10-sinf test topshiriqlari
-§. CH. DARVINNING EVOLUTSION G‘OYALARI
Download 0.74 Mb.
|
10 sinf mavzulari test hammasi
39-§. CH. DARVINNING EVOLUTSION G‘OYALARI
1. Qaysi fan dalillari turlar turg'un emas, balki o'zgaruvchan ekanligidan dalolat beradi? 1.geologiya, 2. paleontologiya, 3. solishtirma anatomiya, 4. embriologiya, 5. sitologiya, 6. morfologiya A) 3,4,5,6 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5,6 D) 1,3,5,6 2. Ch. Darvin «Bigl» kemasidagi safari chog'ida Janubiy Amerikaning Olovli Yerida yashovchi qabilalar ocharchilik paytda vidra ovlashda unchalik ko'mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb, ko'mak beruvchi itlarni saqlab qolganlarini ko'rgan. Bu qanday tanlanishga kiradi? A) suniy, ongli tanlash B) tabiiy, dizruptiv C) suniy, ongsiz D) tabiiy, ongsiz 3. Kaptarlarning shamolga qarshi ucha olmaydigan zoti qaysi? A) yakobin kaptar B) tovus kaptar C) ko’k qoya yovvoyi kaptar D) pochta kaptar 4. Markaziy Osiyoda ongsiz tanlash tufayli … chiqarilgan. A) bug'doyning doni to'kilmaydigan, poliz ekinlarining,mevali daraxtlarning dastlabki mahalliy navlari B) bug’doyning doni to’kilmaydigan, poliz ekinlarining, mevali daraxtlarning hozirgi navlari C) bug’doyning poyasi uzun, poliz ekinlarining erta pishar, mevali daraxtlarning serhosil navlari D) bug’doyning poyasi kalta, poliz ekinlari, mevali daraxtlarning serhosil navlari 5. Quyadagilardan qaysilari bir yovvoyi ajdoddan kelib chiqqan? A) it, qo’y B) qoramol, it, qo’y C) karam, qoramol, it D) tovuq, kaptar, qoramol, 6. K.D. Belyayev qanday xususiyatga ega bo’lgan tulkilarni chatishtirib, xonaki itlarga o’xshash tulkilarni chiqaradi? A) xotirjam, lekin odamga tashlanishni xoxlaydigan, tashqi quloq suprasi osilgan, dumini esa gajak holda egib turadigan B) odamga tashlanishga qo'rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan C) odamga tashlanuvchan, o'ta tajovuzkor, tashqi quloq suprasi osilgan, dumini esa gajak holda egib turadigan D) xotirjam izlanuvchi instinktli, tashqi quloq suprasi osilgan, dumini gajak holda egib turadigan 7. Sun’iy tanlash yo’li bilan yovvoyi hayvonlardan xonaki hayvonlar kelib chiqishini mumkinligini tajribada isbot etgan olim kim? A) Ch.Darvin B) J.B.Lamark C) K.Belyayev D) J.Kyuve 8. K.Belyayev kumushsimon qora tulkilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning odamga nisbatan qanday xatti harakatga ega ekanligini aniqladi? 1. odamga tashlanuvchan, o'ta tajovuzkor, 2. odamga tashlanishga qo'rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan, 3. odamdan qo’rqmaydigan, nisbatan tajovuzkor, 4. xotirjam izlanuvchi instinktli, 5. xotirjam, lekin odamga tashlanishni xoxlaydigan, A) 1,2,4 B) 1,3,5 C) 3,4,5 D) 2,3,4 9. Sun’iy tanlash yo’li bilan yovvoyi hayvonlardan xonaki hayvonlar kelib chiqishini mumkinligini aytgan, lekin tajribada isbot etmagan olim kim? A) Ch.Darvin B) J.B.Lamark C) K.Belyayev D) J.Kyuve 10. Darvin sun'iy tanlashining muvaffaqiyatli chiqishida nimalarga o’z e’tiborini qaratdi? 1. Tanlash uchun olingan organizmlarning son jihatdan ko'pligiga. 2. Organizmlardagi individual o'zgaruvchanlikka. 3. Organizmlardagi individual yashovchanligiga. 4. Seleksionerning tajribasi, sinchkovligiga. 5. Tanlash olib borilayotgan organizmlarning erkin chatishishiga. 6. Tanlash olib borilayotgan organizmlarning nazoratsiz chatishmasligiga. 7. Tanlash uchun olingan organizmlarning miqdor jihatdan kamligiga. 8. Tanlash ta'sirini irsiy o'zgaruvchanlik tufayli to'plana borishiga bog'liq ekanligiga. A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,6,8 C) 2,4,6,7,8 D) 1,3,5,7,8 11. Yangi nav va zotlar chiqarishda qanday usullardan foydalaniladi? 1.sistematik jihatdan uzoq organizmlarni chatishtirish 2.kimyoviy omillar yordamida mutant organizmlar olish 3.fizikaviy omillar yordamida mutant organizmlar olish 4.har xil organizm hujayralarini duragaylash 5.genlarni ko’chirib o’tkazish 6.yadroni ko’chirib o’tkazish 7.hujayrani suniy muhitda ko’paytirish 8.har xil hujayralar xromasomalarini almashtirish A)1.2.3.4.7.8 B)8.5.4.3.6 C)1.2.3.4.5.6.7 D)1.2.3.4.5.6.7.8 12. Yovvoyi tulkilar odatda yilda bir marta aprelda urchiydi, Belyayev tomonidan xonakilashtirilgan tulkilar esa qaysi oylarda urchigan? A) aprel-may va dekabr-yanvar B) dekabr-yanvar va mart-aprel C) dekabr va yanvar D) dekabrdan martgacha 13. Quyidagilardan qaysi biri xonaki emas? A) pervomay B) pochta kaptar C) rus oq tovug’i D) ko’k qoya kaptari Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling