10-sinf O’zbekiston tarixi 2-dars: Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida


Fevral inqilobi va uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri


Download 0.94 Mb.
bet4/7
Sana06.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1169485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-sinf O\'zbekiston tarixi 2017

Fevral inqilobi va uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri. Insoniyat tarixida shunday voqealar bo‘ladiki, ular butun-butun davlatlar va mamlakatlarda yashovchi yuzlab xalqlarning keyingi taqdirini butunlay o‘zgartirib yuboradi. Ana shunday voqealardan biri 1917-yil 27-fevralda (yangi hisob bilan
12-martda) bo‘lgan Rossiyadagi Fevral inqilobidir.
O‘zingizni sinang!
Mahmudxo‘ja Behbudiy shiori ...
Abdurauf Fitrat ... !
Yodda tuting!
Turkistonda milodiy sananing o‘zida yangi va eski yil hisobi mavjud bo‘lib, darslikda tarixiy sanalar 1918-yil 31-yanvargacha eski hisob bilan, 1918-yil 14-fevraldan boshlab yangi hisob bilan beriladi.
Chunki RSFSR (Rossiya) Xalq Komissarlari Soveti raisining 1918-yil 26-yanvardagi maxsus dekreti bilan Rossiya hududida grigorian kalendari joriy qilinib, amalda mavjud bo‘lgan13 kunlik farq tuzatildi. Xullas, 1918-yil 31-yanvardan keyin 1-fevralga emas,balki 14-fevralga o‘tildi.
Bu kalendar Turkiston o‘lkasiga ham tatbiq etildi.Rossiya imperiyasi poytaxti Petrogradda bu paytda mitinglar va qo‘zg‘olonlar boshlanib, u Fevral inqilobi g‘alabasi bilan yakunlandi. Fevral inqilobi Rossiya imperiyasi hududida samoderjaviyega barham berdi, imperator (podsho)
ning cheksiz hukmronligi tugadi. Rossiya imperatori Nikolay II o‘z ixtiyoribilan 2-mart kuni taxtdan voz kechdi.
Petrogradda Davlat dumasining Muvaqqat komiteti tuzildi. Ishchi va soldat deputatlari Soveti saylandi. 1-mart kuni Moskvada, mart oyida butun mamlakatda yangi hokimiyat o‘rnatildi. Rossiyadagi Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov (1917-yil mart – iyul) va Aleksandr Kerenskiy (1917-yil iyul – oktyabr)boshchilik qilishdi. Fevral inqilobi Turkiston o‘lkasi musulmon aholisini siyosiy jihatdanuyg‘otishda, demokratik o‘zgarishlarga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan yangikuchlarning siyosat maydoniga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘lishdi. Ular mintaqa tub xalqlarining taraqqiyot va mustaqillik to‘g‘risidagi o‘z g‘oyalarini Fevral inqilobi g‘oyalari bilan bog‘lab, o‘zlari e’lon qilgan tamoyillarni amalga oshirishga faol kirishdilar.
Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston komiteti faoliyati. Toshkentda 1917-yil 2-mart kuni ishchi deputatlari Soveti (Toshkent Soveti) tuzilganedi. Muvaqqat hukumat o‘rnatilgach, Turkiston o‘lkasi general-gubernatoriva Turkiston harbiy okrugi qo‘mondoni general A.N.Kuropatkin vauning yordamchilari lavozimlaridan chetlashtirilib, 31-martda uy qamog‘iga tashlangan edi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling