10-variant i-topshiriqga javob: Qo’shish amaliga doir masalalr yechish metodikasi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
10-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarflarni esda saqlash”
II-topshiriqga javob: Darslarda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy maqsad taʼlim oluvchilarning mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini toʻplash, darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishdan iborat. Shu oʻrinda, muhtaram Prezidentimizning «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday boʻlishi farzandlarimizning bugun qanday taʼlim va tarbiya olishiga bogʻliq», degan fikrlari soʻzimizning isboti boʻladi. Urugʻlar yordamida turli xil narsalar yasash. Bu metod orqali oʻquvchilarni tabiatni asrab-avaylash, har qanday narsadan unumli foydalanib biron narsa yashash va oʻquvchilarni darsga boʻlgan eʼtiborini kuchaytirishdan iboratdir. Bu metod orqali oʻquvchilarni ijodkorligini rivojlantirish yoʻq narsadan bor qilishdir. Bu metodning maqsadi ajdodlarimizdan qolgan tarixiy anʼanalarimizni oʻquvchilarga oʻrgatish va bu urf-odatlarni rivojlantirish usullari hisoblanadi. Milliylik metodi. Oʻquvchilar milliy oʻz-oʻzini anglashi uchun oʻz mamlakati, ajdodlari tarixini oʻrganishi kerak. Chunki tarixni oʻrganish hozir va kelajakni anglash, strategik tafakkur yuritish, yuz berayotgan voqealarga xolisona baho berish koʻnikmalarini shakllantirish, oʻzining maʼlum bir millatga daxldor ekanligini anglashga yordam beradi. Har bir oʻquvchi yoshlikdan oʻz millati, xalqining anʼanalari, til boyligi, ogʻzaki hamda yozma adabiyoti, sanʼati va musiqasi, xullas chuqur maʼnaviy merosini oʻrganib, bilib, oʻzida mujassamlashtirib boradi. Aks holda u maʼlum bir xalqqa mansub ekanligini koʻrsata olmaydi. Shuning uchun ham xalq taʼlimi tizimining boshlangʻich davrlaridanoq oʻquvchilar ongida milliy axloqiy sifatlarni, orzu-istaklari, iymon-eʼtiqodlari, dunyoqarashlarini milliy asoslardagina shakllantira bormas ekan, koʻzlangan maksadga erishib bulmaydi. Buning uchun, shubxasiz, kelajagimiz boʻlmish farzandlarimizning, barkamol, axloqli boʻlib tarbiyalanishlariga erishishda faqat milliy taʼlim-tarbiyaga asoslangan taʼlim muassasalariga ega boʻlishimiz darkor. Ta’lim va o`qitish mazmunining nazariy masalalarini, uning shakli va uslublarini pedagogikaning bir qismi bo`lgan didaktika o`rganadi. Umuman pedagogika singari didaktika hm rivojlanadi. Uning rivorlanishiga Yan Amos Kamenskiy hissa qo`shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o`qitishni rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi. Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo`lgan. U ham o`qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O`zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi. Ular ham o`zbek xalq maktablarini ochish, o`quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar. Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim. O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin. Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz. Individual didaktik o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir. O`qituvchi didaktik o`yinlarni rejalashtirayotganda quyidagi muayyan talablarga amal qilishi muhimdir. 1. O`yin o`rganilayotgan material uchun dalil va uni mustahkamlovchi omil bo`lib hizmat qilishi, ammo uning o`rnini to`liq egallab olmasligi, shuningdek qolgan vaqtda to`ldiruvchi vosita bo`lmasligi; 2. O`ynaladigan o`yinning maqsadini aniq bilishi va shu maqsdga erishishi uchun harakat qilishi; 3. O`yin qoidalarini, vazifalarini bolalarga ravshan va qiziqarli qilib tushuntirishi, ularda o`yinga bo`lgan qiziqishni oshirish hamda uni mashq bilan almashtirib yubormasligi; 4. O`yinning qanday o`ynalayotganini tez, to`g`ri, tushunish va uni o`quvchilar qanday bajarayotganini kuzatib turishi; 5. …… O`yin natijalariga mohirlik bilan yakun yasash va ularni erishilgan natijalar bilan bog`lash; O`yin paytida o`quvchilar har doim o`zlariga tanish bo`lgan manbaalarga asoslangan holda ish tutadilar, natijada bu material ularning xotirasiga yana ham mustakam o`rnashib qoladi. O`yin elementlari bolalarni bilim saviyasini, nutqini, o`qishini o`stiradi. “Xarflarni esda saqlash” o`yini Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling