10-sinf Tarix Javoblar: 1-bilet


Download 298.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana02.01.2022
Hajmi298.18 Kb.
#190961
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
10-sinf-Tarix-2018

19-BILET 

1.

 1917-yil noyabrda Vladimir  Lenin boshchiligida bolsheviklar hukumati  –  Xalq komissarlari soveti 



tuzilgandan so‘ng Ros siyaning  boshqa hududlarida ham sovet hoki miyatini o‘rnatish boshlandi. 1918-

yil martida Brest-Litovsk shahrida Germaniya bilan sulh tuzildi.  Sulh nati j as ida bolsheviklar 

vaqtincha nafasni rostlash imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, Rossiya 5 mln. kishi yashaydigan juda katta 

hududidan va Qora dengiz fl otidan  ayrildi,  Germaniyaga katta kontributsiya to‘lash majb  uriyatini 

oldi. 1918 – 1922-yillari  Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqar ishn ing harbiy  usuli  –  «harbiy 

kommunizm» siyosati o‘rnatildi. 

2.

 Ikkinchi jahon urushi davrida respublikaga rahbarlik qilgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy 



Komitetining birinchi sekretari Usmon Yusupov o‘zbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar 

qilishga bosh-qosh bo‘ldi. 23-24-iyun kunlari Samarqand, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, 

Nukus va respublikaning boshqa shaharlarida ko‘p ming kishilik miting-lar bo‘lib o‘tdi. Umuman, 

urushning dastlabki kunlarida respublika aholisidan 30 mln rubllik miqdorda pul, obligatsiya va 

qimmatbaho boyliklar tushdi. O‘zbekiston aholisi urush yillarida mudofaa jamg‘armasiga jami 649,9 

mln rubl pul, 22 kg oltin va kumush topshirdi. 

Chunonchi, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston  respublikalariga evakuatsiya qilingan 308 korxonaning 100 

dan ortig‘i O‘zbekistonga joylashtirildi. Keltirilgan korxonalarni nihoyatda qisqa muddatlarda ishga 

tushirishga erishildi. 1941-yil oxirigacha shunday korxonalardan 50 tasi ishga tushirildi. Masalan, 

Moskva viloyati Ximki shahridan ko‘chirib keltirilgan zavod asosida 1941-yil oktyabrda Toshkent 

aviatsiya zavodi barpo etildi. Bu zavod front uchun qiruvchi samolyotlar ishlab chiqargan. 

3. 1917-yil 14-martda Toshkent shahrida Turkiston taraqqiyparvarlarining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti 

bo‘lgan “Sho‘roi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi. Abdulvohidqori Abduraufqori o‘g‘li, keyincha-

lik  Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (Ubaydulla Xo‘jayev) rais qilib saylangan. “Sho‘roi Islomiya” 

faoliyatida Munavvarqori Abdurashidxonov, Mah-mudxo‘ja Behbudiy, Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki 

Validiy, Islom Sulton Shoahmedov, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov kabi shaxslar muhim rol o‘ynashgan. 




Download 298.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling