohidqori Abduraufqori o‘g‘li, keyinchalik Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (UbaydullaXo‘jayev) rais qilib saylangan. “Sho‘roi Islomiya” faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov kabi shaxslar muhim rol o‘ynashgan.1917-yil 16 – 23-aprelda Toshkent shahrida tashkilot tashabbusi bilan Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Tarixda ilk marta Butunturkiston miqyosida musulmonlar qurultoyi chaqirilib, unda tub xalqlarning muxtoriyat tomon qat’iy intilishi, o‘z an’analari,urf-odatlari va turmush tarzini izchil himoya qilishi aytildi. Unda Turkistonmusulmonlarining Milliy Markazi – Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi(Kraymussovet) tashkil qilindi. Mustafo Cho‘qay unga rais, Munavvarqori Abdurashidxonov va AhmadZaki Validiy kotiblar bo‘lishdi. Qurultoyda qabul qilingantashkilot dasturida o‘lka musulmonlari orasidaislohotlar o‘tkazish g‘oyalarini tarqatish, mintaqadagibarcha musulmonlarni yagona maslak va fikr asosidabirlashtirib, Turkistonga muxtoriyat maqomini berishuchun kurash vazifasi qo‘yilgan. 1917-yil aprel oyidayoq tashkilotning Samarqand, Qo‘qon, Namangan,Andijon, Marg‘ilon, Skobelev (Farg‘ona), Marv, Turkiston, Oqmachit (Qizilo‘rda), O‘sh va boshqa shaharlarda shu’balari tuzilgan.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling