10-variant i-topshiriqga javob: Qo’shish amaliga doir masalalr yechish metodikasi


Ayirish amaliga doir masalalr yechish metodikasi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1534162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-variant

Ayirish amaliga doir masalalr yechish metodikasi. 
Bolalarni sodda masalalar bilan tanishtirishni dastlabki bosqichida o‘qituvchi 
oldida bir qancha murakkab muammolar paydo bo‘ladi: 


1)bolalar ongiga masala bilan bog‘liq bo‘lgan aniq tushunchalarga (shart, 
savol, javob) doir ikkilamchi signallar (matematik atamalar va ular uchun notanish 
bo‘lgan ba’zi so‘zlar) kirishi va mustaxkamlanishi kerak
2) masalada berilgan sonlarni va izlanayotgan sonni ko‘ra olish malakasini 
xosil qilish; 
3) amallar va ularning komponentlarini ongli tanlashga o‘rgatish. 
O‘qituvchi “shart”, “amal”, “masala”, “savol”, “echilishi”, “javobi” 
tushunchali ta’rifini bermaydi.
Bu tushynchalarni bolalar amaliy ravishda uzaytiradilar. Aytib o‘tilgan 
tushunchalar (atamalar)ning nomlari bitta darsda emas, balki sekin-asta ishlanib 
borishi kerak. O‘quvchilar ularni mashg‘ulotlar davomida eslab qoladilar: oldin ular 
o‘qituvchidan eshitgan tegishli tushunchalarining nomlari o‘rtasidagi bog‘lanishni 
aniqlaydilar, shundan keyin, ular uchun yangi bo‘lgan atamalarni o‘zlashtiradilar va 
bu tushunchalarni o‘zlarining lug‘at boyliklariga qo‘shadilar, ya’ni bolalar bu 
so‘zlarni o‘z nutqlarida ma’nosiga tushungan xolda qo‘llana boshlaydilar
1

Navbatdagi darslarning birida o‘quvchilar berilgan va izlanayotgan son bilan 
tanishadilar. Darslik rasmlaridan qog‘oz varaqlariga chizib, osib qo‘yilgan rasm 
yoki oldin tayyorlab qo‘yilgan o‘yinchoqlardan foydalanib, o‘qituvchi masala 
tuzadi: “5 ta baliq suzib yurgan edi (rasmdan 5 ta baliqni ko‘rsatadi yoki ularni 
doskaga ilib qo‘yadi). Ulardan 2 tasini qarmoqqa ilindi (ularni ko‘rsatadi yoki 2 ta 
baliqni ajratib qo‘yadi). Suzib yurgan nechta baliq qoladi?”. Bolalar bilan birgalikda 
masalani savollar bo‘yicha takrorlashda o‘qituvchi oldin “Biz nimani bilamiz?”, 
“Bizga nima ma’lum”, “SHartda nima berilgan?” kabi ifodalarni, keyin esa “Nimani 
topish kerak?”, “Nimani bilish kerak?”, “Nima ma’lum?” iboralarini ishlatadi. 
Takrorlashni umumlashtirib, o‘qituvchi ushbularni ta’kidlaydi: “Bu masalada 5 ta 
baliqcha suzib yurgani, ulardan 2 tasini qarmoqqa iilngani ma’lum, ammo nechta 
baliq qolgani noma’lum – buni bilish kerak, masaladi shu haqida so‘ralmoqda”.
Raqamlar kassasidan o‘quvchilar oldin masala shartida bo‘lgan sonlarni (5 va 
2) topadilar. Bundan o‘qituvchi bu sonlar shartdan ma’lum-ular berilgan ekanini 
yana bir marta ta’kidlaydi. SHundan keyin so‘raydi: “Noma’lumni topish uchun 
nima qilish kerak, ya’ni nechta baliq qolganini bilish uchun nima qilish kerak?”. Bu 
savol muxokama qilinganidan keyin bolalar kartochkalardan 
5-2= 
yozuvni tuzadilar. Rasmlardan foydalanib topadilar: 
5-2=3 
Keyingi darslarda tegishli topshiriqlarni bajarish va masalalar yechishda 
o‘quvchilarning qaralayotgan usul bilan dastlabki taxkil qilish malakasi 
mustaxkamlanadi. SHuningdek ular masala matnini boshqacha ifodalash va uni 
ma’no qismlarga ajratish malakasini oladilar. SHundan keyin ikkala usulni o‘rgatish 
bir paytda boriladi, keyinroq masalalar bo‘yicha topshiriqlar bajarishda va yangi xil 
masalalarni yechishda takomillashtiriladi. 


Dastlabki taxlilning navbatdagi usuli bu modellashtirishdir. Model masalani 
tushunishiga yordam berib qolmay, balki echimni izlash vositasi bo‘lib ham xizmat 
qilad. Yechishni modelning o‘zida uning elementlari ustida ma’lum amaliy va 
boshka xarakatlarni bajarish bilan ham amalga oshirish mumkin. 
Masala yechishdagi birinchi qadam –masala mazmunini tushunib etishga va 
asosiy bog‘lanishlarni ajratishga yordam beradigan model tuzishdan iborat. 
Modellashtirishning xar xil usullari ma’lum. Bu usullardan eng soddasi 
masalada tavsiyalangan vaziyatni xar xil predmentlar (cho‘plar, doirachalar
uchburchaklar, kvadratchalar va boshqalar) yordamida yoki grafik ravishda (rasm, 
chizma) amalda tiklashdir.
Grafik modellar – bu rasmlar va chizmalar. Rasm masalani tushunishga, uning 
echimini izlashga yordam beradi.
Rasm shunday ham bo‘lishi mumkinki, u bo‘yicha arifmetik amallarni 
bajarmay, masalada qo‘yilgan savolga oson javob berishi mumkin bo‘ladi. Masalan, 
“Maktab oldiga 9 tup terak, undan 4 tup kam chinor ekishdi. Necha tup chinor 
ekishgan?” masalani rasm ko‘rinishida berish mumkin. 
O‘quvchilarni masalalarga doir rasmlar bajarish malakasiga o‘rgatishda bu 
rasmlar qo‘llanishning chegaralanganligini xisobga olish zarur. Masalan, katta 
sonlarni va boshqa narsalarni o‘z ichiga olgan masalalar uchun bunday rasm tuzish 
maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida ko‘rsatilganidek, ilyustratsiyalar va xar xil shartli sxemalar sodda 
masalalarni yechishga yordam beradi. 
Ilyustratsiyalar masalar masala tuzishga yordam beradi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling