Aniq o‘lchash. Agar tahminiy o‘lchash suvda xlor-ioni 400 mg/l dan kam saqlanishini ko‘rsatsa, unda aniq o‘lchash uchun 50 ml suvdan olinadi. Agar suvda xlor-ioni miqdori 400 mg/l dan oshsa, unda suvni tegishlicha kamroq olinadi. Suvning o‘lchangan miqdoriga kaliy xromatning 10 % eritmasidan 5 tomchi solinadi va uni kumush nitratning 0,1 n. eritmasi bilan titrlanadi. Xlor ioni miqdorini quyidagi formula bilan aniqlaniladi:
а.n. 35,5 ⋅ 1000
= мг / лCl, A
Bu yerda A – tahlil uchun olingan suv hajmi; a – kumush nitrat eritmasi sarfi; n – kumush nitrat eritmasi normalligi.
Tekshirilayotgan suvdagi xlor miqdorini unga kumush nitrat eritmasini qo‘yish bilan hosil qilingan cho‘kma xarakteriga qarab turib ham aniqlansa bo‘ladi. Mazkur aniqlashda reaktiv sifatida kumush nitratning nitrat kislota qo‘shilgan 10% li eritmasi ishlatiladi.
Xlorning tahminiy miqdorini quyidagicha aniqlaniladi. Tekshirilayotgan suvning probirkadagi 5 ml ga kumush nitrat eritmasidan 3 tomchi solinadi va hosil bo‘lgan cho‘kmaga qarab turib tekshirilayotgan suvdagi xlor miqdori aniqlaniladi, bunda 4.2-jadval ma’lumotlaridan foydalaniladi.
2-jadval
Xlor miqdorini cho‘kmaga qarab aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |