10-variant i-topshiriqga javob: Qo’shish amaliga doir masalalr yechish metodikasi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana17.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1534162
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-variant



10-variant 
I-topshiriqga javob:
Qo’shish amaliga doir masalalr yechish metodikasi. 
Psixologiya kursidan ma’lumki, tafakkurning rivojlanishi shaxsning ijodiy 
aktivligi orqali aniqlanadi. Chunki, masalalarni mustaqil yechishni tashkil qilish 
o‘qituvchiga o‘quvchilarning mumkin bo‘lgan aqliy qobiliyatlari rezervlaridan 
foydalanish imkonini beradi. Bundan masalalarning yana bitta, sodda muhim 
funksiyasi kelib chiqadi. Masalalarni yechimida predmentga bo‘lgan qiziqishi 
rivojlanadi, umuman mustaqillik, erkinlik, talabchanlik, mexnatsevarlik, maqsadga 
intilishlik rivojlanadi. 
Bolalarga tarbiya berishda ham matnli masalalarning roli katta. Masalalar 
o‘quvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni o‘z shahrining, 
qishlog‘ining xayoti bilan, kishilarning ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidagi 
mexnatlari bilan tanishtiradi. Yangi texnikani joriy qilish hisobiga yoki mexnatni 
yaxshi tashkil qilish hisobiga mexnat unumdorligini ortirish, kishilarining 
farovonligini oshirish, xukumatimizning bolalar haqida, ularning o‘qishlari va dam 
olishlari borasidagi g‘amxo‘rligi kabi muhim masalalarni ularning kuchlari etadigan 
materiallarda tushuntiradi. 
Masalalar ustida ishlanar ekan, sistemali ravishda va rejali asosida 
o‘quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishni ham o‘ylab ko‘rish kerak, 
chunki bunday xususiy malakalardan masala yechishning umumiy murakkab 
malakasi tarkib topadi. 
Masalalar yechish orqali o‘quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog‘i 
lozim. 
1. Masalani tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish masala ustida 
ishlash uning mazmunini o‘zlashtirishdan boshlanadi. O‘quvchilar xali o‘qish 
malakasiga ega bo‘lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o‘qituvchi o‘qib beradigan 
masala matnini tinglashda shartning muhim elementlarini tovushi chiqarib ajratishga 
o‘rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida, 
har bir o‘quvchi masala matnini tinglabgina qolmay, balki masalani mustaqil o‘qib 
chiqishi zarur: buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o‘qishni, so‘ngra 
esa tovush chiqarib ifodali o‘qishni taklif qilish lozim. Masalani ifodali o‘qishda 
sonli ma’lumotlar va masalani yechish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 
elementlari tovush bilan ajratib berilishi zarur. 
Masala matni o‘qituvchi tomonidan bir-ikki marta o‘qiladi, ammo bunda 
bolalarni masala matnini bir marta o‘qishdayoq uning mazmunini tushunib
olishga asta-sekin o‘rgata borish kerak. Buning uchun esa bolalar masala matnini 
diqqat bilan tinglashlari va birinchi o‘qishdan keyin uning mazmunini tushunib 
olishlari uchun ular oldiga masala o‘qilishidan ilgari u yoki bu bilishga oid maqsadni 
qo‘yish kerak. O‘qituvchi “diqqat bilan tinglang” degan ko‘rsatmani berish bilan 
cheklanib qolmay, balki o‘quvchilarga bilim ahamiyatiga ega bo‘lgan aniq 
qo‘shimcha topshiriq berishi kerak. 


2. Masalani dastlabki analiz qilish (ma’lum noma’lumdan ajrata olish 
malakasi) ma’lumni noma’lumdan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada 
berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog‘lanishni yechish bu eng muhim 
malakalardan biri, bunday malakaga ega bo‘lmay turib, masalalarni mustaqil 
yechishga o‘rganib bo‘lmaydi.
3. Masalani qisqa yozish malakasi. 
Masala matnida og‘zaki ishlangandan keyin uning mazmunini matematik 
terminlar tiliga o‘tkazish va qisqa yozuv shaklidagi matematik strukturasini 
belgilash kerak. 
Masalani qisqa yozish malakasiga birinchi sinfdan boshlaboq katta ahamiyat 
beradi. Bu ish bolalar uchun ancha qiyindir, shu sababli birinchi sinfda masalani 
qisqa yozish asosan o‘qituvchi raxbarligida bajariladi. Ikkinchi sinfdan boshlab 
bolalarni masalalarni mustaqil ravishda qisqa yozishga o‘rgatish masalasi qo‘yiladi. 
Masala sharti murakkab bo‘lgan xollarla, shuningdek, yangi xil masalalarni 
yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Shuni nazarda tutish kerakki, barcha xollarda ham qisqa yozuvni bajarish 
bilan bir vaqtda masala shartining tahlili ham amalga oshiriladi. Aslini aytganda, 
qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Xaqiqatdan ham masala shartining qisqa 
yozuvi o‘quvchilar xotirasiga teng bo‘lib, son ma’lumotlarni tushunish va ajratish 
imkonini beradi, shu bilan birga ularning ratsional yozilishi masalada nima berilgan 
va nimani izlash kerakligini bayoniy tushuntirish imkonini yaratadi. 
Quyidagi sodda masala namunasida qisqa yozishga o‘rgatish ishini qanday 
o‘tkazish mumkinligini ko‘rib chiqamiz: “Gulbaxor 3 ta tugma qadadi. Onasi esa 
undan 2 ta ortiq tugma qadadi. Onasi nechta tugma qadadi?”. 
-masalada nima haqida gapiriladi, (Gulbaxor va uning onasi tugma 
qadaganliklari haqida) 
-shuni qisqa qilib yozamiz. Doskada va o‘quvchilar daftarlarida qisqa 
yozuvning birinchi elementi paydo bo‘ladi: 
G.- 
O.- 
-Gulbaxor qadagan tugmalar soni haqida masalada nima ma’lum, (Gulbaxor 
3 ta tugma qadagan). Shuni yozamiz: 
G.- 3 ta tugma 
O. –
-Onasi nechta tugma qadagani ma’lum, (yo‘q). Buni so’roq belgisi bilan 
belgilaymiz. Masalada onasi qadagan tugmalar soni tugma haqida nima ma’lum, 
(Onasi 2 ta ortiq tugma qadagan). Buni quyidagicha yozamiz: 
G. – 3 ta tugma
O. - 2 ta tugma ortiq. 


4. Sodda masalani yechishda amalni tanlashni asoslash va murakkab 
masalaning yechish rejasini belgilash malakasi. 
Avval sodda masalani yechishda amal tanlash masalasiga to‘xtab o‘tamiz. Bu 
malaka birinchi sinfda shakillantira boshlanadi, o‘qitishning ikkinchi yilida bu 
rivojlantirish yana davom ettiriladi. Bu rivojlantirish shundan iborat bo‘ladiki, ba’zi 
tanish masalalarga nisbatan amal tanlash asosi o‘zgartiriladi. 
Masalan “Daraxtda 5 ta qushcha kelib qo‘ndi, ikkita qushcha uchib ketdi. 
Daraxtda nechta qush qoldi?”- demak masalani yechishda birinchi sinf o‘quvchisi 
qushlar qo‘nib turganidan kamayib qolganini, shuning uchun 5 dan 2 ni ayrish 
kerakligini aytishadi. 
O‘quvchi ikkinchi sinfda xuddi shu masalani echsa, bunday muloxaza yuritish 
mumkin:
“Bu qoldiqni topishga doir masala, Bunday masalalar ayrish bilan echiladi. 5 
dan 2 ni ayrib, daraxtda nechta qushcha qolganini bilamiz”. 
Birinchi darsdanoq 0+1=1 ko‘rinishdagi qo‘shish ham qaraladi. 
II –bosqich. a+2, a+3, a+4 ko‘rinishdagi xollar uchun xisoblash usullari bilan 
tanishish. 
Xisoblash usullarini mustaxkamlash uchun 2ni qo‘shish bilan bog‘liq 
misollar va masalalar og‘zaki , yozma usulda echiladi, 2 talab qo‘shishga doir 
mashqlar bajariladi. 
Bu erda quyidagilarga o‘xshash mashqlar ham o‘rinli: 
1.Xisoblashni davom ettiring: 6+2=6+1+1… 
2. Nuqta urniga “katta” yoki “kichik” belgisini qo‘ying: 2+1...2 
3. 5,7,8 sonlaridan 2 ta ortiq sonni yozing. 
III-bosqich. a+6, a+7, a+8 va a+9 ko‘rinishdagi xollar uchun xisoblash 
usullari bilan tanishiladi. Qo‘shishning qaralayotgan xollari asosida yig‘indining 
o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib, ikki sonni qo‘shish usuli yotadi. 
Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasi barcha qaralayotgan xollarni ilgari 
o‘rganilgan (masalan, 2+7 ya’ni 7+2) xollariga keltirishga yordam beradi. 
O‘quvchilarni yig‘indining o‘rin almashtirish xossasi bilan tanishtirishdan 
oldin, ular qo‘shish amali bilan kamponentlarining va natijasining nomlari bilan 
tanishtiriladi, qo‘shadigan sonlar qo‘shiluvchilar natijasida xosil qilingan son 
yig‘indi deb atalishi bolalarga aytiladi va bilim mustaxkamlanadi. 
4+2=6 
2+1=3 
5+3=8 
2+4=6 
1+2=3 
3+5=8 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling